• Oʻquvchilarga qoʻyiladigan talablar
  • Oʻquvchilarga taʼlim muassasasida quyidagilar taqiqlanadi
  • Pedagog va xodimlarga quyidagilar taqiqlanadi
  • Pedagoglarga qoʻyiladigan talablar




    Download 2,78 Mb.
    bet34/46
    Sana26.11.2023
    Hajmi2,78 Mb.
    #105970
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   46
    Bog'liq
    S daftar 1-4

    Pedagoglarga qoʻyiladigan talablar:
    oʻquvchilarga nisbatan jismoniy kuch ishlatish yoki ruhiy tazyiq oʻtkazish holatlariga yoʻl qoʻymaslik;
    oʻquvchilarning shaxsiga doir ma’lumotlarni sinfdoshlar oldida muhokama qilmaslik;
    oʻquvchini ommaviy izza qilmaslik; chet elga chiqib ketgan oʻquvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oz vaqtida muassasa rahbariyatini xabardor qilish; oʻquvchining ota-onasi yoki ularning qonuniy vakillari bilan shaxsiy adovatga bormaslik; taʼlim muassasasi toʻgʻrisidagi axborotlardan uning manfaatlari va obroʻsiga ziyon yetkazish uchun yoki oʻz manfaatlari yoʻlida foydalanmaslik; oʻquvchilarga ibrat boʻlib, shaxsiy namuna koʻrsatish, ular bilan doʻstona munosabatda boʻlish; taʼlim muassasasi manfaatlariga zid boʻlgan xatti-harakatlardan tiyilish va bunday holatlarni oldini olish; biror-bir noxush voqea yoki hodisa roʻy bersa, zudlik bilan taʼlimmuassasasi rahbariyatini xabardor qilish; yoshlar orasida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish, ularni zararli odatlardan va boshqa turli halokatli tahdidlar hamda jamiyatimiz uchun yot boʻlgan diniy ekstremistik taʼsirlardan, past saviyali “ommaviy madaniyat” xurujlaridan ogoh etib borish;
    mazkur Qoidalarni har haftaning juma kunlarida oʻtkaziladigan “Sinf soati”da oʻquvchilarga keng tushuntirib borish.
    14. Oʻquvchilarga qoʻyiladigan talablar:
    a) taʼlim muassasasining binosi va uning hududida: dars jadvalida koʻrsatilgan fanlar boʻyicha barcha darsliklar va oʻquv qurollari sigʻadigan oʻquvchi uchun mos boʻlgan sumkadan foydalanish; taʼlim muassasasiga mashgʻulotlar boshlanishidan 10-15 daqiqa oldin, maktab ustavida belgilangan oʻquvchilar libosida kelish; toza va orasta kiyinish, sochlarni ozoda va tartibga keltirgan holda tutish; taʼlim muassasasining barcha xonalari, zina va yoʻlaklari, shuningdek, sport va faollar zallarini toza tutish, turli xil chiqindilar tashlamaslik;chiqindilarni muassasaning binosi va hududidagi maxsus belgilangan
    dishlarga tashlash; taʼlim muassasasining mulki (parta, stol, stul, doska, oʻsimliklar, hayvonot dunyosi va hokazolar) va oʻquv jihozlari (kompyuter texnikasi, laboratoriya jihozlari, sinfxonalardagi stend va bannerlar)ga zarar yetkazmaslik; oʻzidan kichiklarga nisbatan izzatda boʻlish, kattalarga esa hurmat
    koʻrsatish; oʻqituvchilar va taʼlim muassasasiga kelgan mehmonlar bilan uchrashganda
    salom berish; taʼlim muassasasi yoʻlaklarida tinchlikni saqlash. b) dars mashgʻulotlarida: tegishli darslik va zarur oʻquv qurollari bilan ishtirok etish; darslarda oʻquv jarayoni bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa ishlarga
    chalgʻimaslik; oʻqituvchiga murojaat qilmoqchi yoki savoliga javob bermoqchi boʻlganda qoʻlini koʻtarib ruxsat soʻrash; sanitariya-gigiyena va texnika xavfsizlik qoidalariga toʻliq amal qilish.
    d) tanaffusda: oʻz oʻqish joyini toza saqlash va tartibga keltirish; navbatdagi dars boʻladigan sinf xonasiga oʻz vaqtida oʻtish; fan oʻqituvchisining koʻrsatmasi boʻyicha sinfni kelgusi darsga tayyorlash.
    e) taʼlim muassasasining oshxonasida: ovqatlanishdan oldin va keyin qoʻllarini yuvish; umumiy ovqatlanish joylarida belgilangan tartib qoidalarga rioya qilish; taomlarni olishda navbatga turish va imkoni boricha ijtimoiy masofani saqlash; pedagoglar, oʻzidan kichiklarga va qizlarga hurmat koʻrsatish; ovqatlanish vaqtida shovqin solmaslik; ovqat va ichimliklarni oshxonaning oʻzida isteʼmol qilish;
    ovqatlangandan soʻng idishlarni yigʻishtirib qoʻyish.
    f) taʼlim muassasasining kutubxonasida: kutubxona xodimlari bilan xushmuomalada boʻlish; kitoblar va jihozlarga ehtiyotkorona munosabatda boʻlish; kitoblarni olish va topshirish tartib-qoidalariga rioya qilish.
    g) sport zali (majmuasi)da: sport zaliga xos boʻlgan kiyim va poyabzalda kirish;
