|
Biz, __-“___”-sinf o`quvchilаri, mаktаb rahbari bizning xаfvsizligimiz bo`yichа bergаn texnikа
|
bet | 33/46 | Sana | 26.11.2023 | Hajmi | 2,78 Mb. | | #105970 |
Bog'liq S daftar 1-4Biz, __-“___”-sinf o`quvchilаri, mаktаb rahbari bizning xаfvsizligimiz bo`yichа bergаn texnikа xаvfsizligi qоidаlаri bilаn tаnishdik. Bungа so`zsiz аmаl qilаmiz. Shundа bundаy nоxush hоlаtlаrni оldini оlgаn bo`lаmiz. Оgоhlаntirilgаnimizni o`z imzоlаrimiz bilаn tаsdiqlаymiz:
№
|
O`quvchilаrning fаmiliyasi vа ismi
|
I
Chorak
|
II
Chorak
|
III
Chorak
|
IV
Chorak
|
Imzo
|
Imzo
|
Imzo
|
Imzo
|
1.
|
|
|
|
|
|
2.
|
|
|
|
|
|
3.
|
|
|
|
|
|
4.
|
|
|
|
|
|
5.
|
|
|
|
|
|
6.
|
|
|
|
|
|
7.
|
|
|
|
|
|
8.
|
|
|
|
|
|
9.
|
|
|
|
|
|
10.
|
|
|
|
|
|
11.
|
|
|
|
|
|
12.
|
|
|
|
|
|
13.
|
|
|
|
|
|
14.
|
|
|
|
|
|
15.
|
|
|
|
|
|
16.
|
|
|
|
|
|
17.
|
|
|
|
|
|
18.
|
|
|
|
|
|
19.
|
|
|
|
|
|
20.
|
|
|
|
|
|
21.
|
|
|
|
|
|
22.
|
|
|
|
|
|
23.
|
|
|
|
|
|
24.
|
|
|
|
|
|
25.
|
|
|
|
|
|
26.
|
|
|
|
|
|
27.
|
|
|
|
|
|
28.
|
|
|
|
|
|
29.
|
|
|
|
|
|
30.
|
|
|
|
|
|
31.
|
|
|
|
|
|
32.
|
|
|
|
|
|
33.
|
|
|
|
|
|
34.
|
|
|
|
|
|
35.
|
|
|
|
|
|
36.
|
|
|
|
|
|
37.
|
|
|
|
|
|
38.
|
|
|
|
|
|
39.
|
|
|
|
|
|
40.
|
|
|
|
|
|
O‘zbekiston Respublikasi
Maktabgacha va maktab
ta’limi vazirining
2023-yil 31-avgustdagi
282-son buyrug‘iga
1-ILOVA
Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan
namunaviy odob-axloq qoidalari
Umumiy oʻrta taʼlim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalari yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Taʼlim toʻgʻrisida”, “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”, “Bola huquqlari kafolatlari toʻgʻrisida”, “Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi toʻgʻrisida”, “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”, “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlari, Vazirlar Mahkamasining “Uzluksizmaʼnaviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” va “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida maʼnaviy-maʼrifiy hamda tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorlari va umumeʼtirof etilgan maʼnaviy-axloqiy tamoyillar asosida umumiy o‘rta taʼlim muassasasining rahbariyati, pedagog va texnik xodimlari hamda oʻquvchilari, ularning ota-onalari yoki boshqa qonuniy vakillari (keyingi o‘rinlarda - ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari) uchun ishlab chiqildi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Umumiy oʻrta taʼlim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalari (keying oʻrinlarda – Qoidalar) umumiy oʻrta taʼlim muassasasi ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari uchun odob-axloq tamoyillari, xulq-atvor meʼyorlariga qoʻyiladigan talablarni belgilaydi. Ushbu Qoidalar umumiy oʻrta taʼlim muassasasida (keying oʻrinlarda – taʼlim muassasasi) taʼlim va tarbiyaning oʻzaro uygʻunligini taʼminlash, oʻqituvchi mavqeyining daxlsizligini eʼtirof etish, doʻstona va ishchanlik muhitini yaratish, oʻquvchilar tomonidan oʻquv dasturini muvaffaqiyatli oʻzlashtirish, inson va uning huquqlariga hurmatni oshirish, odob-axloq va muloqot madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan.
2. Mazkur Qoidalar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tasarrufidagi taʼlim muassasalarida tatbiq etiladi, nodavlat va boshqa turdagi oʻquv muassasalari uchun tavsiyaviy xususiyatga ega.
3. Qoidalarning maqsadi taʼlim muassasasida sogʻlom ijtimoiy-psixologik muhitni shakllantirish, oʻquvchilarga zamon talablari va milliy qadriyatlar asosida taʼlim-tarbiya berish, shaxs va uning huquqlarini hurmat qilish, odob-axloq madaniyati va muloqot qobiliyatini rivojlantirish, yuksak maʼnaviy-axloqiy
fazilatlarini shakllantirish, oʻquvchilar sogʻligʻini saqlash, ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari xavfsizligini taʼminlashga imkon beradigan doʻstona ish muhitini yaratish va taʼlim muassasasi mulkini asrab-avaylashdan iborat.
