O‘QUVCHILARNI MILLATLARARO MULOQOTGA TAYYORLASH




Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/170
Sana24.11.2023
Hajmi4,42 Mb.
#104996
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   170
Bog'liq
12827 1 08483D29A1B1ECFE14652BC1F8AE0AB7548A1DDF

O‘QUVCHILARNI MILLATLARARO MULOQOTGA TAYYORLASH 
TEXNOLOGIYASI 
Yusupova Xabiba Iriskulovna, 
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), O‘zDJTU o‘qituvchisi 
 
Hamkorlikni insonning muayyan jamiyatdagi xatti-harakatlarining o‘zi taqozo qiladi. Chunki, har 
qanday ijobiy aloqalar va munosabatlar hamkorlik negizida namoyon bo‘ladi. Hamkorlik va o‘zaro 
munosabatlar millatlararo muloqot tizimida alohida ahamiyat kasb etadi. Hamkorlik o‘zaro g‘amxo‘rlik 
ko‘rsatish, muloqotga moyillik va do‘stona munosabatlarning yuqori cho‘qqisidir. O‘quvchilarning 
millatlararo muloqotga kirishish ko‘nikmalarini egallashlarida turli millat vakillarining o‘zaro hamkorlikka 
kirishishlarini taqozo qiladigan o‘quv vaziyatlarini yaratish muhim ahamiyatga ega. 
Turli millat vakillari bo‘lgan o‘quvchilarning o‘zaro munosabatlari bevosita o‘quv-tarbiya 
jarayonida amalga oshirilishi natijasida ularning jamiyatda turli millat vakillari bilan o‘zaro tenglik va 
hamjihatlik asosida hamkorlik qilishlarini ta’minlaydi. Shuning uchun ham, o‘quvchilar bilish, ijodiy 
faoliyat ko‘rsatish, aqliy mehnat qilish jarayonida millatlararo muloqot ko‘nikmalarini egallashlari lozim. 
O‘quvchilarni millatlararo muloqotga tayyorlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan metodlardan biri 
– tarixiy obidalar, milliy-madaniy markazlar, tarix muzeylariga uyushtiriladigan ekskursiyalardir. Mazkur 
metod yordamida o‘quvchilarda O‘zbekistonda yashovchi boshqa millat vakillarining madaniyatlari, urf-
odatlariga nisbatan alohida qiziqish shakllantiriladi va ta’lim jarayonining jozibadorligi ta’minlanadi. 
Bunday ekskursiyalar jarayonida o‘quvchilarning individual topshiriqlarni bajarishlari uchun ham qulay 
sharoitlar yaratish talab etiladi. Masalan, o‘quvchilar “Meni qiziqtirgan eksponat”, “Jozibali san’at 
namunasi”, “Bizning do‘stlarimiz” kabi mavzularda referatlar, insholar, yozma ishlar yozishlari haqida 
topshiriqlar berish mumkin. Shu bilan bir qatorda, mehnat darslarida o‘quvchi-qizlar turli millatlarga xos 
bo‘lgan kiyimlarni tikishlari, tasviriy san’at darslarida ayni shu millat vakillariga mansub bo‘lgan liboslar 
dizayinini yaratishlari mumkin. Ekskursiyalar jarayonida o‘quvchilar o‘qituvchilar bilan bir qatorda, 
muzeylar va madaniy markazlarning xodimlari bilan ham muloqotga kirishadilar hamda millatlararo 
muloqot usullarini o‘zlashtiradilar. 
O‘quvchilarni millatlararo muloqotga tayyorlashda mashq usulining boshqa variantlarini ham 
qo‘llash mumkin. Masalan, 6-sinf Vatan tuyg‘usi darslarida “O‘zbekiston – ko‘pmillatli mamlakat” [4; 150-
b.] mavzusini o‘rganish jarayonida o‘quvchilarga O‘zbekistonda yashovchi turli xalqlarning kiyimlari, 
taomlarining nomlari ifodalangan slaydlar ko‘rsatilib, ularning qaysi millatga tegishliligini sharhlab 
berishga oid vazifalar yuklatildi. Buning uchun har bir slaydda O‘zbekistonda yashaydigan muayyan millat 
vakilining milliy xususiyatlari o‘z ifodasini topishiga o‘qituvchilar alohida e’tibor qaratishlari lozim.
O‘quvchilar oldiga mazkur yo‘nalishlarda referatlar yozib kelib, krossvordlar yechish, she’rlar 
yodlab kelish, manzarali rasmlar chizish kabi vazifalar qo‘yildi. Ushbu jarayonda milliy naqshlar, 


