• Yarimqattiqanotlilar yoki qandalalar (Hemiptera) turkumi.
  • Quloqkovlagichlar (Dermaptera) turkumi




    Download 1,07 Mb.
    bet5/5
    Sana14.05.2024
    Hajmi1,07 Mb.
    #233769
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Kurs ishi

    Quloqkovlagichlar (Dermaptera) turkumi. O 'rtacha o'lchamli (15—20 mm) hasharotlar, boshi prognatik yuraksimon va cho'zinchoq, tanasi biroz yassi. Qanotlari pardasimon, tinch turganda, yelpig'ichsimon holda, katta qanot tomirlari yoniga va ko'ndalangiga yig'iladi va terisimon ustki qisqa qanotlari ostidan kichikroq plastinka tariqasida chiqib turadi yoki qanotlari bo'lmaydi. Qornining oxirida yirik ombursimon serkilari bo‘lib, ular ayniqsa erkak zotlarida yaxshi taraqqiy etgan. Quloqkovlagichlar, asosan, tungi hasharotlar bo‘lib, kunduzi p o ‘stloqlar, to ‘kilgan xazonlar, toshlar ostida yig'iladi. O‘simlik va jonivorlar bilan oziqlanadi. U zoq vaqtlardan buyon o ‘simlik zararkunandalari .deb hisoblab kelingan quloqkovlagichlar oxirgi yillari h am m ax o 'r yirtqich hasharotlar sifatida diqqatni jalb etmoqda. M asalan, oddiy quloqkovlagich — Forficula auricularia (Forficulidae oilasi) oldinroq qishloq xo‘jalik ekinlarining jiddiy zararkunandasi hisoblangan b o‘lsa, endilikda u zararkunandalarning faol yirtqichi sifatida tan olinadi. Jum ladan, u o‘simlik bitlari, olma mevaxo‘ri, bargo‘rovchilar, olma oynaqanotli qurtlari bilan oziqlanadi. Sohil quloqkovlagichi — Labidura riparia (Labiduridae oilasi) g‘o ‘za, soya, karam da tunlam lar qurt va g‘um baklari, g‘alla ekinlarida esa ayrim bargxo‘rlar turlari bilan oziqlanadi.
    Yarimqattiqanotlilar yoki qandalalar (Hemiptera) turkumi. Bu turkum ning ko‘p sonli vakillari orasida bir qancha yirtqichlar uchrab, ular zararli hasharotlar va kanalar sonini kamaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi (2.2.4 -rasm).
    Ovchi qandalalar (Nabidae) oilasi. Yirik va o ‘rtacha o‘lchamli (uzunligi 3,6—12 mm), tanasi uzunchoq, kam hollarda uzunchoqoval shaklli, xartumi to vrt bo‘g‘imli, keskin egilgan, qanot ustligi ko‘pincha bir muncha qisqargan qandalalardir.
    Bu oila vakillari yirtqichlar hisoblanib, o'simlik bitlari, saratonlar, qandalalar va. pashshalar bilan oziqlanadi. U rg‘ochi o ‘z tuxum larini o ‘simlik poyasiga qo'yadi. Ayrim turlari qorong‘ida va kechasi faollashadi. M uhim vakillaridan kulrang ovchi (Nabis ferns) g‘o‘za dalalaridagi o‘simlik bitlariga qiron soluvchi yirtqich hisoblanadi
    Och ovchi (N. ralifer) ham nihoyatda samarali yirtqichdir. Bu tu r faqat M arkaziy Osiyo va Janubiy Qozog‘istonda tarqalgan; g‘o‘za agrobiosenozi uchun odatdagi tur hisoblanib, barcha so‘ruvchi zararkunandalar va o'rgim chakkana bilan oziqlanadi.
    M itti yirtqichlar yoki antokoridlar (Anthocoridae) oilasi. M ayda yoki juda mayda o'lcham dagi (uzunligi 1,5—4,5 mm), tanasi yassilangan, qo‘ng‘ir yoki qora rangli, oval yoki cho‘zinchoq shakl dagi qandalalar. Boshi oldinga cho‘zilgan, xartumi va m o‘ylablari uch bo‘g‘imli. Bu qandalalar o‘simlik bitlari, qalqondorlar, tripslar, qo‘ng‘izlar lichinkalari, kapalaklar tuxumlari va mayda qurtlari ham da o ‘rgim chakkana bilan oziqlanadi. Urg‘ochilari o ‘simlik to ‘qimasiga, po’stlogi ostiga va tuproqqa tuxum qo'yadi. Odatda, voyaga yetgan qandalalar xazon ostida va po‘stloq yoriqlarida qishlaydi A ntokoridlardan oddiy antokoris (Anthocoris nemorum) va oriuslar ( Onus niger va O. albidipennis) o'rgim chakkana, kapalaklar tuxum i va kichik yoshdagi qurtlarini kamaytirishda samarali hisoblanadi (2.2,4-rasm).

