|
Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта
|
bet | 160/201 | Sana | 20.06.2024 | Hajmi | 7,87 Mb. | | #264582 |
Bog'liq Αquv – uslubiy majmuaning tarkibiIsh haqi saqlanmagan holda ta’til berish. Oilaviy va boshqa uzrli sabablarga ko‘ra, xodimning arizasiga binoan,
ma’muriyat unga ish haqi saqlanmagan holda qisqa muddatli
ta’til berishi mumkin. Zarur hollarda tomonlarning kelishuvi bilan bu ta’til ishlab chiqarish sharoitlariga va imkoniyatlariga qarab xodim tomonidan keyinchalik ishlab berilishi mumkin.
Ауоllаr va yoshlar mehnatini muhofaza qilish
Ayollar mehnati. Og‘ir ishlarda va mehnat sharoiti zararli bo‘lgan ishlarda, shuningdek, yer osti ishlarida ayollar mehnatini qo‘llash taqiqlanadi. Yer ostidagi ba’zi ishlar (jismoniy bo‘lmagan yoki sanitariya va maishiy xizmat ko‘rsatish ishlari) bundan mustasnodir.
Nogiron bolani tarbiyalayotgan ota-onadan biriga (vasiy, homiyga) 16 yoshga to‘lgunga qadar ijtimoiy sug‘urta mablag‘lari hisobidan bir kunlik ish haqi miqdorida
haq to‘langan holda oyiga qo‘shimcha bir dam olish kuni beriladi.
Tibbiyot xulosasiga muvofiq homilador ayollarni ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish me’yorlari
kamaytiriladi yoki ular yengilroq bo‘lgan hamda noqulay ishlab chiqarish omillarining ta’sir etishini istisno qiladigan boshqa ishlarga avvalgi ishidagi o‘rtacha ish haqi saqlanib qolgan holda o‘tkaziladi.
Ayollarning xohishiga qarab, ularga bola bir yarim yoshga yetgunga qadar bolani parvarishlash uchun qisman
haq to‘lanadigan ta’til berilib, shu davrda davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqa to‘lanadi.
Yuqorida ko‘rsatilgan ta’ti1dan tashqari, ayolning arizasiga muvofiq, unga bola uch yoshga to‘1guniga qadar bolani parva-rishlash uchun ish haqi saqlanmaydigan qo‘shimcha ta’til beriladi.
Bolani parvarishlash uchun qisman haq to‘lanadigan ta’tildan va ish haqi saqlanmagan holda beriladigan qo‘shimcha ta’tildan bolaning otasi, buvisi, buvasi yoki bolani amalda parvarishlayotgan qarindoshlari ham to‘liq
yoki uni qismlarga bo‘lib foydalanishlari mumkin.
|
| |