18
Akademiyaning bosh maqsadi bolalarning qobiliyatini yanada rivojlantirish uchun intellektual
atmeosferani yaratish hamda yuqori intellekt va motivatsiyaga ega tengdoshlari bilan o‘zaro muloqotni
tashkil etishdan iborat. [4].
2000 yilda Frankfurtda alohida iste’dod va qobiliyatli bolalar, ota-onalari, o‘qituvchilar va yoshlarga
yordam berish maqsadida iqtidorli bolalar uchun Markaz (Hochbegabtenzentrum der
Stadt Frankfurt am
Main) ochildi. Markazning maqsadiga iqtidorlilikni tashxis etish usullari va natijalari, bolalarni
rivojlantirish imkoniyatlari, boshqa muassasalar bilan aloqalar to‘g‘risida ota-onalarni xabardor qilish; ota-
onalar uchun bolalar iqtidorliligi bo‘yicha ochiq ma’ruzalar va seminarlar tashkil etish; o‘quv va o‘quv
jarayonidan tashqarida iqtidorli bolalar va o‘smirlar uchun tadbirlar,
kurslar tashkil etish; maktab
o‘qituvchilariga maslahatlar berish; pedagog va ota-onalar uchun maxsus adabiyotlar taqdim etish kabilar
kiradi.
Buyuk Britaniyada ham iqtidorli yoshlar bilan ishlashga doir katta amaliy tajriba to‘plangan. Mazkur
jarayonga Buyuk Britaniya ta’lim vazirligi, ko‘plab universitetlar, kollejlar va jamoatchilik tashkilotlari
faol ishtirok etishadi. Mamlakatda iqtidorli yoshlarga yordam ko‘rsatish Milliy
Assosiatsiyasi faoliyat
yuritadi, 1982 yildan “Xalqaro iqtidorlilar ta’limi” (Gifted Educational International) maxsus jurnali nashr
ettirib kelinadi. [2].
Angliya
pedagogikasida
ijodiy
iqtidorlilikka
alohida
e’tibor qaratiladi. Britaniyalik
mutaxassislarning fikricha, “ijod (kreativlik) – iqtidorlilikning eng muhim unsuri hisoblanadi va
iqtidorlilikning barcha turlari ijodiy komponentdan alohida qaralishi mumkin emas” [5; 212-b].
Angliya maktablarida ta’limni tabaqalashtirishning ikkita – ichki va tashqi turi mavjud. Ular o‘zaro
uyg‘unlikda o‘quv jarayonining yuqori samaradorligini ta’minlashga xizmat qiladi [3; 6-b]. Tashqi
tabaqalash-tirish o‘quv jarayonini tashkil etishning xilma-xil maxsus shakllarida o‘z aksini topadi: test va
suhbat asosida qobiliyatlarini darajasi bo‘yicha yoshlarni yo‘nalishga
taqsimlash; ta’limning ma’lum bir
bosqichida yoshlarni qobiliyati va qiziqishlariga ko‘ra guruhlarga taqsimlash; “aralash” qobiliyatli
guruhlarda o‘qitish va hk.
Rossiyada ham iqtidorli yoshlarga ta’lim-tarbiya berishga alohida e’tibor qaratiladi. 2000 yilda
mazkur davlat hukumati tomonidan “Iqtidorli bolalar” dasturi qabul qilingan. Mazkur dasturning asosiy
maqsadi
iqtidorli, iste’dodli yoshlarni aniqlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash tizimini
yaratishdan iborat. Shu bilan bir qatorda, mamlakatning intellektual, ijodiy
quvvatlarini rivojlantirish,
iqtidorli bolalarni tanlov asosida aniqlash mexanizmlarini vujudga keltirish nazarda tutilgan.
Xitoyda iqtidorli yoshlar qoidaga muvofiq ta’limning keyingi bosqichlarini davom ettirishda turli
imtiyozlar – davlat stipendiyalari, ishlab chiqarish korxonlari va tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan
yordam pullaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Xitoyda iqtidorli yoshlar uchun maxsus
maktablar mavjud emas, biroq universitetlar qoshida ochilgan o‘rta maktablarning imkoniyalaridan
samarali foydalaniladi. Har bir universitet qoshida kadrlar va yuqori darajada ta’lim
berishni
ta’minlaydigan maktablar mavjud. [4].
Koreya Respublikasida ham iqtidorli yoshlarni tarbiyalash va rivojlantirishga katta e’tibor qaratiladi.
Iqtdorli yoshlar bilan ishlashning asosiy yo‘nalishi sifatida maxsus maktablarni yaratish va qo‘shimcha
ta’limni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtidorli bolalar uchun Busan shahrida “super maktab”
tashkil etilgan. Maktab “Busan Fan akademiyasi” (“Bussan Science Academy”), 2006 yildan “Koreya Fan
Akademiyasi” (“Korean Science Academy”) nomini olgan. Mazkur maktab Xitoydagi “super
maktablar”dan tubdan farq qiladi. Eng avvalo, u universitetdagi qat’iy tartib-qoidalarni o‘zida aks
ettirmaydi, biroq o‘z-o‘zidan “bolalar universiteti” funksiyasini bajaradi. Maktabda iqtidorli yoshlarni
tarbiyalash va rivojlantirishga doir metodlar ishlab chiqilgan. Maktabda butun jahonda iqtidorli yoshlar
bilan amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil etish bilan shug‘ullanadigan “Iqtidor ta’limi va taraqqiyot”
(Institute For Gifted Education &Promotion) instituti faoliyat yuritadi. Institut o‘qituvchilarni tayyorlashga
doir AQSh, Isroil, Rossiya va Singapurda xalqaro hamkorlik dasturlarini amalga oshiradi. Institut xodimlari
Busan shahridagi iqtidorli yoshlar bilan ishlaydigan barcha o‘qituvchilarning malakasini oshirish bilan ham
shug‘ullanadi. Barcha kurslarning natijalari muntazam tahlil etib boriladi va qo‘llanma sifatida nashr
ettiriladi. Barcha o‘qituvchilar refleksiv tanlovda ishtirok etishadi. Kurslarning
samaradorligi asosida
o‘qituvchilarning refleksiv imkoniyatlari baholanadi. [5].
Yuqoridagi tahlillardan shularni e’tirof etish mumkinki, mamlakatimizdagi iqtidorli yoshlarning
intellektual imkoniyatlarini rivojlangan davlatlar tajribalariga tayangan holda tashkil etish mamlakat
taraqqiyotini ta’minlashga mustahkam zamin yaratadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
19
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyundagi “Yoshlar – kjagimiz” Davlat
dasturi to‘g‘risida”gi PF-5466-son Farmoni. // Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2018 y.,
07/18/3907/1706-son.
2.
Габдулхаков В. Ф. Одаренность и ее развитие в условиях взаимо-действия
общеобразовательной школы и университета. Учебно-метод. пособие. – Казань: РИЦ «Школа»,
2012. – С. 64 –65, 87–88.
3.
Образовательные модели и технологии работы с одаренными детьми. / Сост. Башева
Е. И. и др.
4.
– Красноярск: ККИПКППРО, 2011. – С. 6, 12.
5.
Рахматова
Ф.
Иқтидорли
ўқувчилар
билан
ишлаш
технологиясини
такомиллаштириш. Пед.фан.б/ча (PhD) илмий даражасини олиш учун ёзилган диссертация. СамДУ
. 2020 й. 170 б.