Radioaktiv nurlarning inson organizmiga ta’siri




Download 5,48 Mb.
bet118/129
Sana16.02.2024
Hajmi5,48 Mb.
#157537
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   129
Bog'liq
ЙЎНАЛИШГА КИРИШ УМК (2)

Radioaktiv nurlarning inson organizmiga ta’siri
Radioaktiv moddalar ma’lum xususiy xossalarga ega bo‘lib, inson organizmiga ta’sir qilishi natijasida xavfli vaziyat vujudga kelishi mumkin.
Radioaktiv moddalarning eng xavfli tomoni shundaki, uning ta’siri inson organizmidagi sezish organlari tomonidan sezilmaydi.
Inson radioaktiv nurlar ta’sirida uzoq vaqt ishlashiga qaramasdan ularning zararli ta’sirlarini mutlaqo sezmasligi mumkin. Bu esa insonni mehnatni muhofaza qilish qoidalariga befarq qarashga olib keladi; natijasi esa ayanchli tugaydi. SHuning uchun ham radioaktiv moddalar bilan ishlaganda, ayniqsa, o‘ta ehtiyotkor bo‘lish kerak.
Inson organizmining radioaktiv nurlanishi ichki va tashqi bo‘lishi mumkin. Tashqi tomondan nurlanish ma’lum tashqi nurlanuvchi manba ta’sirida kechganligi sababli, tarqalayotgan nurlarning kirib borish kuchi katta ahamiyatga ega. Kirib borish kuchi katta bo‘lgan nurlarning organizmga zarari ham kuchliroq bo‘ladi.
Ichki nurlanish nur tarqatuvchi moddalar inson organizmining ichki sistemalariga, masalan, emirilgan teri qatlamlari orqali qonga, nafas olish organlari, o‘pkaga va shilimshiq moddaga, ovqat hazm qilish organlariga tushib qolgan taqdirda ro‘y beradi.
Bunda nurlanish nur tarqatuvchi modda qancha vaqt nurlansa yoki qancha vaqt davomida organizmda saqlansa, shuncha vaqt davom etadi. SHuning uchun ham radioaktiv moddalarning katta parchalanish davriga va kuchli nurlanishga ega bo‘lgan moddalar ayniqsa xavfli hisoblanadi.
Radioaktiv nurlanishlarning biologik ta’siri organizmdagi atom va molekulalarning ionlanishi sifatida xarakterlanadi va bu o‘z navbatida har xil kimyoviy birikmalar strukturalarining o‘zgarishiga va normal molekulyar birikmalarda uzilishlar bo‘lishiga olib keladi. Bu o‘z navbatida tirik hujayralardagi modda almashinuvining buzilishiga va organizmda biokimyoviy jarayonlarning ishdan chiqishiga sabab bo‘ladi. Katta kuchdagi nurlanish ta’siri uzoq vaqt davom etsa, ba’zi bir hujayralarning halokati kuzatiladi va bu o‘z navbatida ayrim organlarning, hattoki butun organizmning halokati bilan tugaydi.
Radioaktiv nurlanishlar ta’sirida organizmning umumiy qon aylanish sistemasining buzilishi kuzatiladi. Bunda qon aylanish ritmi susayadi, qonning quyilish xususiyati yo‘qola boradi, qon tomirlari, ayniqsa kapilyar qon tomirlari mo‘rt bo‘lib qoladi, ichki ovqat hazm qilish organlarining faoliyati buziladi, odam ozib ketadi va organizmning tashqi yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish qobiliyati kamayadi.
Radioaktiv moddalarning qo‘lga ta’sir qilishi oldin sezilmaydi. Vaqt o‘tishi bilan qo‘l qurushoq bo‘lib qoladi, unda yorilishlar kuzatiladi, tirnoqlar tushib ketadi.
Radioaktiv nurlarning alьfa va beta nurlari tashqaridan ta’­sir ko‘rsatganda organizmning teri qavati etarlicha qarshilik ko‘rsata oladi. Ammo bu radioaktiv nurlar ovqat hazm qilish organlariga tushib qolganda ularning zararli ta’siri kuchayib ketadi.
Ko‘pchilik radioaktiv moddalar organizmning ba’zi bir qismlarida yig‘ilish xususiyatiga ega. Masalan jigar, buyrak va suyaklarda yig‘ilishi bu organizmlarning tezda ishdan chiqishiga olib keladi.
Ba’zi bir radioaktiv moddalar zaharli bo‘lib, ularning zaharlilik darajasi eng xavfli zararli moddalarnikidan ham yuqori bo‘ladi.
Organizmning nurlanish dozasini hisobga olib radioaktiv moddaning inson organizmidagi miqdorini baholash mumkin.



Download 5,48 Mb.
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   129




Download 5,48 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Radioaktiv nurlarning inson organizmiga ta’siri

Download 5,48 Mb.