• Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash
  • Sanoat iqtisodiyoti va menejment




    Download 5,48 Mb.
    bet96/129
    Sana16.02.2024
    Hajmi5,48 Mb.
    #157537
    1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   129
    Bog'liq
    ЙЎНАЛИШГА КИРИШ УМК (2)

    Sanoat iqtisodiyoti va menejment:
    Sanoat iqtisodiyoti: О‘zbekiston iqtisodiy siyosatining asosiy ustuvor yо‘nalishlari, soha rivojining shu kundagi ahvoli, integratsion jarayonlarning ta’siri, talab va taklif nazariyasidan foydalanish, talab va taklifning qayishqoqligi, raqobatli bozorlarning samaradorligi, narxni tashkil qilish siyosati, monopolistik va takomil raqobat sharoitlarida narxni tashkil qilish tamoyillari, ishlab chiqarish va ishlab chiqarish omillari, ishlab chiqarish omillarining bir-birining о‘rnini bosishi, ishlab chiqarish masshtablarining samarasi, asosiy va aylanma vositalar strukturasi va foydalanish kо‘rsatkichlari, investitsiya loyihalarini baholash usullari, investitsiyalarni jalb qilish;
    menejment: bozor iqtisodiyotida korxonalar; korxonani boshqarish asoslari; biznes-reja strukturasi; korxonani boshqarishdagi iqtisodiy-matematik usullar; boshqaruvchi xodimlarni shakllantirish jarayoni, boshqaruvchilik kompetensiyasi, yakka va umumiy boshqarish, hududiy va sohaviy boshqarish, qarorlarni qabul qilish jarayoni; korxonaning hayot sikli, korxona genetikasi; korxonalarda hisob-kitob, hisob-kitob turlari, korxona balansi; moddiy-texnik ta’minotni tashkil qilish va rejalashtirish, funksional-narx tahlil usuli;
    mehnat resurslari, sohaning mehnat resurslariga bо‘lgan talablarni bashorat qilish, mehnat unumdorligining о‘zgaruvchan omillari, mehnatga haq tо‘lash tizimlari va ularning mehnat unumdorligini oshirishdagi rag‘batlantiruvchi roli, ishlab chiqarish chiqimlari, iqtisodiy chiqim, ishlab chiqarishning vaqtinchalik chiqimlari, qisqa muddatli va uzoq muddatli davrdagi chiqimlar, tannarx turlari, ilmiy-texnikaviy progress, innovatsiya jarayonining xususiyatlari, innovatsiyalarni rag‘batlantirish mexanizmlari.
    Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash:
    Standartlashtirish maksadi. О‘zbekiston Respublikasida standartlashtirish xizmati qonuni. Standartlashtirish bо‘yicha davlat tizimi. Standartlashtirishning turlari, toifalari va usullari. Standart, ularni ishlab chiqish, kelishtirish, tasdiqlash, rо‘yxatdan о‘tkazish tartib va qoidalari. О‘zbekiston Respublikasida “О‘zstandart” agentligi tashkiloti haqida. Standartlashtirish va ekologiY. Texnik jihatdan tartibga solish. Texnik jihatdan tartibga solish tizimini amaliyotga tadbiq etishning ilmiy asoslari, hozirgi kundagi holati, istiqbolli yо‘nalishlari va ularni amalga oshirishdagi muammolar tо‘g‘risida.
    Texnik jihatdan tartibga solish mexanizmi va tizimini joriy etish zarurati. Texnik jihatdan tartibga solish tizimining asosiy prinsiplari. О‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish tizimini joriy etish muammolari. Ishlab chiqarish va uning tarmoqlarida metrologik xizmat va ta’minot, metrologiya va standartlashtirish bо‘yicha xalqaro tashkilotlar. Metrologiya bо‘yicha asosiy atamalar. Kattaliklar, ularning о‘lchamliligi, birliklar, xalqaro birliklari tizimi, birliklar va о‘lchamlarini belgilash va yozish qoidalari, kattalik birliklarini hosil qilish, qayta tiklash va ularning о‘lchamlarini uzatish. О‘lchash usullari va turlari, о‘lchash vositalari va ularning turlari. О‘lchashlarning sifat mezonlari, о‘lchash xatoliklari va ularning tabaqalanishi, bartaraf etish usullari. О‘lchashlar noaniqligini baholash. О‘lchashlar noaniqligi bо‘yicha atamalar, noaniqlikni baholash usullari. О‘lchash asboblarining aniqlik klasslari, ularning metrologik tavsiflari, о‘lchash asboblarining klassifikatsiyasi.
    Sertifikatlashtirish, sertifikatlashtirish bо‘yicha asosiy tushunchalar va atamalar, sertifikatlashtirishning asosiy sxemalari. Ularni qо‘llash qoidalari. Ixtiyoriy va majburiy sertifikatlashtirish. Mahsulot sifati, uning ta’rifi, sifat kо‘rsatkichlari, sifat xalqasi va sifatni boshqarish asoslari. Xalqaro ISO 9000 seriyasidagi standartlar bо‘yicha mahsulot sifatini boshqarish ishlarini tashkil etish. Ekspert-auditorlar. Ularning vazifalari, majburiyatlari va javobgarliklari. Ularga qо‘yiladigan talablar.

    Download 5,48 Mb.
    1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   129




    Download 5,48 Mb.