INTEGRATSIYALASH – BOSHLANG’ICH TA’LIM SAMARADORLIK OMILI




Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/170
Sana24.11.2023
Hajmi4,42 Mb.
#104996
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   170
Bog'liq
12827 1 08483D29A1B1ECFE14652BC1F8AE0AB7548A1DDF

INTEGRATSIYALASH – BOSHLANG’ICH TA’LIM SAMARADORLIK OMILI 
SIFATIDA 
Temirova Ma’mura Norboyevna, Berdiyeva Gulbahor Muhammadovna 
Navoiy shahridagi 14- maktabning Tasviriy san'at va chizmachilik fani o'qituvchisi
 
Ta’lim amaliyoti ko‘rsatishicha, maktab ta’limida fanlararo aloqadorlikni yo‘lga qo‘yish fan va 
jamiyat hayotida bugungi kunda sodir bo‘layotgan integratsion jarayonlarning yorqin ifodasidir. Ushbu 
aloqadorlik o‘quvchilarning bilimlarni ongli o‘zlashtirishi, dunyo haqidagi yaxlit tasavvurlarini 
rivojlantirish amaliy va ilmiy-metodik tayyorgarligini oshirishda muhim o‘rinni egallaydi. Bunday 
tayyorgarlik umumiy o‘rta ta’lim bitiruvchilarini darsda va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda, ishlab 
chiqarishda va umuman har qanday faoliyatda o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarini erkin qo‘llash 
imkoniyatini beradi. 
Zamonaviy intelektual insonni tarbiyalashda integrativ ta’limning barcha jixatlari (aqliy, axloqiy, 
iqtisodiy, mehnat, estetik, gigiyenik, huquqiy, jismoniy tarbiya)ni qamrab oladi va ularning o‘zaro 
bog‘liqligini ta’minlaydi. 
Integratsiyalashgan mashg’ulotlarda didaktik va psixologik talablarni hisobga olgan holda muayyan 
o’quv predmeti doirasida maxsus tashkil etilgan individual hamda alohida guruhlarda jamoa bo’lib, olib 
boriladigan ishlar orqali hamda turlicha murakkablik darajasida bo’lgan topshiriqlarning har tomonlama 
o’ylab ishlab chiqilgan tizimi har bir mavzuning o’zlashtirilishi muayyan pedagogik shart- sharoitlarni talab 
qiladi. Bunday sharoitda ta`lim rivojlanishi nisbatan ilgarilab boradi. O’quvchi odatda mustaqil 
bajariladigan topshiriqni kichik guruhda o’zaro yordam, hamfikrlik natijasida tez bajaradi. Kichik guruh 
uchun murakkablik qiladigan mashq va masalalarni o’quvchilar jamoa bo’lib, oson va sifatli bajarishlari 
mumkin. Savol va topshiriqlarni tabaqalashganlik darajasidan kelib chiqqan holda hamda bir mavzu 
bo’yicha belgilab beriladigan topshiriqlar ularning sifati, har bir o’quvchining o’zligini namoyon qilishini 
talab qiladi. Shu bilan birga bunday topshiriqlarni bajarish jarayonida o’quvchi o’z rivojlanishi va bilim 
sifatining darajasi va individual hatti-harakatlarini ham belgilab oladi. Ta`lim mazmunini tanlashda har bir 
o’quvchining o’ziga xos imkoniyat va qobiliyat darajasi, 


