Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта




Download 5,48 Mb.
bet119/129
Sana16.02.2024
Hajmi5,48 Mb.
#157537
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   129
Bog'liq
ЙЎНАЛИШГА КИРИШ УМК (2)

14. Seminar mashg‘ulot
Elektr toki va uni inson salomatligiga ta’siri.

Umumiy baxtsiz hodisalar ichida, elektr tokidan jarohatlanish taxminan 5% tashkil qiladi. Lekin, elektr jarohatlanish ichida og‘ir turli, ayniqsa o‘lim bilan tugaydigan hodisalar 70-75% tashkil qiladi. Elektr hodisalarni asosiy soni, kuchlanishi 1000V gacha bo‘lgan elektr uskunalarga to‘g‘ri keladi. Buni sababi kuchlanishi 1000V gacha bo‘lgan elektr uskunalar keng tarqalgan bo‘lib, ularni ishlatadigan xodimlarni elektr texnikaviy tayyorlanishi past darajada. Kuchlanish 1000 V dan ortiq bo‘lgan elektr jarohatlarni soni ancha kam, va ularga xizmat qiladigan xodimlar mahsus o‘rgatilgan va tayyorlangan, sababli baxtsiz hodisalar ham deyarli kam sodir bo‘ladi.


Elektr tok ta’siri natijasida inson tanasini shikastlanishi elektr jarohat deb ataladi. Elektr tokning xatarligi shuki, inson o‘z sezguvchi organlari bilan, kuchlanishni bor-yo‘qligini aniqlamaydi. Odam faqat elektr kuchlanish ostida qolgandan keyin himoyalovchi reaksiyasi kechikib ishga tushadi.
Insonni elektr tokidan jarohatlanishi sabablari quyidagicha: izolyasiya qilinmagan tok o‘tkazuvchi qismlarga tasodifan tegib ketishi; izolyasiyasi lat yegan sababi metal qismlarga tokni o‘tib ketishi; kuchlanish ostida qolgan metalmas buyumlardan, qadamli kuchlanishdan va elektr yoyi orqali.
Inson tanasidan o‘tayotgan tok: termik, elektrolitik, biologik ta’sirini va mehanik jarohatlanish olishi mumkin.
Termik ta’siri - teri to‘qimasining hujayrasini qizishidan kuydirishigacha olib kelishi mumkin.
Elektrolitik ta’siri - organizmning suyuqliklari parchalanishi natijasida qonning va hujayralarning kimyoviy va fizik hususiyatlari o‘zgarilishi kuzatiladi.
Biologik ta’siri - tanani bioenergetik jarayonini buzilishi, ya’ni tirik hujayralarni to‘lqinlanishi va mushaklarni keskin qisqarishiga olib keladigan holat.
Elektr tok bilan shikastlanishni ikki turini ko‘rsatish mumkin: elektr jarohat va elektr zarb.
Elektr jarohatlanishi - insonni tanasini ayrim joylarini shikastlanishi, elektr kuyishi, elektr belgilari va terini metallanishini ko‘rinishlariga ega.
Inson tanasidan tok o‘tishi natijasida tanani qizishi - elektr kuyish deb ataladi. Tanani ichki va tashqi qismi kuyishi mumkin(1,2 va 3 rasmlar). Jarohat olish sharoitlariga ko‘ra kontakt, yoyli va aralash kuyishlarga ajratiladi.



1 - rasm. Inson tanasidan tok o‘tishi natijasida tanani elektr kuyishi


Teri yuzasidagi kul yoki oq-sariq rangli dog‘lar elektr belgilar deb ataladi. Shu dog‘lar tanani elektr o‘tkazgich qismlar bilan tutashgan joylarda hosil bo‘ladi. Ular ko‘pincha og‘riqsiz bo‘ladi, vaqt o‘tishi bilan o‘tib ketadi.



2 -rasm. Yashin shakldagi elektr belgili ko‘rinishi


Tok ta’sirida metallarni zarrachalari bo‘g‘lanib, teri yuzasini qoplab oladi. Lat yegan qismini yuzasi g‘adir-budir bo‘lib qoladi. Shu holat elektr metallanish deb ataladi. Bu holat inson tanasi uchun xatarli emas, lekin ko‘zni metallanishi xavfli bo‘ladi.





3 -rasm. Tok ta’sirida ter yuzasini elektr metallanishi


Yuqorida aytilgandan tashqari mehanik shikastlanishlar va elektroftalmiya ham elektr jarohatlanishiga kiradi. Tok o‘tishi vaqtida mushaklarni keskin qisqarishi natijasida terini, qon tomirlarini va nervlarini yorilishiga, suyaklarni sinishiga va tobiqlarni chiqishiga sabab bo‘ladi.Yoydan chiqayotgan ultra-binafsha nurlari natijasida ko‘zni shamollashi еlektroftalmiya deb aytiladi.


Elektr tokni ta’siri natijasida tirik to‘qimalarni to‘lqinlatib mushaklarni keskin qisqartirishiga olib keladigan holat elektr zarb deb ataladi. Odamni tok urish holati to‘rt darajada baholanadi:
I – darajada odam hushidan ketmagan holda yeqilib tushish, mushaklarni qisqartirishiga olib keladi;
II – darajada odamning nafas olishi va yurak faoliyatiga ta’sir etilmagan holda hushdan ketish;
III – darajada nafas va yurak faoliyatiga ta’sir etilgan holda hushdan ketish;
IV – darajada elektr shok, qon aylanishi va nafas olish to‘xtab, klinik o‘lim yuz beradi.
Klinik o‘lim-bu odamni tirik va o‘lim orasidagi holat, shu holatida yurakni faoliyati va nafas olishi to‘xtaydi, insonda hech qanday hayot alomatlari sezilmaydi. Klinik holati 6-8 minut davom etadi. Shu davrida hech qanday yordam bermagan taqdirda miyani hujayralari parchalanib qaytarilmas-biologik o‘limiga o‘tib ketadi.



Download 5,48 Mb.
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   129




Download 5,48 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта

Download 5,48 Mb.