4. Qoidalar taʼlim muassasasi va uning hududida, darsda, tanaffusda, darsdan tashqari mashgʻulotlar paytida, taʼlim va tarbiya bilan bogʻliq tadbirlarda ta’limtarbiya jarayoni ishtirokchilarining oʻzlarini tutishni tartibga soladigan me’yorlar toʻplami hisoblanadi.
5. Mazkur Qoida talablari ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari uchun taʼlim muassasasi hududi doirasida majburiy hisoblanadi.
2-bob. Ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining
Qoidalarga rioya qilishi
6. Taʼlim muassasasida shaffoflik, hamjihatlik, bagʻrikenglik, oʻzaro ishonch, izzat-hurmat, xavfsiz, doʻstona muhitni yaratish ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining oʻzaro munosabatlaridagi muhim shartlardan biri hisoblanadi.
7. Taʼlim muassasalari har bir oʻquvchiga eʼtiborli va odilona munosabatda boʻladi, taʼlim-tarbiya jarayonida barcha oʻquvchilarning bilim olishlari uchun teng imkoniyatlarni yaratadi. Taʼlim muassasasining ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari: taʼlim-tarbiya jarayonida vujudga kelgan muammolarni, shu jumladan, intizom bilan bogʻliq muammolarni Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari va qonun osti hujjatlariga va ushbu Qoidalarga koʻra hal etadi; oʻquvchilarning jismoniy, fiziologik va psixologik rivojlanish darajasi, ularning shaxsiy hayotini hurmat qilish, ota-onalarining (oila) qonuniy manfaatlarini hisobga olish, oʻquvchi haqidagi shaxsiy maʼlumotlar maxfiyligini saqlashga amal qilishi kerak.
8. Oʻquvchini oʻquv jarayonida ishtirok etishidan chetlatish, uni oʻz kuchi bilan erishgan imtiyozidan mahrum qilish, asossiz imtiyoz berishga yoʻl qo‘yilmaydi.
9. Taʼlim muassasasi hududida har bir ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari hamda tashrif buyuruvchi boshqa fuqarolar shaxsiy mobil aloqa vositalarini ovozsiz holatga keltirishlari, ta’lim muassasalarida ichki imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda (maktab foyesi, ma’naviyat xonasi, sinf xonalari va boshqa qulflanadigan joylarda) qulfli qutilar tashkil etilishi, ta’lim muassasasining binosiga kirilganda mobil aloqa vositalarini topshirish va dars jarayonlari tugagandan so‘ng qabul qilib olish tartibini yo‘lga qo‘yish tavsiya etiladi. Ta’lim muassasasida pedagog va texnik xodimlar hamda tashrif buyuruvchi boshqa shaxslar tomonidan mobil telefondan foydalanish qoidalariga rioya qoidalariga rioya etilishini barcha pedagoglar, jumladan sinf rahbarlari shaxsan nazorat qiladi.
Oʻqituvchi tomonidan ogohlantirilishiga qaramay dars jarayonida telefondan foydalanish holatlari davom etganda fan o‘qituvchisi, sinf rahbari, director o‘rinbosari, psixolog (inspektor-psixolog) ishtirokida oʻquvchining telefoni (smartfon, planshet va boshqa qurilmalar) olib qoʻyiladi va holat yuzasidan maktab direktori hamda oʻquvchining ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillari ogohlantiriladi.
Maktabning “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorligi Jamoat kengashi va kuzatuv kengashi a’zolari ishtirokida holat muhokama etilib, tegishli tushuntirishlar olib borilganidan soʻng mobil aloqa vositalari oʻquvchining ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillariga qaytarib beriladi. Shunday holat oʻquv yili davomida bir o‘quvchi tomonidan ikki va undan ortiq marotaba takrorlanganda oʻquvchining ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillari Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining tegishli moddasi asosida maʼmuriy javobgarlikka tortiladi, oʻquvchi ichki ishlar organlarining profilaktik roʻyxatiga olinadi.
10. Ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari taʼlim muassasasida quyidagilarga amal qilishlari lozim: pedagog shaʼni va qadr-qimmatini hurmat qilishlari; oʻzaro munosabatlarda yagona jamoa sifatida hurmat, doʻstlik, hamjihatlik, halollik va adolat tamoyillariga rioya etishlari; turli xil zoʻravonlik va kamsituvchi (bulling) xatti-harakatlariga yoʻl qoʻymaslik; pedagog va oʻquvchilar tasdiqlangan mashgʻulotlar jadvali asosida ishga va darsga oʻz vaqtida kelishlari; taʼlim muassasasining hududi va yoʻlaklarida tartib bilan yurishlari;
bir-biri bilan salomlashishlari, bunda, oʻquvchilar pedagoglarga, kichik yoshdagilar katta yoshdagilarga birinchi boʻlib salom berishlari (ushbu holatlarda qoʻl berib soʻrashish istisno boʻlib, yoshi katta shaxslar yoki xotin-qizlar birinchi boʻlib qoʻl uzatganidan keyingina ularga javoban qoʻl uzatishlari tavsiya etiladi); pedagog va texnik xodimlardan ish vaqtida kasb etikasi hamda maktabning ustavi bilan tasdiqlangan talablarga koʻra kiyinishlari; kiyimlarning oʻta tor yoki oʻta keng bichimda boʻlmasligi;
kiyimlarning toza va dazmollangan boʻlishi. Taʼlim muassasa ustavida ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining mehnat faoliyati davomida kiyinish madaniyatiga boʻlgan talablar aks ettirilmagan boʻlsa, quyidagilar namunaviy talab sifatida tavsiya etiladi: erkaklar mavsumga qarab – klassik uslubdagi shim, kostyum-shim (imkon qadar qora, toʻq koʻk rangdagi), koʻylak (oq, havorang va shu kabi), boʻyinbogʻ, poyabzal (qora rangda boʻlishi tavsiya etiladi) kiyishi;
ayollar mavsumga qarab – klassik uslubdagi yubka, kostyum-yubka (imkon qadar qora, toʻq koʻk rangdagi), havo haroratiga qarab klassik uslubdagi shim (imkon qadar qora, toʻq koʻk rangdagi), tanani ochiq koʻrsatib turmaydigan yupqa (harir) boʻlmagan kofta (oq, havorang va shu kabi), koʻylak, past poshnali yoki
poshnasiz poyabzal (qora rangda boʻlishi tavsiya etiladi) kiyishi; (Taʼlim muassasa Ustavi bilan taʼlim muassasasi rahbariyati va pedagog xodimlari formasining rangi va qoʻshimcha belgilariga oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin).
umumeʼtirof etilgan milliy-anʼanaviy shakllarga va maʼnaviy-axloqiy tarbiyaga zid keladigan yoki sport (dars jarayonida maxsus yoki sport kiyimida jismoniy tarbiya va chaqiriqqa qadar boshlangʻich tayyorgarlik fanlari oʻqituvchilarining yurishiga ruxsat beriladi, shuningdek, taʼlim muassasasi hududida oʻtkaziladigan turli sport va koʻngilochar tadbirlar bundan mustasno) kiyimlarida boʻlmasligi lozim.
Shuningdek, ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining tashqi koʻrinishi boʻyicha quyidagi talablar belgilanadi: tanasining ochiq qismiga tatuirovka tushirilmagan yoki pirsing qilinmagan boʻlishi, sochi tartibga keltirilgan va yorqin (gʻayrioddiy) ranglarga boʻyalmagan boʻlishi; erkaklarning soqoli olingan boʻlishi; ayollar quloq va barmoqlardan tashqari tananing turli qismlariga zirak yoki metall buyumlar taqib yurmasligi; oʻz faoliyatida manfaatlar toʻqnashuviga sabab boʻladigan holatlarga yoʻl qoʻymasliklari; pedagoglar oʻzining pedagogik va psixologik sohadagi bilim va ko‘nikmalarini doim takomillashtirib borishi, shu bilan birga malakasini hamda professionallik darajasini oshirishga koʻmak beradigan tadbirlarda muntazam ishtirok etishi; pedagoglar huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirishga qaratilgan
Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni va qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlari bilan tanishib borishi, ularga ogʻishmasdan amal qilishi, mavjud barcha standartlar, bayonlar, tavsiyalardan xabardor boʻlishi lozim.
11. Taʼlim muassasasi hududida ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining munosabatlari oʻzaro hurmat va xushmuomalalik tamoyillariga asoslanishi lozim, biror bir taraf tomonidan boshqasining shaxsiyatiga zoʻravonlikni (bulling) aks ettiruvchi va kamsituvchi (diskriminatsiya) xatti-harakatlarning sodir etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi; oʻquvchining ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillari taʼlim muassasasidagi dars jarayoniga aralashishi mumkin emas, tomonlar oʻrtasida yuzaga keladigan bahsli vaziyatlar faqatgina muassasa rahbariyati (direktor va uning oʻrinbosarlari) hamda muassasa psixologi bilan dars jarayoniga xalaqit bermagan holatda hal etiladi; tomonlar bahsli vaziyatlar yuzasidan kelishuvga erishmagan holatlarda oʻzini oʻzi boshqarish organlari vakili va taʼlim muassasasiga biriktirilgan ichki ishlar organlarining inspektor-psixologiga murojaat etiladi; taʼlim muassasasi oʻquvchi manfaatlari yoʻlida barcha maʼlumotni oʻquvchining ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillariga yetkazadi; pedagog taʼlim muassasasi, oila va jamiyat oʻrtasidagi munosabatlarda pozitiv va faolligini namoyish etishi lozim.
12. Pedagoglar dars mashgʻulotlari boshlanganidan soʻng besh daqiqa Ichida oʻquvchilarning davomatini aniqlash, surunkali va muntazam dars qoldirayotgan oʻquvchilar haqida muassasa rahbariyatiga yozma ravishda ma’lumot taqdim etishi talab etiladi.
|
| |