• Ekspertiza tizimining asosiy vazifalari va uning qatnashchilarining funksiyalari
  • Sanoat xavfsizligi ekspertizasi tizimi qatnashchilari




    Download 5,48 Mb.
    bet116/129
    Sana16.02.2024
    Hajmi5,48 Mb.
    #157537
    1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   129
    Bog'liq
    ЙЎНАЛИШГА КИРИШ УМК (2)

    Sanoat xavfsizligi ekspertizasi tizimi qatnashchilari
    Quyidagilar ekspertiza tizimi qatnashchilari hisoblanadi:
    -sanoat xavfsizligi sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi;
    -O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida" 2008 yil 29 maydagi 114-son qarori bilan tashkil etilgan Sanoat xavfsizligi bo‘yicha idoralararo kengash;
    -Muvofiqlashtiruvchi-maslahat organi "Sanoatgeokontexnazorat" davlat inspeksiyasining "Sanoat xavfsizligi" ko‘maklashish markazi;
    -"Sanoatgeokontexnazorat" davlat inspeksiyasi tomonidan tashkil etiladigan metodik kengash;
    -"Sanoatgeokontexnazorat" davlat inspeksiyasi tomonidan tashkil etiladigan normativ hujjatlar bilan ta`minlash komissiyasi;
    -akkreditatsiya qilingan ekspert tashkilotlari;
    -sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlar;
    -xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlar.


