Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта




Download 5,48 Mb.
bet120/129
Sana16.02.2024
Hajmi5,48 Mb.
#157537
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   129
Bog'liq
ЙЎНАЛИШГА КИРИШ УМК (2)

15. Seminar mashg‘ulot
Sanoat korxonalarining yong‘in va portlash xavfi bо‘yicha darajalari.

Yong‘in – bu maxsus manbadan tashqarida sodir bo‘ladigan va katta material zarar hamda talofatlar keltirib chiqaradigan nazoratsiz yonish jarayonidir.
Ob’ektning yong‘in xavfliligi deganda, ob’ektning yong‘in sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan holati va yong‘inning oqibatlari tushuniladi.
Ob’ektning yong‘in xavfsizligi deganda, belgilangan me’yorlar va talablar asosida ob’ektda yong‘in sodir bo‘lish xavfi hamda uning xavfli va zararli faktorlarini inson hayotiga ta’siri cheklangan, ob’ektdagi materiallar to‘liq himoyalangan holati tushuniladi.
Yong‘in vaqtida sodir bo‘ladigan turli xil xavfli va zararli omillar ta’sirida material boyliklar nobud bo‘lishi va baxtsiz hodisalar ro‘y berishi mumkin. Yong‘inning xavfli va zararli omillariga asosan quyidagilarni kiritishimiz mumkin: ochiq alanga, atrof-muhitning va yong‘inda qolgan buyumlarning yuqori harorati, yonish vaqtida hosil bo‘ladigan turli xil zaharli gaz va bug‘lar, tutunlar, kislorodning kam kontsentratsiyada bo‘lishi, qurilish konstruksiyalari va materiallarining qulab tushayotgan qismlari, yong‘in vaqtida sodir bo‘ladigan portlash, portlashdagi to‘lqin zarbasi, portlash ta’sirida uchib ketgan materiallar va zararli moddalar va b.
Yuqorida keltirilgan omillarning xavflilik darajasi birinchi navbatda yong‘inning davomiylik vaqtiga bog‘liq bo‘ladi va u quyidagi ifoda orqali aniqlanadi,

bu yerda N – yonuvchi moddalar miqdori, kg/m3; V – moddalarning yonish tezligi, kg/m3 soat.
Agar binoda turli xil qattiq va suyuq materiallar hamda moddalar mavjud bo‘lsa, yong‘inning davomiylik vaqtini quyidagicha aniqlash mumkin,

bu yerda g1, g2 ... gm -turli xil yonuvchi mahsulotlarning miqdori, kg/m2; Sx - binoning yuzasi, m2; So - binodagi derazalarning yuzasi, m2; 6 - bino yuzasining bino derazalari yuzasiga nisbati, Sx/So=4...10; n1,n2,...nm - modda va materiallarning yonish tezligini hisobga olish koeffitsienti, kg/m2soat. Ushbu koeffitsient benzin uchun –15; rezina, orgsteklo uchun –35; avtomobil shinasi uchun- 40; yog‘och materialar uchun – 65 ga teng deb qabul qilinadi.
Ma’lumki yong‘inni o‘chirishga nisbatan uni oldini olish ham oson, ham foydalidir. Shu sababli, har bir mutaxassis, har bir xodim ishlab chiqarishdagi yong‘in sabablarini bilishi, yong‘in xavfsizligi qoidalariga to‘liq rioya qilishi va yong‘inni oldini olishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishi zarur. Shunga bog‘liq holda ob’ektning yong‘in xavfsizligi - yong‘inni oldini olish sistemasi, yong‘inga qarshi himoya sistemasi, yong‘inning tarqalishini oldini olish sistemasi va tashkiliy-texnik tadbirlar orqali ta’minlanadi.
Yong‘inni oldini olish tizimi – yong‘in sodir bo‘lish sharoitlarini bartaraf etishga qaratilgan tashkiliy tadbirlar va texnik vositalar majmuidan iboratdir.
Ushbu tadbirlar ishlab chiqarishda mumkin qadar ko‘proq yonmaydigan va qiyin yonadigan materiallarni ishlatish, texnologik jarayonlarni to‘liq mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, yong‘inga xavfli qurilmalar o‘rnatilgan xonalarni yonmaydigan materiallar bilan boshqalardan ajratish yoki ularni mumkin qadar tashqarida o‘rnatish, yonuvchi moddalar uchun germetik idishlar va jihozlardan foydalanish, bino havosi tarkibidagi yonuvchi gaz, bug‘ va changlar miqdorini ruhsat etilgan darajada saqlash, isitish jihozlaridan to‘g‘ri foydalanish va shu kabi boshqa tadbirlar orqali amalga oshiriladi.
Yonuvchi muhitda yong‘inga olib keluvchi manbaning hosil bo‘lishini oldini olish esa, ishlab chiqarishda yong‘in manbasini hosil qilmaydigan mashinalar, mexanizmlar va jihozlardan foydalanish, mashina va mexanizmlardan foydalanish qoidalari va rejimlariga to‘liq rioya etish, elektr statik zaryadlari va yashinga qarshi himoya vositalaridan foydalanish, materiallar va moddalarning issiqlik ta’sirida, ximiyaviy va mikrobiologik usulda o‘z-o‘zidan alangalanish sharoitlarini bartaraf etish, belgilangan yong‘inga qarshi tadbirlarni to‘liq amalga oshirish, bino chegarasini davriy ravishda tozalab turish kabi tadbirlar orqali amalga oshiriladi.
Yong‘inga qarshi himoya tizimi - yong‘in o‘chirish jihozlari va texnikalaridan, yong‘inning xavfli omillaridan himoya qiluvchi shaxsiy va jamoa himoya vositalaridan, yong‘in signalizatsiyasi va yong‘in o‘chirish tizimining avtomatik qurilmalaridan foydalanish, ob’ektning konstruksiyalari va materiallariga yong‘indan himoyalovchi tarkibli bo‘yoqlar bilan ishlov berish, tutunga qarshi himoya sistemalari, evakuatsiya yo‘llari bo‘lishini ta’minlash, binoning yong‘in mustahkamliligi darajasini to‘g‘ri tanlash kabi tadbirlarni o‘z ichiga oladi.
Yong‘inning tarqalishini oldini olish tizimi - yong‘inga qarshi to‘siqlarni o‘rnatish, qurilmalar va inshootlarda avariya holatida o‘chirish va qo‘shish jihozlaridan va yong‘indan to‘suvchi vositalardan, yong‘in vaqtida yonuvchi suyuqliklarning to‘kilishini oldini oluvchi vositalardan foydalanish kabi tadbirlar orqali amalga oshiriladi.
Tashkiliy-texnik tadbirlarga yong‘indan- himoyalanish xizmatini tuzish, uni texnik jihozlar bilan ta’minlash, yong‘in xavfsizligi bo‘yicha ob’ektdagi moddalar, materiallar, jihozlar, qurilmalar va texnologik jarayonlarni pasportlashtirish, yong‘in muhofazasi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash va ularni o‘qitish, yong‘in xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnomalar va aholi o‘rtasida turli xil tadbirlar o‘tkazish, yong‘inga qarshi ko‘rsatmalar ishlab chiqish va boshqa shu kabi tadbirlar kiradi.



Download 5,48 Mb.
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   129




Download 5,48 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта

Download 5,48 Mb.