• Tadqiqotning maqsadi va vazifalari
  • Ўзбекистон республикаси ички ишлар вазирлиги ёнғин хавфсизлиги институти




    Download 160 Kb.
    bet3/8
    Sana15.01.2024
    Hajmi160 Kb.
    #137922
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    DIPLOM 2024 —

    SH.M.Mirziyoyev


    KIRISH




    Tanlangan mavzuning dolzarbligi va uning asoslanishi. Ikkinchi va uchinchi ming yillik bo‘sag‘asida jahon tez o‘zgarmoqda. Ayniqsa insonlar va kasbiy faoliyatida muhim ahamiyat kasb etuvchi professional tayyorgarlik, kasbiy tayyorgarlik, ruhiy tayyorgarlik harbiy xizmatchilarning xizmat faoliyatida juda katta ro‘l o‘ynaydi.
    Qutqaruvchilarning professional tayyorgarliklarini tizimli ravishda amaliyotga muvaffaqiyatli joriy qilish vazirlik boshqaruv tizimida hamda Qurolli Kuchlar tizimida samaradorligini oshirish katta ahamiyat kasb etadi. Bu o‘z navbatida yangi hujjat resurslarini qidirib topish, hujjatni bir turdan boshqa turga o‘zgartirishning yangi usullarini ishlab chiqarish zaruratini yaratadi.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 10- apreldagi O‘zbekiston Respublikasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish hamda yong‘in xavfsizligini ta’minlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risidagi PF-5706-sonli Farmon hamda “Favqulodda vaziyatlar tuzilmalarining faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi PQ-4276-sonli qarori tasdiqlandi.
    O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining 450-sonli buyrug‘ining mazmuni yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari shaxsiy tarkibining kasbiy tayyorgarligini tashkil etish to‘g‘risida va yong‘in-qutqaruv garnizoni va navbatchi smena xizmatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi 535-sonli bir qator normativ huquqiy hujjatlar mavjud.
    Davlat organlari va tashkilotlari barcha davlat organlari va chora-tadbirlar rejasida nazarda tutiladigan muddatlarda hisobot yuritishning tizimi bosqichma-bosqich joriy etilishini va uning to‘laqonli ishlashini taminlash masalalari belgilab berilgan.
    Ushbu Qarorlarda vazirlik tizimida professional tayyorgarlikni yanada takomillashtirish qutqaruvchilarning kasbiy, ruhiy, jismoniy tayyorgarliklarni amalga oshirish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
    Tadqiqotning maqsadi va vazifalari. Favqulodda vaziyatlar tizimida professional tayyorgarlikni tizimli takomillashtirish bilan bog‘liq savollarni o‘rganib chiqish tadqiqotning maqsadi sifatida tan olingan.
    Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilandi: tizimda mavjud professional tayyorgarlikning salohiyatini oshirish, favqulodda vaziyatlar tizimini zamonaviy dasturlar bilan taminlash, rivojlangan davlatlar tajribasini o‘rganish, maxalliy dastur ishlab chiqaruvchilar bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, sohada ishlayotgan harbiy xizmatchilarni kasbiy, ruhiy va tibbiy tayyorgarligini oshirish, Respublikamizdagi boshqa turdosh davlat organlari bilan mavzuga dahldor masalalar yuzasidan tajriba almashish, Favqulloda vaziyatlar tizimiga malakali professional tayyorgarlik va mutaxassisligiga ega kadrlarni jalb etish, sohada ishlayotgan iqtidorli xizmatchilarga yetarli darajada shart-sharoit yaratib berish, ularni moddiy qo‘llab quvvatlash masalalarini ko‘rib chiqishdan iborat bo‘ldi.

    Download 160 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 160 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ўзбекистон республикаси ички ишлар вазирлиги ёнғин хавфсизлиги институти

    Download 160 Kb.