    2.2.4-rasm. Yirtqich qandalalar — Hemiptera vakillari
    So‘qir qandalalar (M iridae) oilasi. Mayda yoki o‘rta o'lcham - dagi (uzunligi 2 -1 1 mm ), qoplamalari nozik, cho‘zinchoq oval shaklda, yashil-sarg'ish yoki qo'ng'ir rangli hasharotlardir. M o'ylablari to'rt bo‘g‘imli, ko‘zchalari rivojlanmagan, murakkab ko'zlari yirik, odatda, ular boshning orqa chetida joylashgan. Yarimqattiqqanotlilar turkum ida turlar soni bo‘yicha eng yirik oila hisoblanadi. Oilada ko‘pchilik turlar fitofaglar hisoblanib, ular o'sim - liklarning jiddiy zararkunandalaridir. Ayrim turlari oziqlanishiga ko‘ra fitofag va entomofag hisoblanadi.
    Jum ladan, nuqtali deraeokoris (Deraeocoris punctulatus) o ‘simlik bilan fitofag sifatida, so'ruvchi zararkunandalar bilan entomofag-yirtqich sifatida oziqlanadi. Campylomma verbasci, C. divernicornis lar g'o'za dalalari va bog'larda zararkunandalami (o'simlik bitlari, o'rgimchakkana, kapalaklar yosh qurtlari) kamaytirishda insonga katta yordam beradi.
    Yirtqichchalar (Reduviidae) oilasi. Asosan, yirik (8—10 mm) turlardir. Boshi silindrik, sezilarli cho'zilgan, xartumi qisqa yo'g'on, kuchli egilgan. Oldingi yelkasi so'galchali bo'rtiqchalari bilan, odatda, yaxshi rivojlangan. Bu oila vakillari turli hasharotlar bilan oziqlanib, daraxtlarda, o'tloqlarda va tuproq betida yashaydi. Markaziy Osiyoga taalluqli turlardan Rhinocaris trochantericus ni ko'rsatish mumkin. Bulardan tashqari, Fedchenko yirtqichchasi (Reduvius fedchenkianus) va Bogdanov yirtqichchasi (Stenolemus bogdanovi) tabiatan' kamyob va lokal tarqalgan endemik turlar sifatida « O'zbekiston Qizil kitobi» ga kiritilgan.
    Qalqonlilar (Pentatomidae) oilasi. Yirik va o'rta o'lcham li (4,5— 17 mm), qalin charmsimon qoplamali hasharotlardir. Boshi tepadan yassilangan yoki bo'rtgan qalqoncha shaklli ko'rinishda bo'ladi. M o'ylablari 5 bo'g'im li, ularning asosi yuqoridan ko'rinmaydi. Ko'pchilik turlar fitofaglar bo'lib, o'sim liklam ing jiddiy zararkunandalari hisoblanadi. Asopinae kenja oilasining ko'pchilik vakillari ham maxo‘r yirtciichlardir. Jum ladan, ikki tishli pikromerus (Picromerus bidens) va zirk armasi (Arma custos) 100 turdan ortiq zararli hasharotlar bilan oziqlanadi. Perillus Perillus bioculatus va podizus Podisus maculiventris (Amerika turlari) kolorado qo‘ng‘izi va boshqa hasharotlarning yirtqichi bo‘lib, ular O‘zbekistonga ham zararkunandaga qarshi olib kelingan.
    Hoshiyaqanotlilar yoki tripslar (Thysanoptera) turkumi. Bularning ko'pchilik turlari fitofaglar bo‘lib, ular orasida o‘simliklarning jiddiy zararkunandalari va virus kasalliklarini tashuvchilar mavjud. Ammo bu turkum vakillari orasida 20 ga yaqin yirtqichlar uchrab (2.2.5-rasm), ular orasida kanaxo‘r trips (Scolothrips acariphagus) o'rgimchakkananing ixtisoslashgan samarali akarifagi hisoblanadi. Bu kanaxo‘r tripsni ommaviy ko£paytirish usuli 0 ‘zbekiston Respublikasi FA zoologiya instituti tom onidan ishlab chiqilgan. Yirtqich trips (Aeolothrips intermedius) ham g‘o ‘zada tamaki tripsi, poliz biti va o‘rgimchakkana bilan oziqlanadi.
    Qattiqqanotlilar yoki qo‘ng‘izlar (Coleoptera) turkumi. Turlar soni b o ‘yicha eng yirik turkum hisoblanadi. O zuqa ixtisosligi nihoyatda xilma-xildir: ko‘pchiligi fitofaglar va ular orasida o'sim - liklarning jiddiy zararkunandalari ham da k o ‘p entom ofaglar, nekrofaglar, saprofaglar va koprofaglar uchraydi. O 'sim liklar biologik him oyasida, ayniqsa vizildoq qo‘ng‘izlar, stafilinidlar, koksinellidlar, yumshoq tanali qo'ng'izlar oilalari vakillari muhim aham iyat kasb etib, parazitlarga nisbatan ularning ko'pchiligi yirtqichlardir.

    2.2.5-rasm. Yirtqich tripslar — Thysanoptera vakillari.
    Download 1,07 Mb.
    1   2   3   4   5




    Download 1,07 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Quloqkovlagichlar (Dermaptera) turkumi

    Download 1,07 Mb.