14
xalqaro va xorijiy tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan yaqindan hamkorlik qilish, taʼlim sifatini
baholash boʻyicha xalqaro loyihalarni joriy qilish, zamon talablariga javob
beradigan munosib milliy
baholash tizimini takomillashtirish muhim sanaladi. Shunga muvofiq. O‘zbekiston Respublikasi Xalq
ta’limi vazirining 2017-yil 16-sentabrdagi “2017-2018 o‘quv yilida ta’lim sifati monitoring tizimini yanada
takomillashtirish va tashkil etish to‘g’risida”gi 299-sonli buyrug’ining 3-band 2-xatboshida: Monitoring
jarayonini tashkil etish, nazorat materiallari va turlarini ishlab chiqishda ilg’or xalqaro tajribalar (PISA,
TIMSS va h.k.) ni o‘rgangan holda milliy monitoring tizimini takomillashtirish va uning natijalari asosida
o‘quv-metodik jarayonni yanada rivojlantirish choralarini ko‘rish haqida aytib o‘tilgan.
Inson faoliyati – uning rivojlanishi uchun zarur sharoit bo‘lib, uning jarayonida shaxs hayotiy
tajribaga ega bo‘ladi, atrof-olamni idrok etadi, bilimlarni o‘zlashtiradi, malaka va ko‘nikma hosil
qiladi. Hozirgi davrda zamonaviy texnika va texnologiyalarning hayotga kirib kelishi inson
faoliyatida,
ijtimoiy ongida katta o‘zgarishlar bo‘lishini taqozo etmoqda. Zero, olam to‘g‘risida va insonning hayotda
tutgan o‘rni to‘g‘risidagi tasavvurlari o‘zgarmoqda, tafakkuri va olamni tushinishning yangi usullari
shakllanmoqda, ma’naviy-amaliy o‘zlashtirishning yangi vositalari va usullariga o‘tish yuz bermoqda.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchisining faoliyatida ijodkorlik uning samarali ta’lim faoliyatini belgilab beruvchi
ilmiy tasavvurlari evristik ta’limning pedagogik asosi sanaladi. O‘quvchidagi bilish jarayoni ijodkorlik
natijasida yuz beradi. Izlanishlar jarayonida ijodkorlik faoliyati namoyon bo‘lishi uchun aniq maqsadga
yo‘naltirilgan, rejalashtirilgan, me’yorlarga ega bo‘lgan, o‘z-o‘zini anglagan faoliyat zaruriyati seziladi. Bu
esa o‘quvchida atrof-olam ob’ektlari va ular haqidagi bilimlarni o‘zlashtirish; ta’lim samaradorligini
vujudga keltirish, faoliyatning avvalgi turlariga tayanishni taqozo etadi.O‘quvchi shaxsini rivojlantirishga
yo‘naltirilgan ta’lim jarayonida uning aqliy- intellektual, ijodiy xususiyatlari namoyon bo‘ladi. Bu borada,
ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ta’lim jarayonida ijodiy faoliyatini shakllantirish imkoniyatlari
kengroq bo‘lib hisoblanadi. Chunki boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarning aqliy qobiliyati, diqqati fikrlash
darajasi faol rivojlanadi. Shuning uchun ham boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mayl va intilishlari bilish
va ijodiy faoliyatlari, iste’dodlarini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda mustaqillik
tufayli amalga oshirilayotgan ta’lim islohotlari o‘z ishiga ijodiy yondashuvchi, fan, texnika, san’at, ishlab
chiqarishning jadal rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shadigan yuksak malakali kadrlar tayyorlashga bog‘liq.
