|
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONSBog'liq 180-182JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
http://www.newjournal.org/
Volume–54 _ Issue-4 _ Iyun-2024
180
Kompyuter va internet terminlarining o‘zbekcha yasalmalari lingvistik nuqtai
nazardan o‘rganilmaganligi sababli, albatta ayrim xato va kamchiliklardan xoli, deb
bo‘lmaydi. Shundan kelib chiqqan holda, kompyuter va internet terminlarini o‘rganish
borasida ilmiy-tadqiqot ishlarini davom ettirish, mazkur soha bo‘yicha terminologik
lug‘atlar va ilmiy adabiyotlar yaratish dolzarbligicha qolmoqda. Zamonaviy kompyuter
va internet terminologiyasining shakllanishidagi ekstralingvitik omillardan biri – fan-
texnika sohasida ixtiro qilingan yangi kashfiyotlar asosan XX asr boshlarida
radioelektronika sohasida yuzaga kelgan bo‘lib, aloqa tizimiga bevosita bog‘liq bo‘lgan
radioelektronika sohasida mikroelektornikaning rivojlanishi mikroelektron industriyani
vujudga kelishini taʼminladi. Bu jarayon milliy til tizimiga yangidan yangi
tushunchalarni kirib kelishiga sabab bo‘ldi.
Zamonaviy ilm-fan – har qanday davlatning bugungi kuni va kelajagini
belgilaydigan muhim omildir. O‘zbekiston zamini azaldan insoniyat tamadduniga
beqiyos hissa qo‘shgan, dunyo ilm-fani va madaniyati taraqqiyoti yo‘nalishini muayyan
darajada belgilab bergan ulug‘ allomalari, buyuk mutafakkirlari bilan shuhrat
qozongan.
3
Hozirda ham O‘zbekiston olimlari buyuk ajdodlari anʼanalarini munosib
davom ettirib, mustaqil yurtimizning ilm olamidagi taraqqiyoti yo‘lida keng ko‘lamli
ilmiy izlanishlar olib bormoqda va mamlakatimiz ilm-fanini yanada rivojlantirish uchun
mustahkam poydevor yaratmoqda va bu, hech shubhasiz, olamshumul yutuqlarga
erishishga xizmat qiladi.
Davrning o‘zi ham olimlarimiz oldiga yangidan-yangi vazifalar qo‘ymoqda.
O‘zbekiston ilm-fanining muvaffaqiyati olimlarimizning ushbu vazifalarni samarali hal
etishi, taraqqiyotning yangi yo‘li va shakllarini taklif etishiga bog‘liq.
1991 yilda O‘zbekistonimizning o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritishi butun xalqimiz,
jumladan, mamlakatimiz ilmiy va ijodiy jamoatchiligi uchun ham ulkan tarixiy voqea
bo‘ldi. Ilm-fan rivojida mutlaqo yangi davrni boshlab berdi va xolis ilmiy tadqiqotlar
o‘tkazish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar eshigini ochdi. Xususan, o‘zbek tilimizga
davlat tili maqomining berilishi bilano‘zbek tilshunosligi taraqqiyotida ham bunday
salmoqli o‘zgarishlar o‘z aksini topdi.
Bilamizki, hozirgi kundagi kompyuter texnologiyalarining yuqori rivojlanishi va
ilmiy-texnik axborotning kengayishi munosabati bilan informatsion texnologiyalarning
amaliy ahamiyati oshib bormoqda. Bugungi kunda informatsion texnologiyalarga
bo‘lgan ehtiyoj tufayli o‘zbek tilshunosligida mazkur sohalar terminlari sistemasini
lingvistik tadqiqqilish, shu sohada to‘xtovsiz yangi lug‘atlar tuzish kabi muammolar o‘z
yechimini kutmoqda.Informatsion texnologiyalar tili o‘ziga xos xususiyatlarga ega
bo‘lib, unda ishlatilayotgan terminlar, qisqartmalar xalqning moddiy va maʼnaviy hayoti
bilan aloqadordir. Xususan, o‘zbek tili axborot– kommunikatsiya terminlarining turli
jihatlarini tadqiq qilish, ularni mavzuiy guruhlarga tasniflash, terminologiyaning boyish
3
Акобиров С. Тил ва терминология. – Т., Ўзбекистон КП МКнинг бирлашган нашриёти, 1968. – 39 б.
|
| |