|
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONSBog'liq 180-182JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
http://www.newjournal.org/
Volume–54 _ Issue-4 _ Iyun-2024
179
konferentsiya, malumotlar izlash xizmati kabilar kiradi. Kompyuter va internet termin
tizimi ochiq va samarali tizim hisoblangani uni tadqiq etishning ko‘lamini kengayishiga
sabab bo‘ladi. Maʼlumki, har qanday terminologik tizim doimiy ravishda yangi
terminlar bilan to‘ldirilib boriladi, mavjud terminlar esa semantik, grafik va grammatik
o‘zgarishlarga uchrayveradi. Kompyuter va internet terminlari bundan holi emas.
Internet bir-biri bilan bog‘langan kompyuterlarning yagona butunjahon tarmog‘i
hisoblanadi.
Internetning
ikkita asosiy funktsiyasi mavjud bo‘lib,
ular
quyidagilar:
1
1) informatsion funksiya;
2) kommunikatsion funksiya.
Biz kompyuter va internet terminlarini biz umumsohaviy yaʼni, umumadabiy
bo‘lgan terminlar qatoriga kiritish tarafdorimiz. Terminga qo‘yiladigan talablarni
terminning shakliga qo‘yiladigan talablar guruhi, uning mazmuniga qo‘yiladigan
talablar va termindan foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlari bilan asoslangan spetsifik
talablarga bo‘lish mumkin.
Bundan kelib chiqib o‘z mavzu doiramizda tahmin qilishimiz mumkinki,
terminlarni meʼyorga solish tartibga solingan terminologiya – termin tizimi mos kelishi
lozim bo‘lgan talablar asosida o‘tkaziladi. Kuzatishlarimiz stol kompyuteri tizimi,
taqsimlangan dasturiy vositalar, axborot, tarmoq maʼmuri, axborotlashtirish, axborot
vositalari, xatolarni aniqlovchi dasturiy vositalar, axborot egasi, axborot tizimlari
mulkdori kabi kompyuter va internet terminlari bir-birini taqozo etuvchi uzviy
bog‘lanishdagi jarayonlarni anglatuvchi tushunchalar sifatida namoyon bo‘lishini
ko‘rsatdi. Аxborot texnologiyalarining takomillashib borishi hamda tarmoqlari sonining
ortib borishi milliy adabiy tilda yangidan-yangi sohaviy nomlarining paydo bo‘lishi
mazkur tilda terminlarning ko‘payishiga olib kelmoqda. Bu o‘z o‘rnida o‘zbek milliy til
tizimini sohaviy terminlar orqali boyishiga ijobiy taʼsir o‘tkazmoqda. Lekin masalaning
ikkinchi tomoni bor.
2
Har doim ham ushbu soha terminlarining o‘zbekcha yasamalarni
sifat jihatdan muvofaqiyatli yaratilgan deb bo‘lmaydi. Masalan, D. Kadirbekova axborot
texnologiya sohasidagi terimnlarining o‘zbekcha yasamalarni sifat jihatdan
muvofaqiyatli yaratilgan deb bo‘lmaydi deb hisoblaydi.
Kompyuter va internet terminlarida bu holat kuzatiladi: information service -
axborot xizmati yoki axborot servis (gibrid shaklida), information war - axborot jangi,
machine word - mashina-so‘z (gibrid), computer aided translation - kompyutertarjima,
mashina-tarjima (gibrid), protection manegment - muhofaza boshqaruvi, hang - uzilishli
uzatish, developer - yaratuvchi, Lampel-Ziv coding - Lempl-Ziv kodi deb berilishini
tavsiya etish mumkin. Ushbu variantlarda ixchamlik (qisqalik), aniqlik va bir maʼnolilik
kabi xususiyatlar mavjud bo‘lib, ular terminlarga qo‘yiladigan talablar to‘la mos keladi.
1
Аҳматуллаев Ш.Ўзбек тили омонимларининг изоҳли луғати – Т., 1984.
2
Абдиев С. Ўзбек тилининг соҳавий лексикасини тадқиқ этиш: Филол. фан. номз. … дисс. – Тошкент, 2003.
|
| |