|
Zbekiston respublikasi oliy talim va fan innovatsiyalar vazirligi
|
bet | 3/5 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 1,07 Mb. | | #233769 |
Bog'liq Kurs ishiKurs ishining vazifasi. Zararkunanda hasharotlarga qarshi tabiiy biologik kurashish uslullarini qollanilishini organish.
Kurs ishining ob`ekti. Biologik kurashda foydalaniladigan foydali hasharotlar.
Kurs ishining ilmiy va amaliy ahamiyati. Respublikamizda va dunyo boyicha zararkunandalarga qarshi kimyoviy omillardan foydalanishning zararini ko’rib chiqish va tabiiy yol bilan kurashishning foydali tomonlarni ko’rib chiqish.
Kurs ishi quyidagi metodlar asosida amalga oshirildi. Klassik faunistik, solishtirma-morfologik, faunistikaning solishtirma-geografik usullari.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi. Kurs ishi kirish, III bob, bo`lim,umumiy xulosa va tavsiyalar,__ ta rasm, , adabiyotlar ro`yhatidan iborat. Umumiy hajmi __ sahifa kompyuter matnidan tashkil topgan.
I BOB.Adabiyotlar tahlili.
II BOB BIOLOGIK KURASH TURLARI VA AHAMIYATI
2,1. Biologik kurashning kelib chiqish tarixi.
O'simliklarni zararkunandalardan himoya qilishda biologik vositalardan foydalanishga oid dastlabki m a’lum otlar oldingi eraning boshlariga to‘g‘ri keladi. Bu davrlarda qadimgi Arabistonda bog‘bonlar xurmo palmalariga tushadigan zararkunandalarni yo‘qotishda yirtqich chumolilardan foydalanishgan. 1762-yili qizil chigirtkalarga qarshi kurashda Mavrikiy oroliga Hindistondan mayna qushlari keltirilgan. Turli mamlakatlarda zararkunandalar tushgan o‘simliklarga xonqizi qo‘ngizlarini tarqatishga ham bir necha bor urinib ko‘rilgan. 1840-yili Fransiyada Buajiro terakdagi ipakchi qurtlarga qarshi ilk bor vizildoq qo‘ng‘izlarni qoilagan. 1843-yili bir necha maqola e’lon qilib, o ‘tkazilgan ishlarining muvaffaqiyatlarini ta’riflagan. Bu olimning tadqiqotlari Italiyadagi «San’at va hunrni rag‘batlantirish jamiyati» ning e’tiborini o‘ziga jalb etgan.1845-yilda shu jamiyat o‘simlik zararkunandalariga qarshi kurashishda yirtqich hasharotlarni sun’iy urchitishga oid muvaffaqiyatli tajribalar uchun oltin medal ta’sis etgan.1844-yilda Antonio Villa Italiya bog‘lariga yirtqich qo‘ngizlar chiqarib, tarqatifh yuzasidan tavsiyanomalar chop etdi. 0 ‘sha yili zararli hasharotlarga qarshi kurash olib borish uchun Barbados oroliga Yamaykadan «bufa marinus» nomli qurbaqalar keltirildi.1602-yilda Aldrovandi hasharotlarda ro‘y beradigan parazitizm hodisasini birinchi bo‘lib ochgan. U sholg‘om oqkapalagi qurtidan apanteles glomeratus parazitining lichinkalari chiqishini kuzatgan. Lekin bu hodisani ilmiy jihatdan faqat 1700-yilda Vallisneri izohlab bergan. 1800-yilda Erazm Darvin bunday yozgandi: «Agar karam oqkapalagi qurtining yarmi har yili ularning orqasiga tuxum qo‘yadigan mitti yaydoqchi vositasida yo‘qotib turilmasa, bu zararkunanda halokatli ko‘rinishda ko‘payib ketgan bo‘lardi».
Bunday ma’lumotlar Yevropa, so'ngra esa AQSH olimlarning maqolalarida tez-tez namoyon boia boshladi. Jumladan, nemis tabiatshunosi V. Koller entomofaglar zararkunandalar miqdoriga qanchalik ta’sir ko‘rsatishini yozgan edi. 1837-yilda Avstriyada uning entomofaglardan foydalanish borasidagi fermerlar, o‘rmonchilar va bog‘bonlarga maslahatlari chop etilgan. U shunday yozgandi: «Hasharotlarning bir-birlariga bo'lgan o'zaro munosabatlarini yaxshi o‘rgangandan keyingina biz ularning zararli ta’siridan himoyalana olamiz, bunga erishmoq uchun inson bevosita yoki bilvosita zararli turlarni, ularning turli rivojlanish stadiyalarini, ko‘payishi, qancha hayot kechirishi va nihoyat, ularning tabiiy entomofaglarini bilishi zarurdir». Koksinellid yoki xonqizi qo‘ng‘izlariga qiziqish Yevropalik buyuk biolog Karl Linneyga oid bo'lib, u o'simlik bitlariga qarshi xonqizi qo‘ng‘izlarini va oltinko‘zni tavsiya etgan. Erazm Darvin esa issiqxonalarni o ‘simlik bitlaridan tozalash maqsadida xonqizi qo‘ng‘izlaridan foydalanishni maslahat bergan. Angliyada o‘simlik bitlarini yo'qotish maqsadida dalada va issiqxonalarda zararkunandaga qarshi xonqizi qo’ngizlarini tarqatish taklif etilgan. 1888-yilda Kaliforniyada tarnovchasimon iseriya qurtiga qarshi Avstraliyadan Rodolia cardinalis xonqizi qo'ng'izini keltirib (introduksiya qilib), sitrus o'simliklarida qo‘llashda olingan nihoyat da yuqori va ijobiy samara o ‘simliklar biologik himoyasiga tubdan o‘zgartirish kiritdi. Rossiyada zararli hasharotlarga qarshi biologik kurash usulini qo'llash borasidagi dastlabki ilmiy ishlar atoqli rus olimi 1.1. Mechnikovning nomi bilan bevosita bog'liq. U XIX asrning 70-yillar oxiri, 80-yillar boshida g'alla qo‘ng‘izi — anisopliya austriakaning zamburug4 va bakterial kasalliklari qo‘zg‘atuvchilarini aniqladi va yashil muskardina qo‘zg‘atuvchilarini qo‘llash bo‘yicha bir qator muvaffaqiyatli tajribalar o'tkazdi. I.M. Krasilshik 1.1. Mechnikovning ishlarini davom ettirib, jahonda ilk bor ko‘plab zamburug4 yetishtirish ishlarini amalga oshirdi.
Ana shu davrda rus tadqiqotchilari 1.1. Mechnikov, l.A. Porchinskiy, l.V.Vasilyev, N.V. Kurdumov, l.Ya. Sheviryov, V.P. Pospelov, l.M. Krasilshik, S.A. Mokrjeskiy va boshqalar bu sohada mamlakat faniga katta hissa qo‘shdilar. Ularning tadqiqotlari entomofaglar va mikroorganizmlarmng zararli hasharotlar zararini kamaytirishdagi ahamiyatini o‘rganishga va ularni qo‘llashga bag‘ishlangan. 0 ‘zbekistonda mevali bog‘lardagi olma qurtiga qarshi ilk bor 1910-yili I.V. Vasilyev va A.F. Radeskiylar Rossiyaning Astraxan guberniyasidan Toshkent va Samarqandga tuxum xo‘r trixogrammani keltirishgan. 1932— 1935-yillari olmada qonli bitga qarshi afelinus mali yaydoqchisini ilk bor Toshkentda N.A. Telenga va V.V.Yaxontovlar qo‘llashgan. Taxminan o‘sha vaqtda V.I. Pospelov trixogrammani sun’iy urchitish va uni qo‘llash borasida keng ko‘lamda tajribalar o‘tkazgan. Butunittifoq o‘simliklami himoya qilish instituti (V1ZR) biometod va mikrobiometod laboratoriyalari tashkil qilinganidan keyin sobiq SSSR da o'simliklarni biologik usulda himoyalash sohasida rejali va muayyan maqsadga qaratilgan tadqiqotlar boshlandi. Bu laboratoriyalar karantin obyektlari boim ish qonli bit, tarnovchasimon hamda komstok qurtlariga qarshi biologik kurashda afelinus, rodoliy'a, kriptolemus, psevdafikus kabi bir qator samarali entomofaglarni sobiq SSSR ga keltirish, shuningdek, kuzgi tunlam va boshqa kapalak tuxumlariga qarshi trixogramma qo‘llash, mikrobiologik preparatlar yaratish maqsadida entomopatogen shtammlar ajratish borasida birtalay muhim ishlarni amalga oshirdi. Bu davrda N.F. Meyer, N.A.Telenga, A.F. Alekseyev, B.A. Shepetilnikova, V.P. Pospelov, O.I.Shvetsova, A.A. Evlaxova, N.F. Fedorinchik va N.V. Kandibinlar biologik usulni rivojlantirishga munosib hissa qo'shdilar. Respublikamizda 1945-yilda tutning asosiy zararkunandasi komstok qurtiga qarshi uning paraziti psevdafikusni qo‘llashgan. Parazitning keng maydonlarga tarqatilishi 50-yillarga to‘g‘ri keldi. Shu bilan Yaponiyadan kelib qolgan zararkunandaning populatsiyalar soni to‘liq boshqarib borildi (Lujesskiy, 1945). Shuningdek, komstok qurtiga qarshi kurash uchun 1962-yilda Koreya XDR dan allatropa paraziti olib kelingan. 0 ‘tgan asrning 80-yillari S.A. Alimuxamedov va B.P. Adashkevichlar oqqanotning paraziti enkarziya va eritromiserusni zarar18 kunandaga qarshi qoilash maqsadida Vatanimizga Isroildan olib kelib, issiqxonalarda ko‘paytirishgan. Keyinchalik bu parazitlar Toshkent viloyati issiqxonalariga va Xorazm viloyati paxtazorlariga tarqatilgan. Hozirgi kunda yuqorida eslatilgan parazitlarning ahamiyati benihoya katta. 1989-yilda oqqanot va boshqa so‘mvchi zararkunandalar sonini boshqarish maqsadida X.X. Kimsanboyev va M .l. Rashidovlar Ukrainadan yirtqich qandala makrolofusni olib kelishgan va bu tabiiy kushanda hozirgi kunda ToshDAU atrofidagi qishloq xo‘jalik ekinlarida rivojlanib, so‘ruvchi zararkunandalarga qiron keltirmoqda. Begona o‘tlarga qarshi fitofaglarni qo‘llash borasida ham respublikam izda boy tajriba to ‘plangan. 1968-yilda Sam arqandda (Bronshteyn, 1968, 1970) sabzovot ekinlari va kungaboqar paraziti - shumg‘iyaga qarshi fitomiza pashshasini qo'llash bo‘yicha keng tadqiqotlar amalga oshirilgan. Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin. Respublikamizda qishloq xo'jalik ekinlari zararkunandalariga qarshi biologik usulning rivojlanishi tarixida 1973, 1976, 1979, 1980-yillarda hukumat qabui qilgan qarorlar muhim ahamiyat kasb etdi. Jum ladan, Toshkent «Mikond» zavodida trixogrammani ommaviy ko‘paytirish uchun 500 dan ortiq mexanizatsiyalashgan liniyalar ishlab chiqarildi. Mustaqillik yillarida ham hukumat tomonidan biologik usulga katta e’tibor qaratilmoqda. Qo‘shimcha ravishda bir necha o'nlab biolaboratoriyalar tashkil qilindi. Ularning moddiy-texnik bazasi yaxshilandi. Aksariyat biolaboratoriyalar xususiy mulkka aylandi. Paxtachilikda ko‘pchilik g‘o'za maydonlarining tabiiy barqarorligi tiklandi. Shu bilan birga kimyoviy preparatlarni qoilash cheklanib, ular 2000-yillari 0,5 mln. ga maydonda ishlatilgan bo'lsa, 2007-yilda paxtachilikda zararkunandalarga qarshi bu preparatlarni qo‘llash atigi 83,0 ming ga ni tashkil qildi. Yoki oltgan asrning 80-yillari har gektar yerga o 'rta hisobda 30-35 kg kimyoviy preparat sarflangan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 1990-yilda 6 -7 kg ni, 2000-yilga kelib esa 0,2—0,3 kg ni tashkil etdi. Respublikamizda o'simliklarni biologik himoya qilish sohasini o ‘rganishda V.V. Yaxonlov, A.N. Lujeskiy va boshqa olimlar salmoqli hissa qo‘shdilar. Bu sohani rivojlantirishda XX asrning 19 70—80-yillaridan boshlab olim va mutaxassislarimizdan A.G. Davletshina, X.R. Mirzaliyeva, B.P. Adashkevich, S.N. Alimuxamedov, N.Eremyans, S.G. Bronshteyn, A.Sh. Xamrayev, Z.K. Odilov va boshqalar o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shdilar. 0 ‘simliklarni zararkunandalardan mikrobiologik himoya qilish yo‘nalishida esa E.T. Dikasova, E.N. Troitskaya, F.K. Rasulov va Sh.A.Sharafutdinovlaming xizmatlari ham benihoyadir. Shuni alohida e’tirof etish kerakki, hozirgi davrda respublikamizda g‘o‘za, g‘alla va boshqa qishloq xo'jalik ekinlarini zararkunandalar, kasalliklar hanida begona o'tlardan himoya qilish sohasiga katta e ’tibor berilm oqda. Jum ladan, 2000-yilning 31-avguslida 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi «Qishloq xo‘jalik o ‘simliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona o'tlardan himoya qilish» to ‘g‘risidagi 117-p sonli maxsus qonunni qabul qildi. Ushbu qonunning maqsadi Respublikada Qishloq xo'jalik o ‘simliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona o ‘tlardan himoya qilishni ta’minlash, o‘simliklarni himoya qilish vositalarining inson salomatligiga, atrof tabiiy muhitga zararli ta’sirining oldini olish bilan bog‘liq boigan munosabatlarini tartibga solishdan iborat bo‘lib, asosan qishloq xo‘jalik ekinlarini zararkunandalar, kasalliklar va begona o‘tlardan himoya qilishda biologik himoya asosi bolgan, uyg'unlashtirilgan kurashni keng joriy etishga qaratilgan.
|
| |