    Ekspertiza tizimining asosiy vazifalari va uning qatnashchilarining funksiyalari
    Quyidagilar ekspertiza tizimining asosiy vazifalari hisoblanadi:
    -xavfli ishlab chiqarish obyektini qurish, kengaytirish, qayta qurish, texnik jihatdan qayta jihozlash, konservatsiyalash va tugatishga doir loyiha hujjatlari, xavfli ishlab chiqarish obyektida qo‘llaniladigan texnika qurilmalari, xavfli ishlab chiqarish obyektidagi binolar va inshootlar, sanoat xavfsizligi deklaratsiyalari va xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanish bilan bog‘liq boshqa hujjatlar mustaqil, holisona va betaraf ekspertiza qilinishi uchun huquqiy muhit yaratish;
    -respublikaning xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat avariyalari ehtimolini prognozlashtirish va ularning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini baholash;
    -xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat avariyalarining oldini olishga yo‘naltirilgan maqsadli va kompleks ilmiy-texnik dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, ularning xodimlari va aholi xavfsizligini ta`minlash, xavfli texnologiyalar va ishlab chiqarishlar xavfini kamaytirish, xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanayotgan iqtisodiyot tarmoqlari, tashkilotlar barqaror faoliyat ko‘rsatishini oshirish;
    -ekspert tashkilotlari, ekspertlar, shu jumladan sanoat xavfsizligi ekspertizasi natijalari to‘g‘risidagi ma`lumotlarni to‘plash, tizimlashtirish va hisobga olish;
    -xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanayotgan tashkilotlarning respublikadagi mavjud akkreditatsiya qilingan ekspert tashkilotlari to‘g‘risida xabardorligini kengaytirish;
    -sanoat xavfsizligi ekspertizasi sohasidagi xalqaro hamkorlik.
    Quyidagilar sanoat xavfsizligi sohasida maxsus vakolatli davlat organining asosiy funksiyalari hisoblanadi:
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda Sanoat xavfsizligi bo‘yicha idoralararo kengash tarkibini tasdiqlash;
    -sanoat xavfsizligi talablarini belgilash;
    -sanoat xavfsizligi ekspertizasi xulosalarini tasdiqlash;
    Ekspertiza tizimi qatnashchilarining faoliyatini tartibga soladigan tashkiliy-metodik hujjatlarni ma`qullash;
    -sanoat xavfsizligi sohasida ekspertiza tizimi va akkreditatsiyaning yagona qoidalari va tartib-qoidalarini belgilash va tasdiqlash, ularga rioya qilinishi ustidan nazorat qilish;
    -sanoat xavfsizligi ekspertizasi va akkreditatsiya sohasida mamlakatimizning hamda xorijning organlari va tashkilotlari bilan hamkorlik qilish;
    -sanoat xavfsizligi sohasida ekspertlarni akkreditatsiya qilish, nazorat yo‘sinida tekshirish va attestatsiyadan o‘tkazish, shuningdek ekspertiza kengashini normativ hujjatlar bilan ta`minlash komissiyalari tarkiblarini tasdiqlash;
    -sanoat xavfsizligi sohasida ekspertiza tizimini takomillashtirish dasturlari loyihalarini ishlab chiqish va ularni ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish;
    sanoat xavfsizligi sohasida ekspertlarni attestatsiyadan o‘tkazish va ular faoliyatini nazorat qilish;
    Xavfli ishlab chiqarish obyektlari davlat reestrini yuritish;
    -sanoat xavfsizligi sohasida ekspertlarni, ekspertiza xulosalari va xavfsizlik deklaratsiyalarini hisobga olish;
    O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda ekspert tashkilotlarini akkreditatsiya qilish va ularni nazorat yo‘sinida tekshirish uchun haq to‘lash tartibini belgilash;
    -sanoat xavfsizligi sohasida ekspertiza o‘tkazish va akkreditatsiya qoidalari buzilgan taqdirda sanoat xavfsizligi sohasida ekspertning guvohnomasi amal qilishini va ekspertiza xulosasini bekor qilish yoki to‘xtatib qo‘yish;
    -sanoat xavfsizligi sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
    -sanoat xavfsizligi sohasida ekspertlarni maxsus tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazishning umumiy qoidalarini belgilash;
    -ekspertiza va attestatsiya qoidalariga rioya qilish masalalari bo‘yicha huquqni muhofaza qilish va nazorat qiluvchi organlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish.
    Ko‘rsatib o‘tilgan funksiyalarni amalga oshirish uchun sanoat xavfsizligi sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi tadqiqot, ilmiy-texnik, jamoat tashkilotlarini jalb etish huquqiga ega.
    Quyidagilar muvofiqlashtiruvchi-maslahat organlarining asosiy funksiyalari hisoblanadi:
    Ekspertiza tizimi barcha qatnashchilarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
    Ekspertiza tizimida va akkreditatsiyada amal qiladigan normativ hujjatlarni rasmiylashtirish va nashr etishni tashkil etish;
    -akkreditatsiya qilingan ekspert tashkilotlarining hisobga olish ma`lumotlari e`lon qilinishini tashkil etish;
    -ekspert tashkilotlari faoliyati, ekspertiza tizimining normativ-metodik bazasi holati to‘g‘risidagi ma`lumotlarni tahlil qilish va umumlashtirish;
    Ekspertiza tizimi qatnashchilari va a`zolarini sanoat xavfsizligi sohasidagi axborot bilan ta`minlashda ko‘maklashish;
    -sanoat xavfsizligi sohasida qoidalar, tartiblar va akkreditatsiya mezonlari bo‘yicha manfaatdor tashkilotlar, yuridik va jismoniy shaxslarga maslahatlar berish;
    Sanoat xavfsizligi bo‘yicha idoralararo kengashga ekspertiza tizimi qoidalari va nizomlarini takomillashtirishga doir takliflar kiritish;
    -zamonaviy xalqaro talablarga javob beradigan ekspertiza tizimini tashkil etishga doir tashkiliy ishlarni amalga oshirish.
    Quyidagilar metodik kengashning asosiy funksiyalari hisoblanadi:
    -sanoat xavfsizligini ta`minlash bo‘yicha normativ-texnik, tashkiliy-metodik va boshqa hujjatlarni qayta ko‘rib chiqishga doir takliflar kiritish;
    -har xil tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan sanoat xavfsizligini ta`minlash bo‘yicha tashkiliy-metodik va boshqa hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqish va tahlil qilish;
    -amal qilish muddati tamom bo‘lgan normativ texnik hujjatlarga tuzatish kiritish, amal qilish muddatini uzaytirish, amal qilishini to‘xtatish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;
    -xavfli ishlab chiqarish obyektlari faoliyatiga tegishli bo‘lgan normativ texnik hujjatlarning amalga kiritishga tayyorligi bo‘yicha tavsiyalar va asosli xulosalar kiritish;
    -sanoat xavfsizligi ekspertizasi sohasida ishlarni tashkil etish va amalga oshirish masalalari bo‘yicha Sanoat xavfsizligi bo‘yicha idoralararo kengashga takliflar kiritish va ularni muhokama qilish;
    -sanoat xavfsizligi sohasida, shu jumladan ekspertiza tizimi sohasida normativ baza hisobga olinishi va dolzarblashtirilishini tashkil etish;
    -xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanayotgan tashkilotlarning xodimlarini, shuningdek sanoat xavfsizligi sohasida ekspertlarni tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil etish.
    Metodik kengashning ishchi organi funktsiyasini "Sanoatgeokontexnazorat" davlat inspektsiyasining "Kontexnazorato‘quv" ilmiy-texnik markazi davlat inspektsiyasining tarmoq inspektsiyalari bilan birgalikda bajaradi.
    Quyidagilar normativ hujjatlar bilan ta`minlash komissiyasining asosiy funksiyalari hisoblanadi:
    Ekspertiza kengashi qatnashchilari faoliyatining tartibga soluvchi hujjatlar talablariga muvofiqligini tasdiqlaydigan chora-tadbirlarni rejalashtirish va amalga oshirish;
    -sanoat xavfsizligi, shu jumladan ekspertiza tizimi sohasida yagona, tashkiliy va tarmoq qoidalari ishlab chiqilishi va qayta ko‘rib chiqilishini tashkil etish.
    Quyidagilar akkreditatsiya qilingan ekspert tashkilotlarining asosiy funksiyalari hisoblanadi:
    -ular asosida ekspertiza o‘tkaziladigan normativ texnik hujjatlarni, normativ-huquqiy hujjatlarni tanlash va ular fondini yuritish;
    -xavfli ishlab chiqarish obyekti identifikatsiya qilinishi, ekspertiza qilinishi va deklaratsiyalanishini tashkil etish va amalga oshirish;
    -ekspertiza xulosasini rasmiylashtirish va berish;
    -berilgan ekspert xulosalari reestrlarini yuritish;
    -ekspertiza bo‘yicha mehnat sarfining hisoblangan normativlari va ishlar qiymatini belgilash.
    Ekspert tashkiloti sifatida ekspertiza tizimi qoidalarini bajarayotgan va tegishli talablarga javob beradigan mulkchilikning istalgan shaklidagi tashkilot akkreditatsiya qilinishi mumkin.

