16
uchun kitoblarni ota –ona tanlaydi. Zamon shiddat bilan rivojlanib borayotgan davrda farzandlarimiz ongi
ham erta rivojlanib bormoqda. Bir yasharlik go`dakning ham uyali aloqa vositasini qulog`iga tutib,
kattalarga qilayotgan taqlidiga nima deysiz? Kompyuterni otasidan yaxshi biladigan farzand
yoki(ustozidan) o`qituvchilaridan ko`ra tez o`zlashtirib olayotgan maktab o`quvchisiga-chi? Ommaviy
axborot vositalari, jumladan televideniye dasturlari ham bolalaringizni jalb qiluvchi omildir. Ulardagi chet
mamlakatlardan kirib kelayotgan multfilmlar, turli reklamalarni bolalarimiz tez yodlab olyaptilar. E’tibor
bering: “Mening qahramonim- Boburning onasi, chunki u har kuni “Chokko-tella” olib beradi”, degan rolik.
Reklama yaxshi ishlangan. Yosh-u qari yaxshi ko`radi: o`qituvchi ayol chiroyli, bolalar yoqimtoy.
Demak, kim farzandiga shirinlik bersa, u qahramon ekan-da! Reklamani ko`rayotgan qanchadan
–qancha bolalarimizning ongiga shu fikr singib bo`ldi…
Hozirgi kundagi kitobxonlikni oshirishdagi muammo bolalarni kitobxonlikka o’rgatishdan oldin,
ota- onani kitobxonlikka o’rgatish, Ota –onalar bilan kitobxonlik kechalarini o’tkazishdir. Ota –onalar
ishdan charchab toliqib kelganda , bolarning sho’xligiodan nolishar, chora topish o’rniga bolarla tanbeh
berishadi yoki boshqa xonaga chiqarib yuborishadi, Shunday holatda ota –onalar farzandiga yoshiga mos
kitob sovag’a qilib o’zi ham biror kitobni olib birga o’tirib o’qib kitobxonlik vaqtini o’zkazsa muammolar
hal ,ya’ni bola sho’xligi yo’qoladi .Kitobxonlikka ota- ona va bola yo’naltiriladi. Sukunatda kitob o’qish
bilan xordiq chiqariladi
Mustaqilligimiz bizga juda ko`p ne’matlarni berdi.
Milliy qadriyatlarimiz, tilimiz, ma’naviy
merosimizni anglashni o`rgandik. Ilgari eng sara , qiziq kitoblarni qiynalib yurib topib o`qirdik. Hozir- chi?
Yoshlarimiz badiiy kitob o`qiyaptimi? Vaholanki, bugungi kunda qaysi maktab kutubxonasiga kirmang,
kitob do`konlarini aylanmang, kitoblarning yangidan –yangi nashriga ko`zingiz tushadi. Jildlari qalin,
yaltiroq, sifatli qilib ishlangan kitoblarni ko`rib ko`zing quvnaydi. Maktab o`qituvchilari- ku mustaqil kitob
o`qish, badiiy kitobning ahamiyati haqida o`quvchilarga ko`p ta’kidlaydilar. Lekin ota-onalarimiz ham shu
narsaga e’tibor berishganda edi. Farzandingizning tug`ilgan kuniga turli kiyim- kechak, o`yinchoq emas,
kitob sovg`a qilib ko`rganmisiz? Keling, biror marta shunday qilib ko`ring.
Badiiy asar insonni katta
hayotga tayyorllaydi. Oq-qorani ajratishni, qoqilmay yashashni o`rgatadi. Dunyoqarashi, fikrlash
qobiliyati, madaniyati, ma’naviyati shakllanadi. Farzandingizga kitob sovg`a qiling.
Ana shunda siz
chinakam Qahramon bo`lsiz chunki bolangiz bo`sh qolib, zararli o`yinlar emas, kitob o`qish bilan vaqtini
o`tkazadi.Biz esa hech ikkilanmay” Boburning onasi emas, farzandiga kitob olib bergan ona qahramon”
deymiz. Ma’navyatli ota –onalar , insonlar farzandlari kelajakda yetuk, komil tafakkuri keng , vatanparvar
ruhida tarbiyalanishlarini istasalar, kitob sovg’a qilishlarini tavsiya etardim . Nafaqat yosh avlodga
kattalar , keksalar uchun ham kitobning roli beqiyosdir. Kitob o’qigan insonning ma’naviy boyligi keng
, fikrlash doirasi ,dunyoqarashini o’zgartiradi, uning olamiga kirib ijobiy fikrga ega bo’ladi. Insonlar ikki
xil ijobiy va salbiy. Salbiy xulqi yomon insonlar bilan gaplashganingizda ham undagi yaxshi xislatlarni
ko’rasiz. Kitob ham shunday undagi yaxshi xislatlarni olgingiz keladi.Kitob bamisoli hayot, uni o’qisangiz,
unga bolgan qiziqishingizni oshiradi, zero u kuch qudrat manbayidir unga tashna qalblar ko’payadi undan
ruhiy poklik mujassam . Lekin hozirgi jamiyatda kitob o’qish o’zining madaniy ilmiy o’rnini
yo’qotmoqda.kitob o’qish axborot olish manbaasiga aylanib qolmoqda.
