|
Zaxarli o'simliklar va hayvonlar bilan zaxarlanish kampirchopon
|
bet | 1/3 | Sana | 18.01.2024 | Hajmi | 2,6 Mb. | | #140557 |
Bog'liq ERNAZAROV ZARIF TAKSIKOLOGIYA FANI - TERMIZ MUHANDISLIK-TEXNOLOGIYA INSTITUTI 3-KURS HFX 21 BS GURUH TALABASI ERNAZAROV ZARIFNING UMUMIY TAKSIKOLOGIYA FANIDAN TAYYORLAGAN TAQDIMOTI
ZAXARLI O'SIMLIKLAR VA HAYVONLAR BILAN ZAXARLANISH Kampirchopon - Kampirchopon (Trichodesma inanum Bge) O’rta Osiyo, Qozog’iston va Shimoliy Eronda o’sadi. U govzabonguldoshlar oilasiga mansub ko’p yillik zaharli o’simlik. Ildizi baqquvat, poyasi biroz ko’tarilib yoki yoyilib o’sadi. Pastki qismi yog’ochlanib ketgan, tuk bilan qalin qoplangan. Keyinroq tuki to’kilib ketadi, tupining yuqori qismi juda sertuk, bo’yi 30 – 60 sm ga yetadi.
- Barglarining uzunligi 3 – 8 sm, eni 1, 3 – 2, 5 sm. Bandsiz, chetlari tekis, shakli tuxumsimon, cho’ziq nishtarsimon. Uchi o’tkir, oldi va orqa tomoni tuk bilan qoplangan. To’pguli ro’vak. Gulyonbargchalari tuk bilan qoplangan. Tojbarglarning diametri 2 – 2, 5 sm, gullash davrida naychasi oq, poyasi havorang bo’lib, keyinroq gul naychasi pushti rangga kiradi. Mevasi bir – biriga yopishgan 4 ta yong’oqchaga o’xshaydi, pishganda ajralib ketadi. Qattiq, kattaligi 6 – 7 mm.
BANGIDEVONA - O`simlikning xamma qismi zaxarli.
- Bangidevonaning bargi va mevasi ishlatiladi. Bargi o`simlik gullaganidan boshlab, to sovuq tushguniga qadar yig`iladi. Terib olingan bargini shamol kirib turadigan soya va quruq erda qurutiladi. Mevasi pishganda yig`ib olinadi. Yig`ib olingan mevani qurutib, yanchib, g`alvirdan o`tkazib urug`i ajratiladi.
- Bangidevona o`simligining xamma qismida alkaloidlar bor. Asosiy alkaloidlari giostsiamin, atropin va skopolamin xisoblanadi. Bulardan tashqari, bargida oz miqdorda efir moyi, karotin va oshlovchi moddalar bor.
MINGDEVONA BARGI – FOLIA HYOSCYAMI - O’simlikning nomi. Qora mingdevona - Hyoscyamus nigeg L.; ituzumdoshlar - Solanaceae oilasiga kiradi.
- Ikki yillik, sertuk, badbo’y o’t o’simlik. O’simlik birinchi yili faqat ildizoldi to’pbarglar hosil qiladi. Ildizoldi barglari bandli, cho’ziq- -tuxumsimon, chuqur patsimon bo’lakli bo’ladi. Ikkinchi yili poya o’sib chiqadi. Poyasi shoxlangan, bo’yi 50-150 sm ga etadi. Poyadagi barglari ildizoldi barglariga nisbatan yumaloqroq va maydaroq, umumiy ko’rinishi tuxumsimon, poyaning pastki qismidagilari 5-7 bo’lakli, o’rta qismidagilari 3 bo’lakli, yuqori qismidagilari esa 1-2 ta yirik tishsimon qirrali bo’lib, poyada bandsiz ketma-ket o’rnashgan.
|
| |