22
bo‘yicha davlat buyurtmalarini ishlab chiqish bo‘yicha aniq tizim asosida kompleks chora-tadbirlar amalga
oshirilmoqda.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 26 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi
ma’ruzasida quyidagilarni ta’kidlab o‘tdi: “Men hududlarga tashrif buyurganimda odamlar bilan ko‘proq
muloqot qilishga harakat qilaman. Hayron qolasiz, joylarda oddiy quruvchi, tarktorchi yoki mexanizator
yo‘q. Ishning ko‘zini biladigan yer tuzuvchi yoki suvchi topish amrimahol. Qani, kasb tarbiyasi? Qani,
mehnat bozorini o‘rganish? Afsuski, hech kim bu masala bilan jiddiy shug‘ullanmayapti”36 [1].
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy-ijtimoiy islohotlardan ko‘zda tutilgan bosh maqsad
– inson manfaatlari ekanligini bugun xalqimiz va jahon jamoatchiligi yana bir bor e’tirof etdi.
Bu esa mehnat resurslarining oqilona bandligini ta’minlashni, ishsizlikni kamaytirishni taqozo etadi.
Ularni ijobiy hal qilish aholi turmush darajasini oshirishga olib keladi.
Hozir mamlakat mehnat resurslarining ish bilan band bo‘lmagan qismi ko‘rsatkichi asta-sekin o‘sib
borish an’anasiga – tendensiyasiga ega. Bunday holat sanoat mehnatining tor doirada qo‘llanilishi, yangi
ish joylarini yaratishga yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmining yetarli emasligi, mehnat resurslari sonining
ish joylari miqdoriga nisbatan tezroq o‘sishi, ishchi kuchiga talab va taklif o‘rtasida
mutanosiblikning
mavjud emasligi, mahalliy kadrlar malakasi va raqobat qobiliyatining pastligi va ularning ish axtarish
harakatlarining sustligi bilan asoslanadi.
Bundan tashqari, mehnat resurslarining oqilona bandligini
ta’minlashga yangi yerlar o‘zlashtirilishining kamayishi, intensiv texnologiya
va kam mehnat talab
qiladigan texnikaning yuqori unumsiz qo‘llanilishi, xo‘jalik yuritish, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil
qilishning yangi bozor usullaridan samarasiz foydalanilishi, kichik va xususiy tadbirkorlik rivojlanishining
past darajasi, ish bilan band bo‘lganlar moddiy manfaatdorligining pasayishi va inflyatsiya jarayonlari kabi
omillar salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Holbuki, sanab o‘tilgan omillar - bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrining
muqarrar belgilaridir.
Aholining ish bilan oqilona bandligini ta’minlash va ishsizlikni kamaytirishning samarali
mexanizmlaridan biri mehnat bozorini maqsadga muvofiq shakllantirish va rivojlantirish hamda uni
tartibga solish hisoblanadi. Bu, ishchi kuchiga talab va taklif o‘rtasidagi uzviy aloqalar va ziddiyatlarni,
ular hamkorligining samaradorlik
mezonlarini aniqlashga, qishloq mehnatkashlari kasb malakasini
oshirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilashga hamda jonli mehnat resurslarini «ortiqcha» va ish joylari
«taqchil» sharoitlarda ishchi kuchiga talab va taklifni makroiqtisodiy tartibga solishga,
pirovardida
iqtisodiy, ijtimoiy va tashkiliy tadbirlarni maqsadga muvofiq ravishda ishlab chiqishga samarali imkon
beradi.
Adabiyotlar:
1.
Sh.M.Mirziyoyev. Bilimli avlod – buyuk kelajakning, tadbirkor xalq – farovon hayotning,
do‘stona hamkorlik esa taraqqiyotning kafolatidir. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul
qilinganining 26 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi. Xalq so‘zi. 9.12.2018 y.
2.
Abdurahmonov Q.X., Murtazoyev B. “Mehnat bozori” o‘quv qo‘llanma. T: TDIU. 2016
yil.
3.
Буланова Б.С. Волгина Н.А. «Рынок труда». Москва. Экзамен. 2017 г.