    Quyidagilar sanoat xavfsizligi sohasida attestatsiyadan o‘tkazilgan ekspertlarning asosiy funksiyalari hisoblanadi:


    -xavfli ishlab chiqarish obyektini identifikasiyalash va deklarasiyalash ishlarini bajarish;
    -ekspertiza bo‘yicha ishlarni bajarish;
    -ekspertiza o‘tkazishda sinovlarda qatnashish;
    -akkreditatsiya bo‘yicha vakolatli organ - "Sanoatgeokontexnazorat" davlat inspeksiyasining topshirig‘i bo‘yicha ekspert tashkilotlarini akkreditatsiya qilish, ular faoliyati ustidan nazorat yo‘sinida tekshirish bo‘yicha komissiyalarda qatnashish.
    Quyidagilar xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanayotgan tashkilotlarning asosiy funksiyalari hisoblanadi:
    -sanoat xavfsizligi sohasida qonun hujjatlaridagi, shuningdek normativ texnik hujjatlardagi talablarga rioya qilish;
    -xavfli ishlab chiqarish obyektlari xodimlarini tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazishni ta`minlash;
    -sanoat xavfsizligi ekspertizasi o‘tkazilishini, shuningdek belgilangan muddatlarda va qonun hujjatlariga muvofiq sanoat xavfsizligi sohasida alohida vakolatlarga ega bo‘lgan maxsus vakolatli davlat organi yoki boshqa davlat organlarining belgilangan tartibda taqdim etiladigan ko‘rsatmasi bo‘yicha xavfli ishlab chiqarish obyektida qo‘llaniladigan inshootlar va texnika qurilmalari diagnostikasi, sinovi, tekshirilishini ta`minlash;
    -xavfli ishlab chiqarish obyektlari identifikatsiyalanishini ta`minlash;
    -belgilangan tartibda sanoat xavfsizligi deklaratsiyalarini ishlab chiqish va tasdiqlash;
    -xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariyalar va noxush hodisalar hisobini yuritish.
    Ekspertiza tizimi qatnashchilarining faoliyati ular to‘g‘risidagi tegishli nizomlar bilan tartibga solinadi.


    Download 5,48 Mb.
    1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   129




    Download 5,48 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sanoat xavfsizligi ekspertizasi tizimi qatnashchilari

    Download 5,48 Mb.