|
Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта
|
bet | 158/201 | Sana | 20.06.2024 | Hajmi | 7,87 Mb. | | #264582 |
Bog'liq Αquv – uslubiy majmuaning tarkibiKasaba uyushmalarining mehnat muhofazasini tashkil etishdagi roli
O‘zbekiston Respublikasi mehnat qonunlari kodeksida kasaba uyushmalari, xodimlarning korxonalar, muassasalar, tashkilotlarni boshqarishda qatnashishi alohida bоb bilan ko‘rsatilgan. Qonunda ko‘rsatilishicha mehnatkashlar, shuningdek, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida bilim olayotgan shaxslar hech bir tafovutsiz o‘z xohishlariga ko‘га, ixtiyoriy ravishda kasaba uyushmasi tuzish, shuningdek, kasaba uyushmalariga kirish huquqiga egadirlar.
Kasaba uyushmalari o‘z faoliyatida davlat boshqaruv or- ganlaridan, хo‘jalik organlaridan, siyosiy va boshqa
jamoat bir- lashmalaridan mustaqildir va ular xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlari va manfaatlarini ifoda etuvchi hamda himoya qiluvchi tashkilot hisoblanadi. Ular mehnat shart-sharoitlari va ish haqini belgilash, qonunlarda nazarda tutilgan hollarda mehnatga doir qonunlarni qo‘llash ishlarida ishtirok etadilar.
Ish vaqti va dam olish rejimi
Korxona, muassasa, tashkilotlarda xodimlar ish vaqtining me’-yoriy muddati haftasiga 40 soatdan oshiq bo‘lishi mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida 18 yoshga to‘lmagan xodimlar uchun ish vaqtining qisqartirilgan muddati quyidagicha belgilangan:
– 16 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan xodimlarga haftasiga ko‘pi bilan 36 soat;
– 15 yoshdan 16 уоshgachа bo‘lgan xodimlarga,
shuningdek, ta’til vaqtida ishlayotgan 14 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilarga haftasiga ko‘pi bilan 24 soat.
Mehnat sharoitlari zararli bo‘lgan ishlarda band bo‘lgan xodimlar uchun haftasiga ko‘pi bilan 36 soatdan iborat ish vaqtining qisqartirilgan muddati belgilangandir.
Xodimlar uchun ikki kun dam olinadigan besh kunlik ish haftasi belgilangan.
Mehnat qonunlarida ko‘rsatilishicha ishlab chiqarish xususiyati va ish sharoitiga ko‘га besh kunlik ish haftasi
joriy qilish maqsadga muvofiq bo‘lmagan korxonalarda, muassasalarda, tashkilotlarda bir kun dam olinadigan olti kunlik ish haftasi belgilanadi. Ish haftasi olti kunlik bo‘lganida haftalik ish vaqti me’yori 40 soat bo‘lgani holda har kungi ish muddati 7 soatdan oshmasligi, haftalik ish vaqti me’yori 36 soat bo‘lganda 6 soatdan oshmasligi va haftalik ish vaqti me’yori 24 soat bo‘lganida har kungi ish muddati 4 soatdan oshmasligi kerak.
Dam olish kunlari arafasida ish haftasi olti kunlik bo‘lganida ish muddati 6 soatdan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
Belgilangan ish vaqti muddatidan ortiqcha ishlash ish vaqtidan ortiqcha ish deb hisoblanadi.
Ish vaqtidan ortiq ishlashga, odatda, yo‘l qo‘уilmaydi.
|
| |