25
Kompetensiya – ma’lum bir sohada samarali produktiv faoliyat uchun zarur bo‘lgan o‘quvchining
avvaldan belgilangan ta’limiy tayyorgarligiga qo‘yiladigan ijtimoiy talablar (me’yorlar)dan ham o‘zib
ketishidir. Shu bilan bir qatorda kompetensiyaviy yondashuvda ta’limning an’anaviy uch elementi (triada)
– “Bilim – Ko‘nikma – Malaka”ni olti birlik (sikstet) “Bilim – Ko‘nikma – Malaka – Amaliy faoliyat
tajribasi – Komptensiya – Kompetetnlik” tarzida tahlil etish talab etiladi [5].
Tarixiy tafakkurni rivojlantirish muammosini tadqiq etgan pedagog olim B.X.Xodjayev tadqiqot
ob’ekti bilan bog‘liqlikda
motivatsion-kognitiv, informatsion; kommunikativ, g‘oyaviy-mafkuraviy,
fuqarolikka doir, ma’naviy-axloqiy,
akmeologik, aksiologik, estetik kompetensiyalar tizimini
aniqlashtirgan [6].
Guruhiy munozara orqali o‘quvchilarda axborotlar bilan ishlash kompetensiyasini
rivojlantirish
imkoniyatlarini ko‘rib chiqish mumkin.
Guruhiy munozara.
Maqsad: Internet tarmog‘idagi suhbat jarayonida hamsuhbatining qadriyatga yo‘naltirilgan fikrlarini
aniqlashtirish.
Guruhiy munozarani tashkil etish uchun savol va topshiriqlar -jadvalda keltirilgan:
1-jadval
“Internet tarmog‘ida notanish suhbatdosh shaxsini baholash” mavzusi bo‘yicha guruhiy munozarani
tashkil etish
O‘quvchilarga topshiriq
Munozara uchun savollar
Sizning vazifangiz Internet
tarmog‘idagi suhbatdoshga tavsif
berish. Baholash mezonlari va
ko‘rsatkichlarini taklif eting.
1. Sizning suhbatdoshingizga bahoingiz uning savodxonlik
darajasiga bog‘liqmi?
2. Suhbatdosh shaxsini baholash
uchun umumiy mezonlarni
taklif etish mumkinmi?
3. Internet tarmog‘idagi faoliyati bilan bog‘liqlikda istisno
tariqasida shaxsga ishonchli baho berish mumkinmi?
4. Suhbatdosh shaxsini baholashning qaysi mezonlari Siz
uchun ko‘proq muhim?
5. Suhbatdosh bilan dialog orqali
uning tarixiy-madaniy
merosga munosabati va fuqarolik pozitsiyasini aniqlash mumkinmi?
Amaliy tavsifdagi savollarni mustaqil o‘rganib bo‘lishganidan so‘ng, o‘quvchilar guruhiy munozara
jarayonida o‘zlarining taassurotlari va o‘z nuqtai nazarini isbotlashga doir dalillar va misollarni boshqalar
bilan o‘rtoqlashishadi. O‘qituvchi o‘quvchilarga munozara qoidalarini eslatib turadi, fikrlarni bayon etish
jarayoniga bosqichma-bosqichma tuzatishlar kiritib boradi, bir savoldan ikkinchi savolga o‘tishni amalga
oshiradi, oraliq xulosalarga kelinishini ta’minlaydi.
Munozara jarayonida guruh refleksiv savollarga javob beradi va umumiy yakuniy xulosaga
kelishadi.
Munozara yakuni sifatida o‘quvchilarga Internet tarmog‘idagi axborotlar bilan ishlash, shuningdek,
mazkur ishni bajarish jarayonida faol refleksiv nuqtai nazarni aniqlashga yo‘naltirilgan “Afsona emas
muammolar” topshirig‘ini bajarishni taklif etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh assambleyasining 72-
sessiyasida so‘zlagan nutqi, 2017 yil 19 sentabr.
Pedagogicheskiy slovar / Pod red. V.I.Zagvyazinskogo, A.F.Zakirovoy. – M.: «Akademiya», 2008.
– S.41.
Muslimov N.A. Kasb ta’limi o‘qituvchisini kasbiy shakllantirishning nazariy-metodik asoslari: Ped.
fan. dok. ... diss. – T.: O‘MKHTTKMOQTI, 2007. – B.130.
Tarasova N.V. Mirovoy opыt realizatsii kompetentnostnogo podxoda v professionalnom
obrazovanii// Sredneye professionalnoye obrazovaniye. – 2007. – №2. – S. 36.
Xodjayev B.X Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti: pedagogika ta’lim sohasi bakalavriat
ta’lim yo’nalishlari uchun darslik. – T.: “Sano-standart” nashriyoti, 2017. – 84 b.
Xodjayev B.X. Umumta’lim maktablari o‘quvchilarida tarixiy tafakkurni modernizatsiyalashgan
didaktik ta’minot vositasida rivojlantirish: Pedagogika fanlari doktori. ... diss. – T., 2016. – B.92-94.