Shunga ko‘ra, jamiyat taraqqiyoti talablaridan kelib chiqqan holda har bir o‘quvchini ijodkorlik ruhida
tarbiyalash muhim va zarurdir. [2;4/5-b]
Umuman aytganda, o‘quv jarayonini takomillashtirishdan ko‘zlanadigan
asosiy maqsad uning
sifatini yangi pog‘onaga ko‘tarishdir. Shunga ko‘ra o‘qituvchining faoliyatida qanday yangilik vujudga
kelishi kerak? Avvalo, u materialni shunchaki bayon etmasligi va o‘quvchilarga tayyor xulosalar hamda
umumlashmalarni aytib bermasligi, balki ularning fikrini o‘rganiladigan obyektga jalb qilishi, undan
muammo topishi yoki imkoni bo‘lsa, o‘quvchilarning o‘zlarini mazkur obyektdagi
muammoni mustaqil
holda o‘ylashga rag‘batlantirishi, muammoli vaziyatni yaratib ularning diqqatini safarbar qilishi, tafakkurni
faollashtirishi, ta’limdagi loqaydlikni bartaraf etishi, o‘quvchilarga o‘zlaricha mulohaza yuritib, zarur
xulosalar va umumlashmalar chiqarishda yordam berishi, ularni kuzatishga,
tasavvur qilishga, eslab
qolishga, ijodkorlikka o‘rgatishi, ya’ni u o‘z tarbiyalanuvchilarini olgan bilimlari bilan kuzatilgan hayotiy
dalillar va hodisalarga taqqoslash, shu asosda to‘g‘ri xulosalar va umumlashmalar chiqarishga odatlantirishi
kerak. Mana shularning hammasi ta’lim jarayoniga zamonaviy mazmun baxsh etadi.[3;91-b]
Bilim ko’nikma va malakalarni tekshirish va baholash o’quv jarayonini eng muhim va zaruriy
qismlaridan bo’lib, u 3 asosiy vazifani bajaradi:
a) bolalar tamonidan o‟zlashtirilayotgan bilim, hosil qilingan ko’nikma va malakalarini nazorat
qilish;
b) bilimlarning sifatini aniqlash;
s) o’quv dasturida belgilangan materiallarni ongli, izchil va mustahkam o’zlashtirib olishga undash.
O’quvchilar bilimini baholashning asosiy maqsadi bilimni tekshirish orqali ulardagi nuqson va
kamchiliklar sezilib, mazkur sabablar aniqlanadi, kamchiliklar bartaraf etish choralari belgilanadi.
Ta’lim sifatini baholash xalqaro tadqiqotlarida ishtirok etish O‘zbekistonga nima beradi?
Tadqiqotlarda olingan natijalar mamlakatdagi ta’lim sifati va uning xalqaro standartlarni hisobga
olgan holda egallagan o‘rni to‘g’risida xulosalar chiqarish imkonini beradi.
Xalqaro standartlar darajasida yuqori iqtisodiy samaraga asoslangan milliy baholash tizimini yaratish
imkonini beradi.
Milliy ta’lim sifatini baholashdagi nazorat materiallarini xalqaro tadqiqotlarda qo‘llaniladigan
nazorat materiallari sifati darajasida ishlab chiqish imkonini beradi.
15
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy faoliyatini shakllantirish
xususiyatlari aniqlash
imkonni beradi;
- boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy faoliyatini shakllantirish modeli va asosiy
mezonlari belgilandi;
- boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy faoliyatini shakllantirish mazmuni, shakl va metodlari
tavsiya etildi;
- boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy faoliyatini shakllantirish samaradorligi darajasi
aniqlandi.
Milliy ta’lim tizimini isloh qilish, ta’lim mazmuni, pedagog kadrlar tayyorlash va ularning
malakasini oshirish dasturlarini takomillashtirish hamda mutaxassislar tomonidan
darsliklarning yangi
avlodini yaratishda qo‘llaniladi.[4;4-b]
Foydalanilgan adabiyotlar.
1.R.A.Mavlonova, N.H.Rahmonqulova, K.O.Matnazarova, M.K.Shirinov, S.Hafizov. Umumiy
pedagogika. -Т .: «Fan va texnologiya», 2018y
2.Boltaeva Sh.T., Boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilar ijodiy faoliyatini shakllantirish. Monografiya,
Navoiy 2012y
3.R.A.Mavlonova, N.H.Rahmonqulova, N.X.Voxidova. Pedagogika.Darslik, Toshkent 2010y
4.B.U.Normo’minov. Ta’lim jarayonini modernizatsiyalashda ta’lim sifati natijalarini baholash
texnologiyasi. Samarqand 2015y
5.www.lex.uz