• Informatika va axborot texnologiyalari
  • Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта




    Download 5,48 Mb.
    bet94/129
    Sana16.02.2024
    Hajmi5,48 Mb.
    #157537
    1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   129
    Bog'liq
    ЙЎНАЛИШГА КИРИШ УМК (2)

    Oliy matematika:
    algebra: asosiy algebraik tuzilmalar, ayrim vektorli fazoviy va chiziqli ifodalar, Bul algebrasi;
    geometriya: analitik geometriya, kо‘p о‘lchamli Yevklid geometriyasi, chiziqlar va sirtlarning differensial geometriyasi, topologiya elementlari;
    diskret matematika: mantiqiy hisoblashlar, grafiklar, algoritmlar nazariyasi;
    analiz: differensial va integral hisoblash, funksiya nazariyasi va fuknsional tahlil elementlari, kompleks о‘zgaruvchilar funksiyalari nazariyasi, differensial tenglamalar;
    ehtimollik va statistika: ehtimollik nazariyasining matematik asoslari, tasodifiy jarayonlarning modellari, farazlarni tekshirish, yuqori tartib о‘xshatishlar tamoyili, eksperimental ma’lumotlarga ishlov berishning statistik usullari.
    Informatika va axborot texnologiyalari:
    axborot tushunchasi: axborot tо‘plash, uzatish, qayta ishlash va jamg‘arish jarayonlarining umumiy tavsifi; informatsion jarayonlarni amalga oshirishning texnikaviy va dasturaviy vositalari; funksional va hisoblash masalalarini yechish modellari; algoritmlash va dasturlash; yuqori darajadagi dasturlash tillari; ma’lumotlar bazasi; dasturaviy ta’minot va dasturlash texnologiyasi; kompyuter grafikasi asoslari.
    Fizika:
    mexanikaning fizik asoslari: klassik mexanikada holat tushunchasi, harakat qonunlari, saqlanish qonunlari, relyativ mexanika asoslari, mexanikada nisbiylik tamoyili, qattiq jism, suyuqlik va gazlar kinematikasi va dinamikasi;
    elektr va magnetizm: vakuumda va moddada elektrostatika va magnetostatika, integral va differensial kо‘rinishdagi Maksvell tenglamalari, moddiy tenglamalar, kvazistatsionar toklar, elektrodinamikada nisbiylik tamoyili;
    tebranish va tо‘lqinlar fizikasi: garmonik va nogarmonik ossillyator, spektral yoyilmaning fizikaviy ma’nosi, tо‘lqin jarayonlari kinematikasi, tо‘lqinlar interferensiyasi va difraksiyasi, Furye optikasi elementlari;
    kvant fizikasi: korpuskulyar-tо‘lqin dualizmi, noaniqlik tamoyili, kvant holatlari, superpozitsiya tamoyili, harakatning kvant tenglamalari, fizikaviy kattaliklar operatorlari, atomlar va molekulalarning energetik spektri, kimyoviy bog‘lanish tabiati;
    statik fizika va termodinamika: termodinamikaning uch qonuni, holatning termodinamik funksiyalari, fazoviy muvozanatlar va fazoviy о‘zgarishlar, muvozanatsiz termodinamika elementlari, klassik va kvant statikasi, kinetik hodisalar, zaryadlangan zarralar tizimlari, kondensatsiyalashgan holat.
    Kimyo:
    kimyoviy tizimlar: eritmalar, dispers tizimlar, elektrkimyoviy tizimlar, katalizatorlar va katalitik tizimlar, polimerlar va oligomerlar;
    kimyoviy termodinamika va kinematika: kimyoviy jarayonlar energetikasi, kimyoviy va fazoviy muvozanat, reaksiya tezligi va uni boshqarish metodlari, tebranuvchi reaksiyalar;
    moddalarning reaksiyaga kirishish qobiliyati: kimyo va elementlarning davriy tizimi, moddalarning kislotali-asosli va oksidlanish-qaytarilish xossalari, kimyoviy bog‘lanish, komplimentarlik;
    kimyoviy identifikatsiya: sifatiy va miqdoriy tahlil, analitik signal, kimyoviy, fizikaviy-kimyoviy va fizikaviy tahlil.

    Download 5,48 Mb.
    1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   129




    Download 5,48 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта

    Download 5,48 Mb.