• Axatova Xilola Aktamovna
  • SHAXSGA YO’NALTIRILGAN PEDAGOGIK TEXNOLOGIYANI AMALGA




    Download 4,42 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet19/170
    Sana24.11.2023
    Hajmi4,42 Mb.
    #104996
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   170
    Bog'liq
    12827 1 08483D29A1B1ECFE14652BC1F8AE0AB7548A1DDF

    SHAXSGA YO’NALTIRILGAN PEDAGOGIK TEXNOLOGIYANI AMALGA 
    OSHIRISH BO’YICHA TA’LIM TURLARI 
    Axatova D. A., Axatova X. A. 
    Axatova Durdona Aktamovna 
    NavDPI Umumiy pedagogika va psixologiya kafedrasi dotsenti, p.f.n. 
    Axatova Xilola Aktamovna 
    NavDPI Umumiy pedagogika va psixologiya kafedrasi o`qituvchisi

    Davlatimiz intellektual salohiyati yuqori kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo’naltirilgan 
    davlat siyosatini yuritib kelmoqda. Bunda albatta ta’lim sohasidagi innovatsiyalarga katta e’tibor 
    qaratilmoqda. Buni 2020 yil 23 sentaybrda Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan tasdiqlangan 
    O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunida ham ko`rishimiz mumkin. Qonunda 
    “Ta’lim sohasidagi eksperimental va innovatsion faoliyat ta’limni modernizatsiya qilish maqsadida amalga 
    oshiriladi hamda yangi ta’lim texnologiyalari va resurslarini ishlab chiqishga, ularni sinovdan o`tkazishga 
    hamda ta’lim jarayoniga joriy etishga qaratilgan” [1; 20-б.] ligi ta’kidlanadi.
    Ta’lim samaradorligini oshirish, shaxsning ta’lim markazida bo’lishini va o`quvchi va talabalarning 
    mustaqil bilim olishlarini ta’minlash uchun ta’lim muassasalariga yaxshi tayyorgarlik ko’rgan va o’z 
    sohasidagi bilimlarni mustahkam egallashdan tashqari zamonaviy pedagogik texnologiyalarni va interfaol 
    uslublarini biladigan, ulardan o’quv-tarbiyaviy mashg’ulotlarni tashkil etishda foydalanish qoidalarini 
    biladigan o’qituvchilar kerak. Buning uchun barcha fan o’qituvchilari pedagogik texnologiyalar, interfaol 
    usullarni bilishi va olgan bilimlarini o’quv-tarbiyaviy mashg’ulotlarda qo’llashga o`rganishlari lozim. 
    Pedagogik texnologiyalardan foydalanishga e’tibor kuchayganining asosiy sabablari sifatida: 
    pedagogik texnologiyalarda shaxsni rivojlantiruvchi ta’limni amalga oshirish imkoniyatining kengligi, 
    pedagogik texnologiyalar o’quv-tarbiya jarayoniga tizimli faoliyat yondashuvini keng joriy etish 
    imkoniyatini berishi, pedagogik texnologiya yangi vositalar va axborot usullarini qo’llashga 
    asoslanganligini ko`rsatishimiz mumkin. 
    Pedagogik texnologiyalar ichida shaxsga yo’naltirilgan texnologiyalarning o’rni va ahamiyati juda
    muhimdir. Shaxsga yo’naltirilgan texnologiyalarning o’ziga xosligi shundaki, ular shaxs rivojlanishini 
    qandaydir buyurtma asosida shakllantirishga emas, aksincha uning(shaxsning) tabiiy qobiliyatlari asosida 
    shakllantirishga yo’naltirilgan. 
    Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim – o’quvchining fikrlash va harakat strategiyasini inobatga olgan holda 
    uning shaxsi, o’ziga xos xususiyatlari, qobiliyatini rivojlantirishga yo’naltirilgan ta’lim. 
    Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim o’z mohiyatiga ko’ra ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarini 
    to’laqonli rivojlanishlarini ko’zda tutadi. Bu esa ta’limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma’lum bir 
    ta’lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog’liq o’qish 
    maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondashilishni nazarda tutadi [2; 14-б.]. 


    12 
    Bu turdagi ta’lim bolalarda mustaqillik, tashabbuskorlik, javobgarlik kabi sifatlar, shuningdek, 
    mustaqil, ijodiy va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini tarbiyalashga xizmat qiladi. Bu turdagi ta’limni tashkil 
    etishda pedagoglardan har bir o’quvchi imkon qadar individual yondashishni, uning shaxsini hurmat 
    qilishni, unga ishonch bildirish taqozo etiladi. Shuning uchun ham shaxsga yo’naltirilgan texnologiyani 
    o’rganish va uning usullaridan foydalanish hozirgi kunning dolzarb muammolaridan biridir.
    Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim o’qitish jarayonining ishtirokchilari o`qituvchi-o`quvchi yoki 
    o`quvchi-o`quvchi, o`quvchi-o`quvchilar guruhi, o`quvchi-o`quvchilar jamoasi tarzida o’zaro hamkorlikda 
    bilim olish, shaxs sifatida kamol toptirish uchun qulay pedagogik sharoitni yaratish zaruriyatini ifodalaydi.
    Ta’lim jarayonida quyidagilardan foydalanish shaxsga yo’naltirilgan ta’limning yana bir belgisidir 
    [3; 8-б.]: 
    - ijodiy topshiriqlar; 
    - kreativ yondashishni taqozo etuvchi vazifalar; 
    - muammoli vaziyatlar; 
    - rolli va ishbilarmonlik o’yinlari; 
    - bahs-munozara, debat; 
    - musobaqa ko’rinishidagi bellashuvlar 
    Shaxsga yo’naltirilgan o’quv vaziyatlari o’quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish usul va 
    metodlari bilan uzviy bog’liq. O’quvchi shaxsiga yo’naltirilgan ta’lim amalga oshiriladigan ayrim 
    noan’anaviy dars shakllariga misol keltiramiz: 
    Musobaqa darsi- o’quvchilarning o’zaro musobaqalashuvini tashkil etish orqali bilimlarni 
    mustahkamlash mashqlari. 
    Ijod darsi- o’quvchilarning mustaqil ijod etishlarini tashkil qilish darsi. 
    Shubha bildirish darsi- dars mavzusi bo’yicha qoidalar, xulosalarni agar notog’ri deb hisoblansa, 
    nimalar bo’lishi mumkinligi haqida qiziqarli bahs va tahlillar o’tkazish orqali yangi mavzuni tushuntirish 
    darsi. 
    Ijodiy hisobotlar darsi- o’quvchilarning ayrim mavzular bo’yicha mustaqil o’rgangan bilimlari va 
    xulosalari taqdimoti. 
    Ilmiy-fantastika darsi- o’quvchilarning o’rgangan bilimlari asosida ijodiy xayol, taxminlar o’ylab 
    topishlari mashqini o’tkazish orqali mustaqil fikrlashlarini kengaytirish darsi. 
    Haqiqatni izlash darsi- dars mavzusiga doir ayrim masalalar yuzasidan o’quvchilarning mustaqil 
    fikrlar bildirishni tashkil etish orqali haqiqatni aniqlash va mavzuni o’zlashtirishni ta’minlash darsi. 
    Ekskursiya darsi- bu darslarda o’quvchilarni turli ob’yektlar: muzey, ziyoratgoh, korxona, ustaxona, 
    tabiat ob’ektlari, ilmiy muassasa, kollej, litsey va boshqalarga olib borish va tanishtirish orqali ularning 
    bilimlarini hayot bilan bog’lash va kasbga yo’naltirish ishlarini amalga oshirib borish ta’minlanadi.
    Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim o’quvchini ta’lim tizimiga moslashtirishni emas, aksincha, uning 
    individual xususiyatlarini inobatga olgan holda har tomonlama rivojlanishi, shaxs sifatida kamolotga yetishi 
    uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishni nazarda tutadi. Bu turagi ta’lim o’quvchilarni o’z-o’zini 
    rivojlantirishga, mustaqil bilim olishga, o’zining ichki imkoniyatlari, qobiliyatlarini to’la namoyon eta 
    olishi, bilish faolligini oshirish uchun zarur sharoitni vujudga keltirishi zarur.
    Hozirda shaxsga yo’naltirilgan ta’limning quyidagi turlari mavjud :

    Download 4,42 Mb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   170




    Download 4,42 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    SHAXSGA YO’NALTIRILGAN PEDAGOGIK TEXNOLOGIYANI AMALGA

    Download 4,42 Mb.
    Pdf ko'rish