28 
kashtachilik uslublari, milliy taomlar, milliy matolar bilan o‘quvchilar yaqindan tanishishga harakat 
qildilar. 
Shuningdek, texnologiyani amalga tatbiq etish jarayonida amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish va 
o‘tkazishga ham keng e’tibor qaratish zarur. Jumladan, O‘zbekiston – ko‘p millatli diyor (6-sinf Vatan 
tuyg‘usi, amaliy mashg‘ulot). 
Maqsad: o‘quvchilarni O‘zbekistonning ko‘p millatli tarkibi bilan tanishtirish. 
Vazifalar: o‘quvchilarda turli millatlarning e’tiqodiga hurmat hissini qaror toptirish; ularning boshqa 
millatlarning urf-odatlari, rasm-rusmlariga tolerant munosabatda bo‘lishlariga o‘rgatish: ijodkorlik 
sifatlarini shakllantirish. 
Mashg‘ulotning borishi: 
O‘qituvchi: O‘quvchilar, qani aytingchi, O‘zbekistonda qanday millat vakillari istiqomat qilishadi? 
(O‘quvchilarning bir nechta javobi tinglanadi). 
To‘g‘ri, respublikamizda turli xil millat vakillari istiqomat qilishadi. Hozirda O‘zbekistonda 136 
millat va elat vakillari yashashadi. 
Siz qanday o‘ylaysiz, O‘zbekistonda eng ko‘p sonli millat vakillarini kimlar tashkil etadi? 
(O‘quvchilarning javoblari). 
O‘zbekiston aholisining 80%dan ortig‘ini o‘zbek millatiga mansub kishilar tashkil etadi.
O‘quvchilar, o‘zbeklardan tashqari respublikamizda yana qanday millat vakillari istiqomat 
qilishadi? (O‘quvchilarning javoblari). 
O‘qituvchi: O‘zbekiston o‘z tarkibiga ko‘ra ko‘pmillatli davlat hisoblanadi. Aholining ko‘pchilik 
qismini (80%dan ortig‘i)ni o‘zbeklar, qolgan qismini esa, ruslar (5,5%), tojiklar (5%), qozoqlar (3%), 
qoraqalpoqlar (2,5%), tatarlar (1,5%) tashkil etadi. Aholisining 88% musulmon diniga e’tiqod qiladi, 
qolganlari xristianlik, buddiylik, iudaizm kabi dinlarga e’tiqod qilishadi. O‘zbekistonda ta’lim yetti til 
(o‘zbek, qoraqalpoq, rus, qozoq, tojik, qirg‘iz, turkman)da olib boriladi.
Keling bolalar endi, sizning tengdoshlaringizning O‘zbekistonda yashovchi uch millat vakillarining 
madaniyati haqidagi ma’lumotlarini tinglaymiz. 
Birinchi o‘quvchi (rus millati haqida ma’lumot beradi). Ona tili – rus tili. Dini xristian. Uylari 
to‘rtburchak shaklda quriladi. Xonalari ixcham, o‘ziga xos ko‘rinishga ega bo‘ladi. Asosan, cho‘chqa, baliq 
go‘shtidan qilingan taomlarni sevib iste’mol qilishadi. Ruslar, ayniqsa, borщni juda mazali tayyorlashadi. 
Qishda sho‘ba va paltolarda, yozda esa, yengil kiyimlarda yurishadi.
Ikkinchi o‘quvchi. (tatar millati haqida ma’lumot beradi). Ona tili – tatar. Dini – islom. Tatarlarning 
uyi labirint ko‘rinishida quriladi, ko‘k va yashil ranglar bilan bo‘yaladi. Ayol va erkaklarning ustki kiyimi 
beshmet deb nomlanadi. Erkaklari boshlariga do‘ppi, ayollari esa do‘xoba ro‘mol o‘rashadi. Tatarlarning 
milliy oyoq kiyimi “ichigi” deb ataladi. 
Uchinchi o‘quvchi (qozoq millati haqida ma’lumot beradi). Ona tili – qozoq tili. Dini – islom. 
Qozoqlar o‘ziga xos o‘tovlar qurishadi. Qimiz va qazini sevib iste’mol qilishadi. Milliy taomi – 
“Beshbarmoq” deb ataladi.
O‘qituvchi. Bolalar bugun biz siz bilan O‘zbekiston xalqining ko‘pmillatli ekanligi haqida 
gaplashdik. Hozir aytib o‘tilganlar asosida o‘z daftarlaringizga “O‘zbekiston – ko‘p millatli diyor” 
mavzusida bayon yozing. 
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda biz, 5-9-sinf o‘quv rejasidan o‘rin olgan o‘quv fanlari, sinf 
soatlari hamda darsdan tashqari ta’lim-tarbiyaviy jarayonlarda bir qator mavzularni o‘tishda treninglar, rolli 
o‘yinlar, ijtimoiy-psixologik muloqot loyihalari, ekskursiyalar uyushtirish usullaridan foydalanishni 
tavsiya qilamiz. 
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish 
bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni. // Harakatlar strategiyasi asosida jadal taraqqiyot 
va yangilanish sari. – T.: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2017. – 92 b. 
Safarova R.G‘., Sh.Ne’matov va boshq. O‘quv predmetlari mazmunini aniqlovchi asosiy 
parametrlar. – T.: Fan va texnologiya, 2011. –160 b. 
Yusupova X.I. Ta’lim oluvchilarni millatlararo muloqotga tayyorlashning nazariy asoslari. // 
Monografiya. - Toshkent: Fan va texnologiya, 2013. -152 b. 
Vatan tuyg‘usi: Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6-sinflari uchun o‘quv qo‘llanmasi/ Mas’ul 
muharrir A.Erkayev. – 4-nashri. – Toshkent: Ma’naviyat, 2011. -112b. 


29 

Download 4,42 Mb.
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   170




Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘QUVCHILARNI MILLATLARARO MULOQOTGA TAYYORLASH

Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish