|
Endi esa Om qonunini tarmoqlarning har biriga qo’llaymiz
|
bet | 4/4 | Sana | 02.12.2023 | Hajmi | 194,42 Kb. | | #109639 |
Bog'liq Aktiv va reaktiv qarshiliklarni ketma ket va parallel ulash usullariEndi esa Om qonunini tarmoqlarning har biriga qo’llaymiz: I1 = U / R1; I2 = U / R2; I3 = U / R3; …, In = U / Rn. Tarmoqlardagi tok kuchi qiymatlarini va parallel tarmoqlanishdagi tok kuchi qiymatini (2) formulaga qo’yib, U / R = U / R1 + U / R2 + U / R3 + … + U / Rn tenglikni hosil qilamiz. Tenglikning o’ng va chap qismlarini U ga bo’lib, 1 / R = 1 / R1 + 1 / R2 + 1 / R3 + … + 1 / Rn munosabatni hosil qilamiz. Qarshilikka teskari bo’lgan kattalik o’tkazuvchanlik deb ataladi. Hosil qilingan formulani bunday o’qish kerak: parallel tarmoqlanishdagi o’tkazuvchanlik uning tarmoqlaridagi o’tkazuvchanliklarning yig’indisiga teng.
4. Voltmetrning qarshiligi qanday bo’lishi kerak? Voltmetr zanjirning ma’lum’qismidagi kuchlanishni o’lchash uchun mo’ljallangan. U zanjirning shu qismiga parallel ulanadi. Uning ulanishi zanjirdagi tok kuchini sezilarli o’zgartirmasligi kerak. Shuning uchun voltmetrning qarshiligi kata bo‘lishi kerak. Aks holda, undan o’tayotgan tok parallel tarmoqlanishdagi umumiy tok kuchini orttiradi.
Qarshiligi R bo‘lgan rezistor, induktivligi L bo‘lgan induktiv g‘altak va sig‘imi C bo‘lgan kodensatorni ketma-ket ulab, zanjir tuzaylik (3.19-rasm) va uning uchlariga u=Um cosωt o‘zgaruvchan kuchlanish beraylik. Iste’molchilar ketma-ket ulanganligi sababli ulardan o‘tuvchi tok kuchlari bir xil bo‘ladi. Bu tok kuchi i=I m cosωt (3–20) qonuniyat bo‘yicha o‘zgarsin. Umumiy kuchlanish esa iste’molchilardagi kuchlanishlar tushuvlari vektorlari yig‘indisiga teng: U = UR + UC + UL. (3–21) 60 R L
Bunda: U – zanjirdagi umumiy kuchlanish, UR– rezistordagi kuchlanish, UC – kondensatordagi kuchlanish va UL – g‘altakdagi kuchlanish. Ularning amplitudaviy qiymatlarini UR, UC va UL bilan belgilab, vektor diagramma tuzaylik.
Tok kuchi amplitudasini gorizontal o‘q bo‘ylab yo‘nalgan vektor ko‘rinishida olaylik (3.19-rasm). Aktiv qarshilikdagi kuchlanish tebranishlari fazasi tok kuchi tebranishlari fazasi bilan mos keladi. Kondensatordagi kuchlanish tebranishlari tok kuchi tebranishlaridan faza jihatidan p 2 ga orqada bo‘ladi. G‘altakda esa kuchlanish tebranishi tok kuchi tebranishidan p 2 ga oldinda bo‘ladi. Vektor diagrammada kondensatordagi kuchlanish UC= 1 C ·I max va g‘altakdagi kuchlanish UL= ωL·I max qarama-qarshi yo‘nalishda bo‘ladi. Natijaviy kuchlanish ULC = UL–UC bo‘ladi. Umumiy kuchlanish (U)ni topish uchun ULC vektorni UR vektorga qo‘shamiz. 3.20-rasmdan U2 = UR 2 +U2 LC. Bundan umumiy kuchlanishning maksimal qiymati ifodasi quyidagicha bo‘ladi:
Om qonuniga ko‘ra
Bundan:
Bu ifoda o‘zgaruvchan tokning to‘liq zanjiri uchun Om qonuni hisoblanadi.
ga ega bo‘lamiz. Bunda:
ifoda o‘zgaruvchan tok zanjirining to‘la qarshiligi deyiladi. Zanjirdagi tok tebranishlari va kuchlanish tebranishlari orasidagi faza farqini vektor diagrammadan foydalanib aniqlash mumkin:
IV.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Manba: Fizika 7-sinf o’quv qo’llanmasi
Ibn Sino nomidagi tibbiyot nashriyoti, 2002
Fizika 11-sinf qo’llanmasi
|
| |