|
Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта
|
bet | 115/129 | Sana | 16.02.2024 | Hajmi | 5,48 Mb. | | #157537 |
Bog'liq ЙЎНАЛИШГА КИРИШ УМК (2)12. Seminar mashg‘ulot
Xavfli ishlab chiqarish obyektlari va sanoat xavfsizligi.
Sanoat xavfsizligini talablarini roya qilishda korxonalardagi gigienik va texnik iqtisodiy negizlarga asoslangan. Sanoat korxonalari xarakteri, yil faslari va ish kategoriyalarriga qarab ish joylari uchun ruxsat etilgan talablarni nazorati.
Aholini va hududlarni xavfli ishlab chiqarish ob`ektlaridagi avariyalardan muhofaza qilishni ta`minlash hamda davlat organlarini, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlarini va aholini sanoat xavfsizligining holati to`g’risida xabardor etish maqsadida xavfli ishlab chiqarish ob`ektidan foydalanuvchi tashkilot sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini ishlab chiqadi.
Ushbu Qonun 4-moddasi 1-bandining ikkinchi, uchinchi va to`rtinchi xatboshilarida ko`rsatilgan xavfli moddalar O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan eng yuqori normaga teng yoki undan ortiq miqdorlarda ishlab chiqariladigan, foydalaniladigan, qayta ishlanadigan, hosil qilinadigan, saqlanadigan, tashiladigan, yo`q qilinadigan xavfli ishlab chiqarish ob`ektlari uchun sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini ishlab chiqish shart.
Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi xavfli ishlab chiqarish ob`ektidagi avariya xavfiga berilgan har tomonlama bahoni, avariyaning oldini olish, xavfli ishlab chiqarish ob`ektidan foydalanuvchi tashkilotning xavfli ishlab chiqarish ob`ektidan foydalanishga, shuningdek avariyaning kengayib ketishiga yo`l qo`ymaslik va uning oqibatlarini tugatishga tayyorligini ta`minlash yuzasidan ko`rilgаn choralarning qay darajada etarli ekanligining taqlilini o`z ichiga olishi kerak.
Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi xavfli ishlab chiqarish ob`ektini qurish, kengaytirish, qayta qurish, texnik jihatdan qayta jihozlash, konservatsiyalash va tugatishga doir loyiha hujjatlari tarkibida ishlab chiqiladi hamda xavfli ishlab chiqarish ob`ektidan foydalanuvchi tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Xavfli ishlab chiqarish ob`ektidan foydalanish bilan bog’liq faoliyatga litsenziya olish uchun murojaaт qilingan, sanoat xavfsizligi deklaratsiyasidagi ma`lumotlar o`zgargan yoki sanoat xavfsizligi talablari o`zgargan taqdirda, sanoat xavfsizligi deklaratsiyasiga aniqlik kiritiladi yoki u yangidan ishlab chiqiladi.
Xavfli ishlab chiqarish ob`ektidan foydalanuvchi tashkilotning sanoat xavfsizлиги deklaratsiyasini tasdiqlagan rahbari undagi ma`lumotlarning to`liqligi hamda ishonchliligi uchun belgilangan tartibda javobgar bo`ladi.
Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda ishlab chiqiladi va davlat organlariga, jamoat birlashmalariga hamda fuqarolarga taqdim etiladi.
Sanoat xavfli ob’ektlarda avariyalar ruy berishi bo‘yicha sabablarini va baxtsiz xodisalarni keltirib chiqaruvchi xavfli xolatlarni xamda baxtsiz xodisalarni kelib chiqishiga sabab buladigan omilarni yo‘qotish chora tadbirlarini ko‘rishga qaratilgan. Bu ishlar asosan oqilona ish usullarini qullash, avariya va baxtsiz xodisa va kasb kasalliklarining kelib chiqishidan xoli bo‘ladigan ish sharoitini tashkil qilish xisobiga amalga oshirish.
Potentsial xavfli obyektlar - ishlab chiqarish texnikasi va transporti, bosim ostida ishlaydigan idishlar, quvur tarmoqlari, elektr stantsiyalari, ko`priklar, binolar va inshootlarning tayanch konstruktsiyalari, ko`tarish qurilmalari, temir yo`llar, ionlashtiruvchi nurlanish manbalari va boshqa bir qancha obyektlarning sifati va xavfsizligini tekshirishda putur etkazmaydigan nazorat alohida ahamiyat kasb etadi. Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida binolar, inshootlar va texnika qurilmalarini tayyorlash, ta`mirlash, rekonstruktsiya qilish, montaj qilish, qurish va sanoat xavfsizligi ekspertizasi sifati, radiatsiya xavfini o`z vaqtida aniqlash bilan bog’liq sanoat va radiatsiya xavfsizligini ta`minlashning asosiy omillaridan biri sifatida putur etkazmaydigan nazoratning roli va ahamiyati o`sishi ularning texnik holati, imkoniyati va bundan keyin ishlatish muddatlarini baholash zarurligi bilan belgilanadi. Bunday obyektlarning vaqti-vaqti bilan o`tkaziladigan ishonchli putur etkazmaydigan nazorati ularning xizmat qilish muddatini uzaytirish va, asosiysi, texnogen avariyalar va halokatlar ehtimolining oldini olish imkonini beradi.
Texnika qurilmalari, binolar va inshootlar parametrlarining chetga chiqish ehtimolining, shu jumladan buning oqibatida ish to`xtab qoladigan yo`l qo`yiladigan doirasida chetga chiqishlarini prognozlashtirish uchun ularning holatini tavsiflaydigan belgilarni aniqlash va o`rganish, shuningdek normal ish rejimi buzilishining o`z vaqtida oldini olish maqsadida ular holatini eksperimental aniqlash usullari va vositalarini ishlab chiqish xavfli ishlab chiqarish obyektlarining ishlab chiqarish tsiklidagi muhim va zarur bosqich hisoblanadi hamda texnik diagnostika deb ataladi. Putur etkazmaydigan nazoratga asoslangan texnik diagnostika usullari texnika qurilmalari, binolar va inshootlar ish qobiliyati va xavfsizligini nazorat qilish jarayonlarini oqilona tashkil etish uchun qo`llaniladi.
Texnik diagnostika ish sharoitlarida konstruktsiyalar, mexanizmlar va elementlarning texnik holati parametrlarini tadqiq etish, shuningdek normal ishlatish sharoitlarida va tabiat hodisalari yoki (inshootni) loyihalashtirish, tayyorlash va ishlatishdagi tashkiliy xatolar bilan belgilanadigan xavfli ish rejimlarida ularning ish qobiliyati va ishonchliligini prognozlashtirish imkonini beradi.
Putur etkazmaydigan nazorat tizimi xavfli ishlab chiqarish obyektlarida qo`llaniladigan va ishlatiladigan texnika qurilmalari, binolar va inshootlardan foydalanish xavfsizligi darajasini oshirishda muhim bo`g’in, tashkil etilishi "Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to`g’risida"gi O`zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishning yo`nalishlaridan biri hisoblangan Sanoat xavfsizligi ekspertizasi tizimining instrumental ishonchli isbotlovchi bazasini ta`minlashning asosi hisoblanadi.
|
| |