• Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi
  • Sanoatgeokontexnazorat” agentligi
  • Respublika sanitariya-epidemiologiya nazorati
  • O‘zbekiston Respublikasi energetika va elektrlashtirish Davlat aksionerlik jamiyati
  • Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта




    Download 5,48 Mb.
    bet128/129
    Sana16.02.2024
    Hajmi5,48 Mb.
    #157537
    1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   129
    Bog'liq
    ЙЎНАЛИШГА КИРИШ УМК (2)

    18. Seminar mashg‘ulot
    Iqtisodyot tarmoqlarida mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bо‘limlari ish faoliyatini о‘rganish.

    Mehnat muhofazasi bo‘yicha qonunlarning bajarilishini nazorat qilib turish quyidagi davlat tashkilotlariga yuklatilgan:


    1. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi.
    2. “Sanoatgeokontexnazorat” Davlat inspeksiyasi.
    3. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining sanitariya epidemiologiya nazorati.
    4. Respublika Ichki ishlar vazirligining yong‘indan muhofaza qilish Bosh boshqarmasi.
    5. O‘zbekiston Respublikasi energetika va elektrlashtirish Davlat aksionerlik jamiyati.
    Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi korxonalarda xavfsiz ishlash, texnika xavfsizligi bo‘yicha me’yyor qoidalariga, sanoat sanitariyasi va mehnat gigienasiga hamda mehnat qonunchiligiga rioya qilish masalalarini nazorat qiladi. Har bir tarmoq o‘z texnik inspektoriga ega.
    Sanoatgeokontexnazorat” agentligi bug‘ qozonlarining to‘g‘ri ishlashini, bosim ostida ishlaydigan idishlarni, yuk ko‘tarish mashinalari (ko‘tarma kranlar, liftlar), ekskovatorlar, gaz uskunalari magistral quvurlari ishini va portlovchi moddalarni ishlatish, saqlash va tashish ishlarini nazorat qiladi.
    Respublika sanitariya-epidemiologiya nazorati havo, suv va tuproqni ifloslanishdan ogohlantirish, shovqin va titrashni yo‘qotish,ssexlarning sanitariya holatlarini yaxshilash (harorat, nisbiy namlik, yoritilganlik va h.k.) ishlarini nazorat qiladi.
    Davlat yong‘in nazorati yong‘inga qarshi tadbirlarni, ut o‘chirish vositalarining holatini, yong‘in haqida xabar berish vositalarining ishini nazorat qiladi.
    O‘zbekiston Respublikasi energetika va elektrlashtirish Davlat aksionerlik jamiyati korxonalardagi energiya tizimlarining texnik ekspluatatsiyasini va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilishni nazorat qiladi.
    Barcha ishlab chiqarish korxonalarida uch pog‘onali nazorat amalga oshiriladi.
    I pog‘ona – har kuni usta jamoatchi-nazoratchi birgalikda sexdagi ish joylarini aylanib chiqib, uchragan kamchiliklarni tuzatish choralarini ko‘radilar.
    II pog‘ona – har hafta sex boshlig‘i katta jamoatchik nazoratchi bilan birgalikda sexdagi ish joylarini aylanib chiqib, uchragan kamchiliklarni tuzatish choralarini ko‘radi.
    III pog‘ona – oyda bir marta korxona bosh muhandisi mehnat muhofazasi muhandisi bilan birgalikda ish joylarini aylanib chiqadilar. Bu nazorat bo‘yicha korxonada qaror chiqariladi.
    Barcha korxona, tashkilot, muassasa, vazirliklar va tarmoqlarda mehnat muhofazasi qonunlari bajarilishining oliy nazorati. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga yuklatilgan.



    Download 5,48 Mb.
    1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   129




    Download 5,48 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта

    Download 5,48 Mb.