• Iqtisodiyot ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabasi, Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, Andijon, O‘zbekiston Annotatsiya
  • Kalit so‘zlar
  • YONG‘OQ YETISHTIRISHNING IQTISODIY SAMARADORLIGINI




    Download 2,2 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/8
    Sana23.12.2023
    Hajmi2,2 Mb.
    #127575
    1   2   3   4   5   6   7   8
    YONG‘OQ YETISHTIRISHNING IQTISODIY SAMARADORLIGINI  
    BAHOLASH
    ОТЦЕНКА ЭКОНОМИЧЕСКОЙ ЭФФЕКТИВНОСТИ ВЫРАЩИВАНИЯ 
    ГРЕСКОГО ОРЕХА 
     
    ASSESSMENT OF THE ECONOMIC EFFICIENCY OF WALNUT 
    CULTIVATION 
    Raxmonova B.S. – katta o‘qituvchi i.f.f.d, Olimjonov A.O, G‘ulomjonov A.A. - 
    Iqtisodiyot ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabasi, Andijon qishloq xo‘jaligi va 
    agrotexnologiyalar instituti, Andijon, O‘zbekiston 
     
    Annotatsiya: Maqolaning dolzarbligi yong‘oq yetishtirishning iqtisodiy samaradorligini 
    baholashga 
    asoslanadi. Maqolada yong‘oq yetishtirishning iqtisodiy samaradorligi 
    ko‘rsatkichlari yoritilgan. Yong‘oq yetishtirishning iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlar tizimi 
    bo‘yicha har bir ko‘rsatkichni alohida hisoblash usullari haqida so‘z boradi. 
    Аннотация: Актуальность статьи основана на оценке экономической эффективности 
    выращивания грецкого ореха. В статье освещены показатели экономической 
    эффективности выращивания грецкого ореха. Обсуждаются методы расчета каждого 
    показателя отдельно по системе показателей экономической эффективности выращивания 
    грецкого ореха. 
    Abstract: The relevance of the article is based on assessing the economic efficiency of 
    walnut cultivation. The article highlights the economic efficiency indicators of walnut 
    cultivation. Methods for calculating each indicator separately according to the system of 
    indicators of economic efficiency of walnut cultivation are discussed. 
    Kalit so‘zlar: O‘zbekiston, yong‘oq, istiqbol, import, eksport. 
    Ключевые слова: Узбекистан, орехи, перспектива, импорт, экспорт. 
    Keywords: Uzbekistan, nuts, prospect, import, export. 