36 
alohida hisobga olinishi kerak. Har bir bolani uzluksiz rivojlanish tamoyili o’quv materiallarini 
integratsiyalashni, integratsiyalashgan o’quv materiallarini qamrab olgan darsliklar yaratishni taqozo 
qiladi. Taqdim etiladigan bilimlarning mustahkamligi, o’quvchining umumiy rivojlantirish darajasi o’quv 
materialining tarkibiga (turli ranglar, ramzlar, ularning ma`nosi, hajmi bilan tanishtirilishiga) bog`liq 
bo`ladi. Buning natijasida o’quvchida kuzatuvchanlik faoliyati tarkib topadi. Chunki kuzatuvchanlik shaxs 
faoliyatining asosiy yo’nalishini tashkil qiladi. Bu esa, o’z navbatida fikrlash faoliyatini rivojlantiradi. 
Boshlang‘ich maktabda integratsiyani amalga oshiruvchi bo‘g‘in vazifasini o‘qituvchining o‘zi 
amalga oshiradi. O‘quv fanlariaro aloqadorlikni ta’minlash bo‘yicha o‘qituvchilar tajribalarini 
umumlashtirib, fanlararo aloqadorlikda tashkil etiladigan darslarni uch guruhga bo‘lish mumkin: 
Ko‘rgazmalilik asosida tashkil etiladigan darsda o‘rganilayotgan mavzu yuzasidan alohida 
topshiriqlarni bajarish uchun qo‘llaniladigan o‘quv fanlariaro aloqador elementlarning turli jadval va 
modellarda ifodalanganligi asosida. Chunonchi, boshlang‘ich sinflarda ona tili, o‘qish yoki tasviriy san’at 
darslarida mazmunan o‘xshash bo‘lgan “Qish”, “Bahor” kabi mavzularni o‘rganish bo‘yicha. 
Mavzularning bir-biriga o‘xshashligi: o‘quv jarayonining uzviy tarkibiy qismida o‘quv fanlariaro 
aloqadorlikdan foydalanish asosida darsning samaradorligini oshirish. 
Umumlashtirish-o‘quv fanlarining umumiy qonuniyatlari va tamoyillarini mukammal o‘rgatish 
maqsadida turli o‘quv fanlari bo‘yicha maxsus tashkil etiladigan takrorlash- umumlashtirish darslarida 
o‘quvchilarning egallagan bilimlarini takrorlashga imkon yaratish. 
Agarda, dars jarayonida quyidagi didaktik shartlarga amal qilinsa, o‘qitishga mujassam 
yondashishda samaradorlikka erishiladi: 
O‘rganilayotgan o‘quv fanlari bo‘yicha mavzularni mazmunan uyg‘unlashtirish orqali o‘quv 
rejalariga fanlararo aloqadorlik asosida tashkil topgan dars soatlarini kiritish; o‘quv fanlariaro aloqadorlik 
asosida tashkil etilgan darslarning ta’lim sifatini ta’minlash va uning tarbiyaviy jihatlarini 
kuchaytirish;darslarda mazmunan bir-biriga yaqin yoki aralash o‘quv fanlari tarkibidagi tushunchalar 
yordamida o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashi hamda muayyan ko‘nikma va malakalarini shakllantirish; 
O‘quv fanlariaro aloqadorlikni ta’minlashda o‘quvchilar idrok etish faoliyatlarini jadallashtirishning 
turli vositalaridan unumli foydalanish. Chunonchi, aralash o‘quv kurslari bo‘yicha, muammolilik, 
ko‘rgazmalilik, mustaqil ishlar, individual topshiriqlar tashkil etish yordamida bunday maqsadga erishish 
mumkin. 
Ulug’ didaktik Yang Amos Kamenskiy fikricha: “Bir-biri bilan bog’liq bo’lgan hamma narsa huddi 
shunday holda o’rganilishi kerak”. 
Fanlararo bog’liqlik g’oyasiga keyinchalik juda ko’p pedagoglar yondashib uni rivojlanishi va 
umumlashtirilishiga hissa qo’shdilar. Jumladan D.Lohk g’oyasiga ko’ra: “ Ta’lim mavzuning aniqlanishida 
bir fan boshqa fanlar elementlari bilan va faktlari bilan to’ldirilishi kerak”. 
I.V.Pestalossi o’zining didaktik maqolasida shunday deydi. “Bir-biri bilan bog’liq fanlarni onginga 
keltir, ularni tabiatdagi uzviy bog’liqlik holatida ekanini angla”-deydi. Pestalossi bir fanning boshqa bir 
fandan uzoqlashuvi hatto havfliligini ta’kidlaydi. 
D.Uskenskiy shunday deydi: “Har qanday fan tomonidan xabar qilinayotgan bilim va g’oya dunyo 
va hayotga keng nigoh va yorituvchan holatda berilishi lozim”. 
Bir turdagi qism yoki elementlar mavjudligi va ularning bir maqsadga tabiiy bo’ysundirish imkoni 
va bir qator o’quv fanlari uslubidagi yaqinlik integratsiya atamasini aniqlashga asos beradi, ya’ni o’qitish 
tarbiya qilish va o’quvchilarni ma’lum o’quv fanlarini o’zlashtirish uyg’unlashtirish usullari haqidagi fan. 
Integratsiyani uslubiy hodisa sifatida tahlil qilib bergan I.Kolojvari va L.Pechnikova takidlashicha: 
“Integratsiyaning kelajagi porloq”. Bu usul natijasida o’quvchilar ongida olamning faol va ko’p tomonli 
tasviri shakllanadi. O’quvchilar olgan bilimlarini amalda faol foydalanishligi boshlanadi. Chunki bilimlari 
osonroq amaliyotga xos xususiyatlarini aniqlaydi, yangicha fikrlay boshlaydi, fanni tez o’zlashtiradi, uning 
boshqa fanlarga bo’lgan munosabatini ravshanlashtiradi. 
O’qituvchi qachon va qanaqa fanlarni integratsiyalash mumkin yoki integralash shartlarini bilish 
muhim ahamiyatga ega. 
E.Smirnova fikricha: “Birinchi sinfda quyidagi fanlarni integrarlash mumkin: o’qish, yozuv, tasviriy 
san’at va mehnat”. Faqat o’qish va faqat yozuv bolani juda charchatadi va unda salbiy tuyg’ularni uyg’atadi. 
1-sinf o’quvchisida birinchi darslardayoq o’qishga bo’lgan istak yo’q bo’lmasligi kerak. Uning ko’zlaridagi 
uchqun o’chmasligi kerak. Yuqorida aytib o’tilgan fanlarni tartiblashda o’quvchining o’rganish 
jarayonnini, qiziqishini ushlab turish, faollashtirishga e’tibor beriladi. 
Bir xil sinflarda turli fanlardan dars beruvchi o‘qituvchilarning bir-birlarining darslariga qatnashib 
turishlari hamda o‘quvchilarning bilim va malakalariga qanday talablar qo‘yilishi lozimligini kelishib 


37 
olishlari predmetlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanishni aniqlashda muhim vosita hisoblanadi. O‘quvchilar 
o`qish darslarida olgan bilim va malakalaridan boshqa fanlarni o‘rganishda qanday 
foydalanayotganliklarini va bunda qanday qiyinchiliklarga duch kelayotganliklarini muntazam ravishda 
kuzatib borish ham muhim ahamiyatga egadir. 
Xulosa qilib aytganda, o`qish fanini o’qitishda fanlararo aloqadorlik tamoyiliga erishish ta’lim 
samaradorligini oshiribgina qolmasdan, uni yanada takomillashtirishda asosiy omillardan biri bo’lib xizmat 
qiladi. 

Download 4,42 Mb.
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   170




Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



INTEGRATSIYALASH – BOSHLANG’ICH TA’LIM SAMARADORLIK OMILI

Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish