|
Korxonalarning moliyaviy holatini tahlil etishda moliyaviy tahlilning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat bo’ladi
|
bet | 52/99 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 1,17 Mb. | | #116953 |
Bog'liq ¡çáåêèñòîí ðåñïóáëèêàñè äàâëàò ñîëè ¡ìèòàñè ñîëè àêàäåìèÿñè 2Korxonalarning moliyaviy holatini tahlil etishda moliyaviy tahlilning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat bo’ladi:
- korxonaning moliyaviy ahvolini har tomonlama o’rganib, uning holatiga aniq va holisona baho berish;
- mablag’ va manbalarning joylanishini tekshirish, ularni to’g’ri yo’nalishda ishlatilganligini aniqlash;
- hisoblashish ishlarining o’z muddatida bajarilganligi, debitor va kreditorlik qarzlari tarkibini o’rganish;
- korxonaning o’ziga qarashli mablag’lari bilan qarz mablag’lari o’rtasidagi nisbat va aylanma mablag’larni manba bilan ta’minlanganligini tekshirish;
- moliyaviy intizomga qanchalik amal qilishni aniqlash va to’lov qobiliyatiga baho berish;
- korxona mulkining kadrligi va tez pulga aylana olish darajasini o’rganish;
- aylanma mablag’lardan foydalanishga baho berish va korxonaning moliyaviy ahvolini yaxshilash bo’yicha takliflar bayon etish va h.k.
Tahlilning asosiy maqsadi - moliyaviy faoliyatdagi yutuq va kamchiliklarni aniqlab, mablag’lardan yanada to’g’ri foydalangan holda hisob-kitob tartibini mustahkamlashga qaratiladi. Demak, bu mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish, harajatlarni tejash, pul-moliya aloqalari va boshqa faoliyatlarning bir-biriga bog’liqligini ko’rsatadi. Moliyaviy tahlilni bajarishda zarur bo’ladigan manbalarga korxona balansi, unga qilingan ilovalar va boshqa hisobot ma’lumotlari kiradi. Shuningdek, buxgalteriyaning sintetik va analitik schetlari ma’lumotlaridan ham keng foydalanish lozim. Chunki keyingi yillarda tuziladigan hisobotlarning hajmi qisqarib, tahlil imkoniyatlarini chegaralashga olib kelmoqda.
Ayniqsa mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish, maxsus va maqsadli mablag’lar, zahira jamg’armasi, foyda va zararlar, turli xil hisob-kitoblar, qiymatli qog’oz va veksellar bo’yicha ma’lumotlardan ko’proq foydalaniladi. Bular xo’jalik faoliyatining to’g’ri boshqarilishi, uning moliyaviy barqaror bo’lishi va to’lov qobiliyatining yaxshilanishiga bevosita ta’sir ko’rsatadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Korxonalarning moliyaviy holatini tahlil etishda moliyaviy tahlilning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat bo’ladi
|