    Халқаро илмий-техник анжуман мақолалар тўплами
    281 
    Dunyo mamlakatlarida tobora ko‘payib borayotgan aholini sifatli va yuqori kalloriyaga ega 
    to‘yimli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash dolzarb sanaladi. Bu yo‘nalishda yong‘oqchilik 
    sohasi alohida o‘rin tutadi. Chunki, yong‘oqchilik sohasi oziq-ovqat ta’minoti, iste’mol va aholi 
    daromadlarining muhim manbai hisoblanib, dunyo mamlakatlarining aholisini oziq-ovqat 
    ta’minotini yaxshilash vositalaridan biri sifatida katta ahamiyatga egadir. Ammo, aksariyat 
    davlatlarda ekologik jarayonlarning yomonlashishi, yillik o‘rtacha haroratning ko‘tarilishi, 
    yog‘ingarchilikning yillik o‘rtacha darajasining pasayib, qurg‘oqchilik holatlari ko‘payishi kabi 
    omillar yong‘oq yetishtirish, hududlarning tuproq-iqlim sharoitlaridan kelib chiqqan holda 
    yong‘oq turlarini optimal joylashtirish va yong‘oq yetishtirish hajmini oshirishga, shuningdek, 
    yong‘oq mevasining sifati pasayishiga olib kelishi hamda kasallanishiga sabab bo‘lmoqda. 
    Global iqlimni o‘zgarishi sharoitida dunyoning yetakchi ilmiy-tadqiqot markazlari va 
    muassasalari tomonidan yong‘oq yetishtirish borasida ko‘plab ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. 
    Xususan, yong‘oqning serhosil turlarini hududlarning tabiiy-iqlim sharoitlarga mos holda tanlab 
    olish va ko‘paytirish, yong‘oq va yong‘oq mahsulotlarini sotish tizimida zamonaviy marketing 
    usullarini joriy etish, sohada innovatsion faoliyatni rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot ishlarining 
    samaradorligini oshirish, yuqori sifatli mahsulotni sanoat usulida yetishtirilgan tanlangan navlar 
    ko‘chatlaridan olish, intensiv yong‘oqchilikning tashkil etish hamda ishlab chiqarishning texnik 
    va texnologik parametrlar bo‘yicha platformalar yaratish kabi ilmiy tadqiqot yo‘nalishlari shular 
    jumlasidandir. 
    Mamlakatimiz tog‘li hududlarining iqlim sharoiti yong‘oq, bodom, pista kabi daraxt 
    ko‘chatlarining o‘sishi va yuqori hosil berishi uchun nisbatan qulay makon hisoblanadi. Shu bois, 
    yong‘oq yetishtirish va ushbu mahsulotni qayta ishlash tarmog‘ini rivojlantirishga yo‘naltirilgan 
    keng tarmoqli tarkibiy islohotlar amalga oshirildi. Ammo “... sohada ayniqsa, meva-
    sabzavotchilikni rivojlantirishda samarali bozor mexanizmlari tizimli yo‘lga qo‘yilmaganligi, 
    ilmiy 
    yondashuvning 
    yetarli 
    emasligi 
    tarmoqning 
    mavjud 
    imkoniyatlaridan 
    to‘liq 
    foydalanilmasligiga olib kelmoqda. Hisob-kitoblarga ko‘ra, 1 gektar maydonda yetishtirilgan 
    paxta xom ashyosiga nisbatan uzumdan 7 baravar, gilosdan 6 baravar, yong‘oqdan 5 baravar 
    ko‘p daromad olish imkoniyati mavjud”
    20
    . Shuningdek, respublikada yillik yong‘oq iste’moli bir 
    kishiga o‘rtacha 1,8-2,4 kg
    21
    ni tashkil etgani holda tibbiy me’yorga nisbatan bu ko‘rsatkich 6,2 
    barobarga kam. Shu bois, bugungi kunda intensiv yong‘oqchilikni rivojlantirish hamda tarmoq 
    samaradorligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy jihatlarini tadqiq etish asosida ilmiy-amaliy 
    asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish dolzarblik kasb etmoqda. 
    Iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichini aniqlashda, birinchi galda, yong‘oq yetishtirish va 
    sotish xarajatlari tarkibida qaysi xarajatlarning ulushi nisbatan yuqoriligi atroflicha tahlil qilinsa, 
    maqsadga muvofiq bo‘ladi. Tahlillarning ko‘rsatishicha, grek yong‘og‘i yetishtirish 
    xarajatlarning tarkibida dastlab yong‘oqzorlar barpo etish davrida eng katta xarajat ulushi 
    sifatida ko‘chat va ko‘chat yetkazib berish uchun sarflanadigan xarajatlar, agrotexnologik 
    xarajatlar tashkil qilmoqda.
    Umuman olganda, bizningcha, yong‘oq yetishtirish va sotishning iqtisodiy samaradorligini 
    baholashda birinchidan, yong‘oq yetishtirish va sotish xarajatlarining tarkibiy qismlarini aniqlab 
    olib, to‘g‘ri hisobini yuritish kerak. 
    Bundan tashqari, yong‘oq yetishtirishning xususiyatlari, iqtisodiy jihatlari, ekilgan 
    ko‘chatlar soni va ekish sxemasi, kasalliklar va zararkunandalarga qarshi kurash tizimining 
    20
    С.Хасанов Ўзбекистонда мева-сабзавотликни ривожлантириш тенденциялари ва истиқболлари. 
    // Ж.: Экономическое обозрение, 2020. - №6 (246). - 56-61-бет.
    21
    F.Ahrorov, H.Avezov O‘zbekistonning yong'oq ishlab chiqarish salohiyati va istiqbollari: Samarqand 
    viloyati kesimida. Current issues of bio economics and digitalization in the sustainable development of 
    regions. International scientific - practical conference. 764-769- betlar 
    .


    Халқаро илмий-техник анжуман мақолалар тўплами
    282 
    mavjudligi, ichki va tashqi bozordagi mahsulotga bo‘lgan talabning barqarorligi, bozordagi 
    narxning shakllanish xususiyatlari va boshqa jihatlarga chuqur e’tibor bergan holda atroflicha 
    tahlil qilib, so‘ngra iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichini ilmiy-nazariy jihatdan to‘laqonli 
    asoslash mumkin. 
    Mazkur 1 kg yong‘oq mevasini intensiv tarzda yetishtirish uchun zarur bo‘lgan tomchilatib 
    sug‘orish tizimi jihozlari qiymati, 1 tup intensiv yong‘oq daraxtidan olingan yong‘oq miqdori, 1 
    kg yong‘oq yetishtirish uchun talab etiladigan suv hajmi, 1 tup yong‘oq daraxtiga ishlov berish 
    uchun to‘g‘ri keladigan mehnat sarfi, 1 tup yong‘oq daraxtida yetishtirilgan yong‘oqning 
    tovarlilik darajasi, 1 tup yong‘oq daraxtida yong‘oq yetishtirishning xarajatlar rentabelligi kabi 
    samaradorlik ko‘rsatkichlari intensiv yong‘oqchilik xo‘jaliklarida yong‘oq yetishtirishning 
    iqtisodiy samaradorligini hisoblash va tahlil qilish imkonini beradi (1-rasm). 
    Keltirilgan iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlar tizimi bo‘yicha har bir ko‘rsatkichni 
    alohida hisoblash usullarini keltirib o‘tamiz: 

    Download 2,2 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 2,2 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    YONG‘OQ YETISHTIRISHNING IQTISODIY SAMARADORLIGINI

    Download 2,2 Mb.
    Pdf ko'rish