Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта




Download 5,48 Mb.
bet117/129
Sana16.02.2024
Hajmi5,48 Mb.
#157537
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   129
Bog'liq
ЙЎНАЛИШГА КИРИШ УМК (2)

13. Seminar mashg‘ulot
Radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash chora-tadbirlari.

Ma’lumki, o‘zidan nur tarqatish va odam organizmida «nurlanish» deb nomlangan kasallikni vujudga keltirishi mumkin bo‘lgan radiatsion materiallar xalq xo‘jaligining bir qator sohalarida turli maqsadlar uchun ishlatilinib kelinmoqda. Bularni saqlash, to‘g‘ri ishlata bilish va tashlab yuborish, qayta ishlash jarayonlarida texnika xavfsizligiga rioya etilmasa, og‘ir oqibatlarga atrof - muhitning radioaktiv ifloslanishiga, odamning, mavjudodlarning halok bo‘lishi va o‘simliklarning yaroqsiz holga kelishiga olib keladi.


Radiatsiyaviy xavfli inshoot – bu muassasa bo‘lib, unda sodir bo‘lgan halokat tufayli ommaviy radiatsion zararlanish holati vujudga kelishi mumkin. Bu turdagi xavfli obyektlarda fuqaro muhofazasining shayligini ta’minlash uchun qonunning ikkinchi moddasida bayon etilganidek radiatsion, kimyoviy va biologik vaziyat ustida kuzatish va laboratoriya nazorati olib borish lozim bo‘ladi.
Radiatsiyaviy avariya - uskuna nosozligi, xodimlarning xatti harakatlari, tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar tufayli kelib chiqishi mumkin. Natijada fuqarolarning belgilangan me’yorlardan ko‘proq nurlanish olishiga yoki atrof muhitning radioaktiv ifloslanishiga, boshqaruvning ishdan chiqishiga sabab bo‘ladi. Bu halokatlarning uch turlari ma’lum:
-bir joyda – bunda radiatsiyaviy xavfli inshootda yo‘l qo‘yilgan nosozlik tufayli radioaktiv xossaga ega bo‘lgan moddalar shu inshootdagi uskunalar chegarasi bo‘lib tashqariga chiqmagan;
- mahalliy – bunda radioaktiv xususiyatga ega bo‘lgan moddalar miqdori yuqori bo‘lib, sanitar himoya hududga tarqalishi mumkin va zarari yuqori bo‘ladi. O‘z miqdoriga ko‘ra shu radiatsion himoya inshooti uchun belgilangan me’yoriy miqdordan oshiq bo‘lib, radioaktivlashgan holatning ta’siri katta hisoblanadi.
-umumiy- radioaktiv himoya inshootida sodir bo‘lgan nosozlik tufayli, halokat katta hududga tarqalishi va odamlarni nurlanishiga olib keladi.
Halokatlar sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan radiatsion himoya inshootlarini turlari ko‘p atom stansiyasi, yadro yoqilg‘isi, ishlab chiqaruvchi korxona, yadro reaktori bo‘lgan ilmiy - tekshirish institutlari va boshqalar.
Radiatsion himoya inshootidagi halokatlarning tavfsiflanishi:
1-tur halokat –birinchi xavfsizlik to‘sig‘ining nosoz holatga kelishi - issiqlik ajratuvchi elementlar qobig‘larining buzilishidir.
2-tur halokat – birinchi va ikkinchi xavfsizlik to‘sig‘ining buzilishi, ya’ni reaktor qobig‘ining buzilishi tufayli radioaktiv moddalar tarqalishiga sharoit yaratilishiga aytiladi.
3-tur halokat – uchchala xavfsizlik to‘sig‘ining buzilishi tufayli vujudga keladi. Birinchi va ikkinchi to‘siq buzilishi tufayli radioaktiv moddalar reaktorining himoya qobig‘i yordamida to‘siladi. Undan o‘tgan moddalar tashqariga chiqib ketib tarqalishi mumkin.
Og‘ir sharoit vujudga kelgan chog‘da, issiqlik yoki yadro portlashi sodir bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Yadro fizikasi instituti hamda radioaktiv chiqindilar saqlanadigan joylar ham radioaktiv xavfli inshootlar hisoblanadi. Bu institut Toshkent viloyati Qibray tumani Ulug‘bek shaharchasida joylashgan. Uning atrofida 3 ta zona belgilangan:
-zaharlanish ehtimoli bor zona (R= 1 km),
-sanitariya muhofaza zonasi (R=3 km)
-kuzatish zonasi (R=15 km)
Respublikamiz hududida yadro obyektlari yo‘q. Ma’lumotlarga ko‘ra respublikada hozirgi radiatsiya holati xavfsiz miqdordadir. Umumiy holatdagi gamma nurlanish miqdori 10 - 30 mkR/soatga teng va aholini yil davomida nurlanish darajasi 90 - 250 mber/yil teng (belgilangan miqdor 500 mber/yil).
Texnogen radionuklid moddalar bilan zararlanish yuqorida bayon etilganidek, quyidagi ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan bog‘liq:
-tarkibida uran moddasi bo‘lgan tog‘ jinslarini qayta ishlash sanoati;
-markaziy qizilqum, Toshkent viloyati Yangiobod aholi punkti, Farg‘ona vodiysi (Moylisoy);
-boshqa foydali tog‘ jinslarini qayta ishlash sanoati (Angren ko‘mir konlari, Navoiy viloyatidagi fosforit konlari, Muruntov va boshqalar);
-bir qator xalq xo‘jalik tarmoqlari (sement ishlab chiqarish, yengil sanoat, geologiya - qidiruv ishlari, metall ishlab chiqarish va boshqa sohalarga) foydalanish uchun boshqa davlatlardan olib kelinadigan nurlanish manbai bo‘lgan radioaktiv moslamalar va ashyolar.
11-jadval
Aniqlangan anomaliyalar va radiatsiyaviy zararli joylari mavjud bo‘lgan ayrim obyektlarni respublikamiz hududi bo‘yicha gamma nurlanish ekspozitsion miqdoriga ko‘ra taqsimlanishi

Obyektlar (shahar va boshqalar)

Aniqlangan barcha maydonlar r/akt bilan zararlangan

Radioaktivlik miqdori, mkR/soat

Ishlov
berilgan

Ishlov
berilmagan

60-100

1000-10000

1000-1000000

Toshkent

207

129

68

4

155

52

Uchquduq

53

48

5

-

52

1

Andijon

38

29

7

-

25

13

Angren

31

23

8

-

21

10

Navoiy

21

1

10

-

16

5

Chirchiq

20

10

4

-

11

9

Samarqand

12

4

7

-

10

2

Bekobod

10

5

4

-

8

2

Olmaliq

8

4

3

-

7

1

Nukus

8

6

2

-

7

1


Download 5,48 Mb.
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   129




Download 5,48 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта

Download 5,48 Mb.