Kitob o’qisangiz, shuncha oz bilim bilganingizni sezasiz ,uni mukammal bo’lishni istaysiz , intilasiz
kitob o’qigan inson ma’nan, qalban boy insondir. Shaxsning ma’naviy shakillanishi doimo kitob orqali
amalga oshiriladi. Kitob faqatgina axborot manbayi bo’libgina qolmay, u qalb dunyosi bo’lib ,kitob orqali
olam va odam bilan muloqot qilish mumkin.
Buni hozirgi kunda o’quvchilar uchun foydalanilayotgan darsliklar va o’quv metodik qo’llanmalar
bilan jahon adabyoti va badiiy adabiyotlarni uzviy bog’liqligini tushuntirish dolzarb muammo bo’lib
kelmoqda. Darskilarda chiqayotgan manbaalarini shu fan o’qituvchisi va o’vuchilaridan boshqa kech kim
o’qimaydi. Jahon adabiyotlari va badiiy adabyotlarni fanlarga qiyoslab solishtirib kitobini taqdimot qilsalar,
kitoblarga bo’lgan mehr yanada oshadi. Bunga misol qilib jahon adabiyotiga yuzlansak (7- sinf darsligidagi
Ernest Seton-Tomsonni bosib o’tgan yillarini va u o’zi sevib o’qimoqchi bo’lgan kitobini qay yo’l bilan
bo’lsa ham qo’lga kiritish
maqsadida mehnat qiladi, intiladi, izlanadi, bularni darliklarga bog’lasak
Texnalogiya fani, Boilogiya faniga Iqtisod bilim asoslari faniga bog’lash mumkin.
O’zek adabyotining buyuk nomoyondasi Said Ahmadning “UfQ” romanidagi parcha ya’ni
“Tursunboyning boshdan kechiran qiyinchiliklaridan qiynalib ketib o’zgarsa-da uning ko’zlari
o’zgarmaydi” shuni Zoolologiya fanida aytib bolarani qiziqtirsa ,yoki bo’lmasa O’tkir Hoshimovning “Ikki
eshik orasi asarida “shinni oqizib uning lavlagilari kalladay –kalladay bo’lgani ”Biologiya fanida aytib o’tsa
va hokazo…
17
Hozirgi kundagi darsliklarda va bolalar adabiyotlarida yosh bolarga xos she’rlar, hikoyalar, ertaklar
bolalar shoirlarining bola tilidan yozilgan haqchil asarlari kam uchramoqda. Biz sevib o’qigan Anvar
Obidjon , Po’lat Mo’min, Xudoyberdi To’xtaboyevning bolalarga xos haqqoniy asarlaridan foydalanilsa va
undagi rangli suratlarning kamligi ustida ishlansa, jajji kitobxonlarni fikrlashlari , tasavvur olami kengayib
boradi. Darsliklardan foydalanuvchi fan o’qituvchilari badiiy adabiyotlar bilan dars davomida yoshlarga
o’rgatsalar , hayotiy tarzda ma’lumot berib borsalar ishonarli dalil sifatida esda qolish ijobiy bo’lar edi.
O’quvchilar bunday to’liq ma’lumot olish maqsadida
maktab kutubxonalaridan , Axborot -resurs
markazlaridan, internet tarmoqlaridan izlanib, foydalanishadi va kitobxon qatnovlar soni yanada ko’payadi.
Fan o’qituvchilarning taqdimotiga asosan kitobxonda kitob mutolaasiga bo’lgan mehri yanada oshadi. Fan
o’qituvchilarinig yillik ish rejalariga mavzulariga qo’shimcha reja asosida kiritilsa, maqsadga muovfiq
bo’lar edi.
Kitobxonlikka talab kuchli bo’lsa-yu kutubxonalar talabiga javob bermansa- chi? Aytishadi-ku!
“Bejirim kiyim ichida qanchalik xunuk inson bo’lmasin , unga odamlar baribir qaramaydi. Yoki aksi- juldur
kiyim ichida qanchalik go’zal inson bo’lmasin odamlar qiyo boqmaydi”. Bu bilan tashqi ko’rinish ham
alohida ahamiyat kasb etadi. Bu o’xshatishdan maqsad hozirgi kunda maktablardagi kutubxonalarning
holati va joylashuvidagi muammolar uchrab turibdi .
Kutubxonalarning kitob fondiga boy bo’la turib, uning joylashish tartibi noo’rin bo’lsa
foydalanuvchi kitobxon uchun noqulayliklarga olib keladi. Albatta bejizga “Kubxona Nurxona” deb
aytimagan . Kutubxonalar hozirgi kungi talab darajasida jihozlangan axborot
texnalogiyalari bilan
taminlangan bo’lsa ,zamon talabiga javob bersa ,bunday kutubxonalardan kelajak yosh avlod
,kitobxonlar ma’naviv bilim va ko’nikmalrga ega bo’ladi.
Xulosa o’rnida shuni aytish kerakki , kungil mulki hisoblangan kitobdan unumli foydalansak, uni
kundalik hamrohimizga aylantirsak , jamiyatda , oilada kitobsevarlar safini kengaytirsak, oramizda hayotga
muhabbat ko’zi bilan qarydigan, yaxshi -yomonni farqlay oladigan, Vatan uchun jonini fidi qilishga tayyor
Vatanparvar, insonparvar , ma’navyatli,marifatli bir so’z bilan aytganda komil insonlar safi yanada
kengayadi.
Zero,biz duyodagi dong’i ketgan Alisher Navoiy , Zahiriddin Muhammad Bobur , Amir Temur Al-
Farg’oniy , Ibn Sino kabi buyuk zotlarning avlodlarimiz. Ularga munosib voris bolish bizning burchimizdir.