• JALOLIDDIN MANGUBERDI NOMIDAGI HARBIY-AKADEMIK LITSEYI tayyorlov yo‘nalishi: 3910001 ANIQ FANLAR-1 “ALGEBRA” FANIdan NA’MUNAVIY O‘QUV dasturi
  • I. O’quv fanining dolzarbligi va ta’limdagi o’rni
  • Zbekiston respublikasi mudofaa vazirligi jaloliddin manguberdi nomidagi harbiy-akademik litseyi




    Download 85.64 Kb.
    bet1/9
    Sana16.02.2024
    Hajmi85.64 Kb.
    #157663
      1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    01.Algebra Namuna
    Boshlang\'ich nazorat, 1 qism — копия, oy yakuni test Oktyabr. Ingliz tili (2), 01.Informatika NAMUNA (2), 5-dars. Test 1, 106, word dasturi, Assalomu alaykum

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUDOFAA VAZIRLIGI
    JALOLIDDIN MANGUBERDI NOMIDAGI HARBIY-AKADEMIK LITSEYI




    O‘QUVCHILARNI TAYYORLASH
    NA’MUNAVIY O‘QUV DASTURI
    (Algebra fani)

    Urgach – 2023 yil


    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUDOFAA VAZIRLIGI
    JALOLIDDIN MANGUBERDI NOMIDAGI HARBIY-AKADEMIK LITSEYI


    tayyorlov yo‘nalishi: 3910001 ANIQ FANLAR-1
    ALGEBRA” FANIdan NA’MUNAVIY O‘QUV dasturi

    Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik muhandislik bilim yurti ilmiy-uslubiy kengashida ma’qullangan


    2023-yil “____ ” ___________ dagi
    _____-sonli bayonnoma

    Urganch – 2023 yil


    I. O’quv fanining dolzarbligi va ta’limdagi o’rni
    Matematika fani insonning intellektini, diqqatini rivojlantirishda, ko‘zlangan maqsadga erishish uchun qat’iyat va irodani tarbiyalashda, algoritmik tarzdagi tartib-intizomlilikni ta’minlashda va tafakkurini kengaytirishda katta o‘rin tutadi.
    Matematika olamni bilishning asosi bo‘lib, tevarak-atrofdagi voqea va hodisalarning o‘ziga xos qonuniyatlarini ochib berish, ishlab chiqarish, fan-texnika va texnologiyaning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega.
    Shuning uchun matematik madaniyat– umuminsoniy madaniyatning tarkibiy qismi hisoblanadi.
    Matematika fanini nazariylashtirgan holda o‘qitishga yondashishdan voz kechib, o‘quvchining kundalik hayotida matematik bilimlarni tatbiq eta olish salohiyatini shakllantirish va rivojlantirishga erishish, o‘quvchilarning mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini namoyon qilish va faollashtirishga e’tiborni kuchaytirish- davr talabi.
    Matematik ta’limga kompetensiyaviy yondashuv o‘quvchilarda kasbiy, shaxsiy va kundalik hayotda uchraydigan holatlarda samarali harakat qilishga imkon beradigan amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishni hamda matematik ta’limning amaliy, tatbiqiy yo‘nalishlarini kuchaytirishni nazarda tutadi.
    Mamlakatimizning dunyo hamjamiyatiga integratsiyalashuvi, fan-texnika va texnologiyalarning rivojlanishi yosh avlodning o‘zgaruvchan dunyo mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lishi, fanlarni mukammal egallashini taqozo etadi. Bu esa ta’lim tizimiga, jumladan, matematikani o‘rgatishga ilg‘or milliy va xalqaro tajribalar asosida standartlarni joriy etish orqali ta’minlanadi.
    Matematika fanini o‘qitishda masalaning ahamiyati juda katta bo‘lib, bunda o‘quvchilarda matematikaga bo‘lgan qiziqishini orttirish, tayanch va fanga oid kompetensiyalarni shakllantirish uchun ta’lim jarayonida amaliy va nostandart xarakterdagi masalalardan foydalanish maqsadga muvofiq. Bunday masalalarni yechish o‘quvchilarda analiz, sintez, analogiya, umumlashtirish, deduksiya va induksiya kabi mantiqiy mushohada yuritish faoliyatini, intuitsiya, egiluvchanlik va moslashuvchanlik kabi fazilatlarni rivojlantirib, o‘quvchilarni olingan natijalar ustida tanqidiy fikrlashga o‘rgatadi. Ayrim hollarda amaliy va nostandart xarakterdagi masalalarning yechimi darhol topilmasdan, bir necha bor urinishlar natijasidagina aniqlanilishi mumkinligi, bu maqsadga erishish uchun tirishqoq bo‘lishni, ya’ni shaxsning irodalilik kabi juda ahamiyatli sifatlarni tarkib topishiga imkon beradi. Eng asosiysi, bunday masalalarni yechilishi o‘quvchilarda natijaga erishilganlik, yechim yo‘lining go‘zalligi va noan’anaviyligi bilan bog‘liq bo‘lgan ruhiy ko‘tarinkilik bag‘ishlashi ahamiyatga ega.
    Shuningdek, matematik masalalarga o‘qitishning vositasi sifatida quyidagicha yondashish mumkin:

    Download 85.64 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 85.64 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Zbekiston respublikasi mudofaa vazirligi jaloliddin manguberdi nomidagi harbiy-akademik litseyi

    Download 85.64 Kb.