    sport inventarlaridan oqilona va samarali foydalanish; mashgʻulotlardan keyin sport inventarlarini belgilangan joylarga qayta topshirish; sport majmuasining belgilangan tartib-qoidalariga toʻliq rioya qilish.
    15. Oʻquvchilarga taʼlim muassasasida quyidagilar taqiqlanadi:
    taʼlim muassasasi ustavida man etilgan libos va qiyofada, jumladan oʻgʻil bolalar kalta shim, futbolka, shippakda va qiz bolalar kalta, tor va tanani ochiqkoʻrsatuvchi yupqa (harir) kiyimda kelishi hamda boʻyni va barmoqlariga turli xil taqinchoqlar taqishi; oʻzaro munosabatlarda inson shaxsiyatini va qadr-qimmatini kamsitish (diskriminatsiya), haqorat qilish va behayo soʻzlarni ishlatishi, turli xil (jismoniy, ruhiy va boshqa) zoʻravonlikni (bulling) koʻrsatishi; qonun bilan taqiqlangan, milliy va umumbashariy qadriyatlarga xos boʻlmagan yoki taʼlim muassasasining faoliyatiga tegishli, shuningdek, taʼlim muassasasi, oʻqituvchi va oʻquvchilarning obroʻsini tushirishga qaratilgan munosabatlar aks etgan audio hamda videomateriallarni turli ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirishi yoki undan turli gʻarazli maqsadlar yoʻlida foydalanishi; dars jarayonida quloqchinlar (naushnik) orqali uyali aloqa vositalari va turli xil audio qurilmalardan foydalanishi, dars jarayonini uyali aloqa vositasining kamerasi orqali tasvirga olishi; taʼlim muassasasi kompyuterlarida taʼlim muassasasiga tegishli boʻlmagan maʼlumotlarni, shuningdek, qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan bolalarning yosh xususiyatlariga mos boʻlmagan turli videomateriallar, taqiqlangan diniy maʼlumotlar, behayo suratlar, milliy, irqiy, etnik, diniy adovatni, zoʻravonlikni targʻib qiluvchi, pornografik xarakterdagi har qanday video, audio va fotomateriallarni tayyorlashi, saqlashi, foydalanishi va targʻib etishi;
    taʼlim muassasasi hududida tugʻilgan kun, Oʻzbekiston qonunchiligida belgilanmagan turli bayram tadbirlarini nishonlashi.
    16. Pedagog va xodimlarga quyidagilar taqiqlanadi:
    jamoa aʼzolari va boshqalarning shaxsiyatini, qadr-qimmatini kamsitish, ruhiy, jismoniy va boshqa zoʻravonlik koʻrsatish; oʻquvchilarni dars mashgʻulotlaridan sababsiz chiqarib yuborish yoki kiritmaslik;
    “Chiqish” qoʻngʻirogʻi chalingandan keyin oʻquvchilarni sababsiz sinf xonasida ushlab turish; dars mashgʻulotlarida diniy tashviqot olib borish; taʼlim muassasasiga spirtli ichimliklar isteʼmol qilgan holda kelish; taʼlim muassasasining hududi va binosida spirtli ichimliklar hamda tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilish; muassasa hududi va binosida oʻquvchilarning taʼlim-tarbiyasiga aloqasi boʻlmagan turli xil tadbirlarni tashkil etish; taʼlim muassasalarida oʻtkaziladigan barcha tadbirlar va ularga tayyorgarlik ishlarini dars mashgʻulotlari vaqtida oʻtkazish.
    17. Tajribali ustozlar va yosh oʻqituvchilarning taʼlim-tarbiya jarayonidagi oʻzaro munosabatlari “Ustoz-shogird” anʼanasi asosida tartibga solinadi.
    18. Taʼlim muassasasida dars mashgʻulotlarining boshlanishi va tugashi maktab Ustavida ko‘rsatilgan qoʻngʻiroqlar jadvali asosida amalga oshiriladi.
    19. Taʼlim muassasasida oʻtkaziladigan dars mashgʻulotlari boshlanishida:= oʻqituvchi sinfga kirib kelishi bilan oʻquvchilar hurmat yuzasidan oʻrinlaridan turgan holda kutib olishlari, bir ovozdan “Assalomu alaykum” (rus tili yoki chet tili fanlarida tegishli tilda salomlashish) deb salom berishlari; oʻqituvchi “Va alaykum assalom” (rus tili yoki chet tili fanlarida tegishli tilda salomlashish) deb alik olishlari va uning ruxsatidan soʻng oʻquvchilar oʻrinlariga oʻtirishlari, bunda 1-4-sinf oʻquvchilari oʻquv kunining birinchi dars
    soatida, 5-11-sinf oʻquvchilari har bir darsda sinfga kirgan fan oʻqituvchisiga xuddi shunday tartibda munosabatda boʻlishi lozim.
    20. Taʼlim muassasasida “Chiqish” qoʻngʻirogʻi chalinganda oʻquvchilar pedagogning ruxsati bilan sinf xonasini tark etadilar. Oʻz navbatida, pedagog dars mavzusini akademik soat reglamentiga muvofiq toʻgʻri taqsimlashi talab etiladi. Pedagog sinfdan chiqayotganda oʻquvchilar oʻrinlaridan turishlari,
    “Xayr, salomat boʻling!” deb hurmat koʻrsatishlari kerak.

    Download 2,78 Mb.
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   46




    Download 2,78 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Pedagoglarga qoʻyiladigan talablar

    Download 2,78 Mb.