|
Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта
|
bet | 161/201 | Sana | 20.06.2024 | Hajmi | 7,87 Mb. | | #264582 |
Bog'liq Αquv – uslubiy majmuaning tarkibiYoshlar mehnati. O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxslarni ishga qabul qilishga уo‘1 qo‘yilmaydi.
Alohida hollarda korxona, muassasa, tashkilot, kasaba uyushmasi komiteti bilan kelishib, o‘n besh yoshga to‘lgan
shaxslar ishga qabul qilinishlari mumkin.
Yoshlarni ishlab chiqarishda mehnatga tayyorlash maqsadida umumta’lim maktablari, kollejlar, akademik
litseylarning o‘quvchilarini o‘n to‘rt yoshga to‘lganlaridan keyin ota-onadan birining yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxsning roziligi bilan bolalarni salomatligiga ziyon yetkazmaydigan va ta’lim olish jarayoniga xalal bermaydigan yengil ishlarni bajarish uchun ishga qabul qilishga уo‘1 qo‘yiladi.
18 yoshga to‘lmagan shaxslar mehnatidan og‘ir ishlarda va mehnat sharoiti zararli yoki xavfli bo‘lgan ishlarda, shuningdek, yer osti ishlarida foydalanish taqiqlanadi.
18 yoshga to‘lmagan barcha shaxslar avval tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganidan keyingina ishga qabul qilinadilar va keyinchalik, ular 18 yoshga to‘lganlariga qadar, har yili tibbiy ko‘rikdan majburiy tarzda o‘tkazib turiladilar.
18 yoshga to‘lmagan ishchilar uchun ishlab chiqarish me’yorlari katta yoshdagi xodimlar uchun belgilangan ishlab chiqarish me’yorlariga asoslanib belgilanadi, lekin bu me’уог 18 yoshga to‘lmagan shaxslar uchun belgilangan qisqartirilgan ish vaqtiga mutanosib ravishda kamaytirilgan bo‘ladi.
Kunlik ish vaqti qisqartirilgan hollarda, 18 yoshga to‘lmagan xodimlarga ish haqi kunlik ish vaqti to‘liq
bo‘1gan tegishli toifadagi xodimlarga beriladigan miqdorda to‘lanadi. O‘qishdan bo‘sh vaqtda ishlovchi umumta’lim maktablari, kollejlar, akademik litseylar o‘quvchilarining mehnatiga ishlagan vaqtiga mutanosib ravishda yoki ishlab chiqargan mahsulotiga qarab haq to‘lanadi.
18 yoshga to‘lmagan xodimlarni tungi va ish vaqtidan tashqari ishlarga hamda dam olish kunlari ishlashga jalb
Etish Taqiqlanadi.
18 yoshga to‘lmagan xodimlarga har yilgi mehnat ta’tili yoz paytida yoki ularning xohishiga qarab, yilning istalgan vaqtida beriladi.
18 yoshga to‘lmagan xodimlarni ma’muriyat tashabbusi bilan ishdan bo‘shatishga, ishdan bo‘shatishning umumiy tartibiga rioya qilishdan tashqari, faqat voyaga
yetmaganlar ishlari bilan shug‘ulla-nuvchi tuman (shahar) komissiyasi roziligi bilangina уo‘1 qo‘yiladi.
|
| |