YOSH AVLODNI MA’NAVIY- AXLOQIY VA BARKAMOL QILIB




Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/170
Sana24.11.2023
Hajmi4,42 Mb.
#104996
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   170
Bog'liq
12827 1 08483D29A1B1ECFE14652BC1F8AE0AB7548A1DDF

YOSH AVLODNI MA’NAVIY- AXLOQIY VA BARKAMOL QILIB
TARBIYALASHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI 
G.Kushakova 
A.Qodiriy nomli JDPI maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi v/d 
D.Toshtemirova , Z.Erkinova 
2-kurs magistratura yo’nalishi talabasi 
Barkamol avlodni tarbiyalash insoniyatning eng yorqin orzusi bo’lib kelgan. Mamlakatimizda 
yashab ijod qilib o’tgan ota-bobolarimiz barkamol avlodni tarbiyalashda, ularni ma'rifatli - madaniyatli 
qilishda katta ishlarni olib borganlar. Buning asosida esa xalqimiz milliy mafkurasining jahonda yuksakligi 
biz yosh avlod uchun namuna bo’lmoqda. 
O’zbekiston Respublikasi o’z mustaqilligini qo’lga kiritgan dastlabki kundanoq xukumatimiz, 
jumladan, I.A.Karimov tomonidan o’sib-ulg’ayib kelayotgan yosh avlod tarbiyasiga jiddiy yondashila 
boshladi. U yoshlar tarbiyasida ahloqiy mezonlar asosiy omil ekanligini bir necha bor ta'kidlab: «Biron bir 
jamiyat ma'naviy imkoniyatlarini, odamlar ongida ma'naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay hamda 
mustahkamlamay turib o’z istiqbolini tasavvur eta olmaydi», - degan edi. Demak, jamiyatda yosh avlodni 
tarbiyalash, ularni axloqan yetuk, barkamol shaxs qilib voyaga yetkazish bugungi kunning eng dolzarb 
masalalaridan biridir. Har bir ulug’ donishmand bobolarimizning hozirgacha yetib kelgan tarixiy asarlari 
va dono fikrlariga murojaat etar ekanmiz, albatta ushbu asarlarning asosi ma'rifat-madaniyatga 
yo’naltirilganligiga ishonch hosil qilib, ularning bu ishlari jahonshumul kashfiyotlarni yaratish bilan 
yakunlanganligining guvohi bo’lamiz.
Har tomonlama yetuk komil insonni shakllantirishda milliy qadriyat tarbiyasining o’rni o’ziga 
xosdir. Estetik tarbiya va qadriyatlar ancha keng ma'noga ega bo’lib, shaxsni tabiat va jamiyatdagi 
go’zalliklarni ideal nuqtai nazardan idrok etishga o’rgatadi.
Umuman olganda qadriyatlar ijtimoiy–tarixiy taraqqiyot mahsuli, ob'ekt–sub'ekt munosabati 
natijasida yuzaga chiqadigan hodisalar majmuasidan iborat bo’lib, qadriyat tushunchasi kishilarning turli 
sohadagi turmush zarurati asosida avvalo ishlab chiqarish, turli mehnat yo’nalishlari sohalaridagi faoliyat 
uchun foyda keltiradigan narsalar, hodisalar majmuasi bilan bog’liq ravishda yuzaga keladi. So’ngra asta – 
sekin sub'ekt faolligining orta borishi bilan nisbatan mustaqil soha sifatida amal qila boshlaydi. 
I.A.Karimov o’zining qator asarlarida, xususan, keyingi “Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch” 
kitobida, nutq va ma'ruzalarida milliy mustaqilligimizga, xavfsizligimizga tahdid soluvchi omillarni 
atroflicha tahlil etar ekanlar, ular orasida bevosita yoki ko’proq ma'naviy xarakterga ega bo’lganlarini ham 
alohida uqtirib o’tadilar. Bular diniy ekstremizm va fundamentalizm, buyuk davlatchilik shovinizmi, 
ashaddiy millatchilik, mahalliychilik va urug’-aymog’chilik kabilardir. Jumladan, yurtboshimiz: 
“...insoniyatning ko’p ming yillik tajribasi shundan dalolat beradiki, dunyodagi zo’ravon va tajovuzkor 
kuchlar qaysi bir xalq yoki mamlakatni o’ziga tobe qilib, bo’ysundirmoqchi, uning boyliklarini 
egallamoqchi bo’lsa, avvalambor, uni qurolsizlantirishga, ya'ni eng buyuk boyligi bo’lmish milliy 
qadriyatlari, tarixi va ma'naviyatidan judo qilishga urinadi. Buning tasdiqini uzoq, va yaqin tarixdagi ko’p-
ko’p misollarda yaqqol ko’rish mumkin. Chunki har qaysi millat yoki xalqning ma'naviyati uning bugungi 
hayoti va taqdirini, o’sib kelayotgan farzandlarining kelajagini belgilashda shak-shubhasiz hal qiluvchi 
ahamiyat kasb etadi.
Binobarin, ma'naviyatga qarshi qaratilgai har qanday tahdid o’z-o’zidan mamlakat xavfsizligini, 
uning milliy manfaatlarini, sog’lom avlod kelajagini ta'minlash yo’lidagi jiddiy xatarlardan biriga aylanishi 
va oxir-oqibatda jamiyatni inqirozga olib kelishi mumkin.”– deb ta'kidlaydi.Asriy qadriyatlarimiz 
tiklanmoqda. Xalqimiz ma'naviyati o’zining tabiiy-tarixiy, milliy, diniy va falsafiy sarchashmalariga
qaytmoqda. Ayniqsa ma'naviy meroslarimizni o’rganish, buyuk allomalarimiz va ulug’ ajdodlarimizning
muborak nomlari xalqimizga qaytarilishi, tilimiz va dinimiz rivojlanishi uchun sharoit yaratilgani o’zbek 
ma'naviyati uchun buyuk xaloskorlik va millatimizning kelajak taraqqiyoti uchun qudratli kuch, omil
bo’ldi. 
Mustaqillik sharoitida, yoshlarga ta'lim-tarbiya berishda, yuqorida ko’rsatib o’tganimizdek, 
ma'naviy yetuk insonlarni tarbiyalashda ma'naviy merosimizga munosabatimiz, uning bugungi va ertasi, 
qanday bo’la oladi, komil inson mezonlarida tarbiya topayotgan bugungi yoshlarimiz mamlakatimizning 
barqarorligi, taraqqiyotida egallaydigan o’rni, umuman, yuksak ma'naviyatli jamiyatni barpo etish, boshqa 
ilg’or xalqlarda bo’lgani kabi, bizning millatimiz, jamiyatimiz uchun o’zining dolzarbligini hech qachon 
yo’qotmasligi milliy ma'naviyatimiz qanchalar teran ekanligidan dalolat beradi. 


