JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS




Download 422,49 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana08.08.2024
Hajmi422,49 Kb.
#269235
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
180-182

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS 
http://www.newjournal.org/ 

Volume–54 _ Issue-4 _ Iyun-2024 
181 
manbalarini aniqlash va terminlarni tartibga solish dolzarb ahamiyat kasb etadi. 
Muhtaram birinchi prezidentimiz I.Karimov «Yuksak maʼnaviyat – yengilmas 
kuch» asarida taʼkidlaganidek: «Biz ajdodlardan avlodlarga o‘tib kelayotgan bebaho 
boylikning vorislari sifatida ona tilimizni asrab-avaylashimiz, uni boyitish, nufuzini 
yanada oshirish ustida doimiy izlanishimiz zarur. Аyniqsa, fundamental fanlar, 
zamonaviy kommunikatsiya va axborot texnologiyalari, bankmoliya tizimi kabi o‘ta 
muhim sohalarda ona tilimizning qo‘llanilish doirasini kengaytirish, etimologik va 
qiyosiy lug‘atlar nashr etish, zarur atama va iboralar, tushuncha va kategoriyalarni ishlab 
chiqish, bir so‘z bilan aytganda, o‘zbek tilini ilmiy asosda har tomonlama rivojlantirish 
milliy o‘zlikni, Vatan tuyg‘usini anglashdek ezgu maqsadlarga xizmat qilishi 
shubhasiz».
4
Ushbu teran mazmunli, chuqur mantiqli fikrlar tilshunoslikka, xususan, 
o‘zbek 
tili 
axborotkommunikatsiya 
terminologiyasiga 
bevositaaloqadordir. 
Tilshunoslikda bugungi kunda yaratilayotgan qator tadqiqotlar, izlanishlar aynan shu 
talablardan kelib chiqadi. 
Haqiqatan, O‘zbekiston hayotida sodir bo‘layotgan ulkan o‘zgarishlar ona 
tilimizda o‘z lisoniy ifodasini topmoqda. Jumladan, axborot-kommunikatsiya 
sohasining yuksak darajada rivojlanishi va ilmiy-texnik axborotning kengayishi 
munosabati bilan o‘zbek tilida axborot-kommunikatsiya terminologiyasi shakllandi. 
Bugungi kunda ushbu terminologiyani har tomonlama tadqiq qilish dolzarb muammo 
hisoblanadi. Mazkur terminologik sistemaga mansub birliklarning o‘rtasidagi semantik 
munosabatlar, terminlarning semantik-struktur xususiyatlarini aniqlash, terminlarni 
tartibga solish muammolarini maxsus o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu 
tilshunoslar uchun ham, axborot-kommunikatsiya-aloqa soha vakillari uchun ham 
birdekahamiyatlidir.
Terminlar til lug‘at boyligining zamonaviy qatlamiga xos, vazifasi va isteʼmoliga 
ko‘ra ilmiy-texnik uslub tili va nutqiga xos so‘zlar hamda so‘z birikmalari bo‘lib, 
avvalo, nominativlik xususiyati bilan ajralib turadi. Maʼlumki, tilning lug‘at boyligi 
doim o‘zgarishda. Zamonga nisbatan ijtimoiy tuzum, fan, texnika va madaniyatning 
o‘sib, rivojlanib borishi leksikada aks etganidek, sohalar va ularning 
terminologiyasining o‘zgarib turishida ham o‘z ifodasini topadi: terminlar ham eskirishi 
va yangilanishi, o‘zaro sinonim va variantli bo‘lishi, terminlararo omonimiya va 
giponimiya munosabatlari mavjud bo‘lishi ham mumkin. Bu munosabatlar asosan matn, 
xususan, gap doirasida yaqqol namoyon bo‘ladi . 
Аxborot-kommunikatsiya sohasining yangiligi, lekin zamon nafasi bilan uyg‘un 
ravishda jadal rivojlanib borayotganini, soha terminologiyasini ham yuqori darajada 
ushlab turish uchun til boyligining imkoniyatlaridan foydalanish, boshqa xorijiy 
tillardan so‘zlarni o‘zicha qabul qilish, kalkalash yo‘li bilan o‘zlashtirish ishlari ham 
olib borilmoqda. Аxborotkommunikatsiya sohasi terminologiyasini yo‘lga qo‘yish bilan 
4
Аҳатова М. Ўзбек тили ёғочсозлик терминологияси. Филол. фанлари номзоди … дисс. автореф. – Т., 2004. 



Download 422,49 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 422,49 Kb.
Pdf ko'rish