|
OʼZBEKISTON RESPUBLIKАSI VАZIRLАR MАHKАMАSINING QАRORI 1998 yil 27 oktyabr № 455
|
bet | 4/7 | Sana | 13.01.2024 | Hajmi | 3,22 Mb. | | #136753 |
Bog'liq Tabiiy, texnogen va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarning 2 OʼZBEKISTON RESPUBLIKАSI VАZIRLАR MАHKАMАSINING QАRORI 1998 yil 27 oktyabr № 455 - 1. Transport avariyalari va halokatlari:
- ekipaj a’zolari va yo‘lovchilarning o‘limiga, havo kemalarining to‘liq parchalanishiga yoki qattiq shikastlanishiga hamda qidiruv va avariya-qidiruv ishlarini talab qiladigan aviahalokatlar;
- yong‘inga, portlashga, harakatlanuvchi tarkibning buzilishiga sabab bo‘lgan va temiryo‘l xodimlarining, halokat hududidagi temiryo‘l platformalarida, vokzallar binolarida va shahar imoratlarida bo‘lgan odamlar o‘limiga, shuningdek tashilayotgan kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi zaharli modda (KTKZM)lar bilan halokat joyiga tutash hududning zaharlanishiga olib kelgan temiryo‘l transportidagi halokatlar va avariyalar (ag‘darilishlar);
OʼZBEKISTON RESPUBLIKАSI VАZIRLАR MАHKАMАSINING QАRORI 1998 yil 27 oktyabr № 455 - portlashlarga, yong‘inlarga, transport vositalarining parchalanishiga, tashilayotgan KTKZMlarning zararli xossalari namoyon bo‘lishiga va odamlar o‘limi (jarohatlanishi, zaharlanishi)ga sabab bo‘ladigan avtomobil transportining halokati va avariyalari, shu jumladan, yo‘l-transport hodisalari;
- odamlarning o‘limiga, shikastlanishiga va zaharlanishiga, metropoliten poyezdlari parchalanishiga olib kelgan metropoliten bekatlaridagi va tunellaridagi halokatlar, avariyalar, yong‘inlar;
- gaz, neft va neft mahsulotlarining (avariya holatida) otilib chiqishiga, ochiq neft va gaz favvoralarining yonib ketishiga sabab bo‘ladigan magistral quvurlardagi avariyalar.
OʼZBEKISTON RESPUBLIKАSI VАZIRLАR MАHKАMАSINING QАRORI 1998 yil 27 oktyabr № 455 - 2. Kimyoviy xavfli ob’ektlardagi avariyalar:
- atrof-tabiiy muhitga kuchli ta’sir qiluvchi zaharli moddalarning (avariya holatida) otilib chiqishiga va shikastlovchi omillarning odamlar, hayvonlar va o‘simliklarning ko‘plab shikastlanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yoki olib kelgan darajada, yo‘l qo‘yiladigan chegaraviy konsentratsiyalardan ancha ortiq miqdorda sanitariya-himoya hududidan chetga chiqishiga sabab bo‘ladigan kimyoviy xavfli ob’ektlardagi avariyalar, yong‘in va portlashlar.
- 3. Yong‘in-portlash xavfi mavjud bo‘lgan ob’ektlardagi avariyalar:
- texnologik jarayonda portlaydigan, oson yonib ketadigan hamda boshqa yong‘in uchun xavfli moddalar va matyeriallar ishlatiladigan yoki saqlanadigan ob’ektlardagi, odamlarning mexanik va tyermik shikastlanishlariga, zaharlanishiga va o‘limiga, asosiy ishlab chiqarish fondlarining nobud bo‘lishiga, Favqulodda vaziyatlar hududlarida ishlab chiqarish siklining va odamlar hayot faoliyatining buzilishiga olib keladigan avariyalar, yong‘inlar va portlashlar;
- odamlarning shikastlanishiga, zaharlanishiga va o‘limiga olib kelgan hamda qidirish-qutqarish ishlarini o‘tkazishni, nafas olish organlarini muhofaza qilishning maxsus anjomlarini va vositalarini qo‘llanishni talab qiluvchi ko‘mir shaxtalaridagi va kon-ruda sanoatidagi gaz va chang portlashi bilan bog‘liq avariyalar, yong‘inlar va jinslar qo‘porilishi.
- 4. Enyergetika va kommunal tizimlardagi avariyalar:
- sanoat va qishloq xo‘jaligi mas’ul iste’molchilarining avariya tufayli enyergiya ta’minotisiz qolishiga hamda aholi hayot faoliyatining buzilishiga olib kelgan GES, GRES, TESlardagi, tuman issiqlik markazlaridagi, elektr tarmoqlaridagi, bug‘qozon qurilmalaridagi, kompressor va gaz taqsimlash shoxobchalaridagi va boshqa enyergiya ta’minoti obyektlaridagi avariyalar va yong‘inlar;
- aholi hayot faoliyatining buzilishiga va salomatligiga xavf tug‘ilishiga olib kelgan gaz quvurlaridagi, suv chiqarish inshootlaridagi, suv quvurlaridagi, kanalizatsiya va boshqa kommunal ob’ektlardagi avariyalar;
- atmosfyera, tuproq, yer osti va yer usti suvlarining odamlar salomatligiga xavf tug‘diruvchi darajada konsentratsiyadagi zararli moddalar bilan ifloslanishiga sabab bo‘lgan gaz tozalash qurilmalaridagi, biologik va boshqa tozalash inshootlaridagi avariyalar.
|
| |