27 
Vatanimiz zaminida kamolotning poydevori oilada bunyod etiladi. Asrlar davomida shakllangan 
an'anayu udumlarimiz, ijtimoiy ma'naviy qadriyatlarimiz barhayotligini ta'minlab, avloddan-avlodga 
yetishiga xizmat qilayotgan ham shubhasiz oila qo’rg’onidir. Qolaversa, oila bugungi kunga kelib butun 
dunyoda, hatto shaxs individualizmi har narsadan ustun qo’yiladigan g’arb mamlakatlarida ham jamiyat 
ustuni, insonga o’zligini anglatuvchi dargoh sifatida tan olinmoqda. Oilaga jamiyat instituti maqomi 
berilganiyoq uning mustahkamligi jamiyat ravnaqi uchun naqadar ahamiyatli ekanidan dalolatdir. 
Jumladan, yurtboshimizning quyidagi fikrlari so’zimizning yorqin isbotidir: “Aqli raso har qaysi 
inson yaxshi anglaydiki, bu yorug’ dunyoda xayot bor ekan, oila bor. Oila bor ekan, farzand deb atalmish 
bebaho ne’mat bor. Farzand bor ekan, odamzot hamisha ezgu orzu va intilishlar bilan yashaydi. 
Shaxsan menga «nasl» va «nasiba» degan so’zlar o’rtasida qandaydir ilohiy bog’liqlik bordek 
tuyuladi. Albatta, har bir bandaga rizk-nasibani Olloh taolo beradi. Lekin bu xayotda nasibasi butun va to’la 
bo’lishi uchun insonning o’zi ham chin dildan intilishi, zurriyodini sog’lom muhitda tarbiyalashi katta 
ahamiyatga ega ekanini unutmasligimiz zarur. 
Bugungi kunda bizning qilayotgan barcha ishlarimiz farzandlarimizning baxtu saodati, ularning 
yorug’ kelajagi uchun amalga oshirilmoqda. Lekin baxtu saodat faqat boylik, molu mulk bilan 
belgilanmaydi. Odobli, bilimdon va aqlli, mexnatsetar, iymon-e’tiqodli farzand nafaqat ota-onaning, balki 
butun jamiyatning eng katta boyligidir. 

Download 4,42 Mb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   170




Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



YOSH AVLODNI MA’NAVIY- AXLOQIY VA BARKAMOL QILIB

Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish