Zarafshon shahar 12-maktab boshlang’ich sinf o’qituvchisi Ruziyeva Zebiniso Tursunmuratovna. Mavzu: Boshlang’ich sinflarda o’quvchilarni kompetensiyalarga erishishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar o’rni va ahamiyati




Download 46.32 Kb.
bet3/4
Sana04.04.2017
Hajmi46.32 Kb.
#2968
1   2   3   4
O’ttiz beshta?

Sakkizta

Nechta?

Bitta

Ona tili fanidan o’zlashtirish natijalari.

O’qish fanidan adabiy-nutqiy kompetensiyalarni egallashida , o’quvchilarning ifodali o’qish, mazmunini tushunib o’qish, yoddan ifodali o’qish kabi ko’nikma , malakalarini shakllantirib borishda , ularning mustaqil, ijodiy fikrlashni rivojlantirishda, vatanparvarlik va milliy g’ururni shakllantirish, umuminsoniy qadryatlar ruhida tarbiyalashda ilg’or padagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanish juda o’rinlidir.

O’qituvchi darsda boshqaruvchi, o’quvchilar esa ishtirokchiga aylanmog’i zarur.Boshlang’ich sinflarda o’quvchilarni yoshi va bilim saviyasini hisobga olib, oddiy,oson va vaqt kam sarflanadigan o’yin mashqlardan foydalanish yaxshi samara beradi.

O’qish va boshqa fanlarda ilg’or pedagogik texnologiyalar o’z ichiga bir qancha metod, didaktik o’yinlar va mashqlarni qamrab oladi. Bular: suhbat, og’zaki bayon, tarmoqlash, muammoli izlanish, munozara, kichik guruhlarda ishlash, “Aqliy hujum”, “Venn diagrammasi”, “Sinkveyn”, “Zig-zag”, “T-chizmasi”, “Birgalikda o’qish”, “BBB”, “Kalit so’z”, “Topib o’qi”, “Sonlar tilsimi”, “Chala xat”, “Qarsak”, mashqlari, rebus va boshqotirmalar. Ulardan samarali foydalanish o’quvchilarning mantiqiy fikrlash va hozirjavobligini o’stirib, ta’lim olish sifati va bilim samaradorligini oshiradi.

“T-chizma” usulida o’quvchilarni munozaraga chorlaydi. Javoblar bir-biriga zid yoki taqqoslab yoziladi. Masalan qish fasli haqidagi matn o’qilgandan so’ng ,T-chizmasini chizib qishning afzalliklari va salbiy tonomlarini ko’rsatib beradi.



Oppoq qor yog’adi. Havo juda sovuq bo’ladi.

Tabiat dam oladi. Yo’llar sirpanchiq bo’ladi.

O’qish fanidan o’zlashtirish natijalari.

Boshlang’ich maktabda matematika ta’limi o’quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirishga, o’z fikrlarini mustaqil bayon qila olish, egallagan bilimlarini ijtimoiy faoliyatlarida qo’llash hamda ta’limda belgilangan kompetinsiyalarga erishishda darslarga tayyorgarlik va to’g’ri tashkil etish nuhim ahamiyat kasb etadi.Dars jarayonida ilg’or pedagogik va axborot-kommunikasiya texnologiyali multimedia ilovalaridan foydalanish o’quvchilarning og’zaki va yozma matematik nutqi, tafakkuri, diqqati, xotirasi hamda matematik tushunchalarini boyitadi.

Interfaol metodlarni ta’limda ko’zlangan maqsadga to’g’ri tanlash darsning qiziqarli o’tishi va samaradorligiga yordam beradi. Matematika fanida “3x4”, “4x5”, “6x6” metodlari kichik guruhlarda ishlashga mo’ljallangan. “Tarmoqlash”, “Blits-so’rov”, “Tushunchalar tahlili”, “Zig-zag” metodlari bilan birga “Davom ettir”, “Tez javob”, “Antiqa rassom”, “Mosllashtiruv”, “Kim chaqqon” “Mohir quruvchi”, “Tangram” kabi didaktik o’yinlar bolalarning aqliy faoliyatiga tezroq kirishishlariga va qiziqishlarinioshirishga sabab bo’ladi.





Download 46.32 Kb.
1   2   3   4




Download 46.32 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Zarafshon shahar 12-maktab boshlang’ich sinf o’qituvchisi Ruziyeva Zebiniso Tursunmuratovna. Mavzu: Boshlang’ich sinflarda o’quvchilarni kompetensiyalarga erishishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar o’rni va ahamiyati

Download 46.32 Kb.