7. XXI asr odamlari
Odamzod muammosi azaliy dolzarbligi bilan boshqa insonshunoslik
kategorilaridan keskin ajralib turgan va bundan keyingi insonning ijtimoiy-tarixiy
taraqqiyotida ham xuddi shunday yuksak nufuzga ega bo’lib qolaveradi. Jamiyat
mavjud ekan uning qudrati, harakatlantiruvchi kuchi, moddiy va ma'naviy
mashsulot yaratuvchisi bo’lmish insonning axloqi, aql-idroki, yuksak shis-tuyg’usi,
irodaviy fazilati, qobiliyati va saloshiyati yuzasidan yangi ma'lumotlarga ega
bo’lish masalasi o’z mavqeini aslo yo’qotmaydi. Xuddi shu boisdan inson shaxsi,
uning kamoloti, unga ta'sir etuvchi ichki va tashqi omillar, faoliyat, tajriba va
intilishning roli masalalari XXI asrda tadqiqot etilishga mushtojdir.
Inson shaxsini o’rganish masalasi bilan falsafa, psixologiya, pedagogika,
sosiologiya, filologiya, tarix kabi ijtimoiy va gumanitar fanlar shug’ullanadi.
Hozirgi davrda inson muammosi aniq, gumanitar, ijtimoiy fanlarning umumiy
tadqiqot ob'ektiga aylanib bormoqda va bu jarayon keyingi asrda yanada
jadallashadi.
Shunga
qaramasdan,
bir
tomondan,
insonni
o’rganishda
differensiasiya hodisasi yuz bermoqda, ikkinchi tomondan, inson taraqqiyotining
sintetik (birikuv) tavsifi bo’yicha integrasiya holati ko’zga tashlanmoqda. Inson bir
qator fanlarning tadqiqot ob'ekti ekanligi yig’iq, ixcham, yaxlit tarzda tasavvur
etish uchun uni biososial va sosiobiologik jishatdan o’rganish maqsadga muvofiq.
Ma'lumki, inson shayoti va faoliyatining operasional (usul, uslub, uquv,
operasiya, ko’nikma, malaka, odat) mexanizmi uning ontogenezida funksional
(harakatlantiruvchi) mexanizmga o’sib o’tadi, binobarin, unda komillikning
belgilari, alomatlari shakllanadi, natijada u jismoniy va ma'naviy kamolot
cho’qqisining muayyan darajasiga erishadi.Muammoni inson - jamiyat - tabiat -
turmush munosabatlari nuqtai nazardan tekshirgan jahon psixologiyasining
88
namoyandalari Sh.Byuler, A.Maslou, K.Rodjers, R.Ollport, V.Djems, A.Gezell,
L.Termen, J.Piaje, A.Vallon, S.L.Rubinshteyn, L.S.Vigotskiy, A.N.Leontev,
B.G.Ananev kabi olimlar odamning ular bilan har xil turdagi va ko’rinishdagi
kauzal, strukturaviy, operasional, motivasion, kognitiv, fazoviy va makoniy
aloqalar tizimi mavjudligini ta'kidlab o’tgandir.
Jahon psixologiyasidagi turli nazariyalarga asoslangan holda, birinchidan,
inson u yoki bu aloqalar tizimiga binoan biologik evolyusiya mashsuli sifatida
o’rganiladi. Ikkinchidan, ijtimoiy-tarixiy jarayonning ham ob'ekti, ham sub'ekti
tariqasida inson shaxsi tadqiqot qilinadi. Uchinchidan, individ (odamzod) muayyan
darajada va ko’lamda o’zgaruvchan, biologik taraqqiyotning genetik dasturiga
asoslanuvchi aloshida xususiyatli jonzod tarzida ilmiy jishatdan tekshiriladi.
Bizningcha, insonning jamiyat ishlab chiqarishining yetakchi va asosiy
tarkibi, bilish, kommunikasiya va boshqaruv jarayonining sub'ekti, tarbiyalash va
tarbiyalanish predmeti sifatida tadqiq etilishi muhim ahamiyatga ega. Xuddi shu
boisdan inson va uning borliq, ijtimoiy jamiyat bilan ko’p qirrali, murakkab
munosabatga hamda aloqaga kirishishi quyidagi tarzda namoyon bo’lishi mumkin:
1. Tabiatning biotik va abiotik omillari - inson.
2. Jamiyat va uning tarixiy taraqqiyoti - inson.
3. Inson - texnika, texnologiya.
4. Inson - madaniyat, ma'naviyat, qadriyat va ruhiyat.
5. Inson va jamiyat - yer va fazo.
XXI asrda ham odam individ, shaxs, sub'ekt, komil inson sifatida psixologik
ilmiy tushunchalar negizida talqin qilinishda davom ettiriladi, lekin har bir
tushuncha moshiyatida va ko’lamida sifat o’zgarishlari yuz berishi mumkin,
chunki tashqi va ichki omillar, ta'sir etuvchilar, ta'sirlanuvchilar ustuvorligi yo’qola
boradi.
Odamga individ sifatida tavsif berishda uning yosh davri, jinsiy va
individual-tipologik xususiyatlariga asoslaniladi. Yosh davrning sifatlari
ontogenetik, evolyusiya bosqichlarida izchil ravishda namoyon bo’ladi va
takomillashuv jarayonida o’z ifodasini topadi, jinsiy dimorfizm xususiyati esa
ularga mutlaqo mos tushadi. Individning individual-tipologik xususiyatiga
konstitusion (tananing tuzilishi, biokimyoviy individuallik, ya'ni yakkashollik)
holatlar, simmetriya va asimmetriya juft reseptorlari, effektorlari funksiyasi kiradi.
Bu xususiyatlar, holatlar, hodisalar, mexanizmlar va xossalar birlamchi
shisoblanib, shujayra va molekulyar tuzilishning barcha darajalarida ishtirok etadi.
Jahon psixologiyasi to’plagan nazariy va amaliy ma'lumotlarga ko’ra, yosh,
jinsiy va individual-tipologik xususiyatlar sensor (subsensor, subseptiv), mnemik
(xotira), verbal (so’z orqali) va mantiq psixofiziologik funksiyalarining dinamikasi
hamda organik eshtiyojlar tuzilishini aniqlaydi.
Individning bu xususiyatlarini ikkilamchi deb atab, ularning integrasiyasi
temperament xususiyatlarida va tug’ma mayllarda ifodalanishini ta'kidlab o’tish
maqsadga muvofiq. Chunki yuqoridagi sifatlar ontogenetik evolyusiya jarayondan
iborat bo’lib, ular filogenetik dasturga asoslanib shukm suradi. Yosh davrga oid va
individual o’zgaruvchanlik insoniyatning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyoti ta'siri ostida
89
har xil ko’rinishlarda namoyon bo’lishi mumkin. Individning dinamik
xususiyatlariga shaxsning ijtimoiy mushitda vujudga kelgan sifatlari ta'sir etib,
uning individual o’zgaruvchiligi omilini yanada kuchytiradi.
Insonning shaxs sifatida tavsiflanishining muhim psixologik lashzasi uning
dinamik xususiyatlari shisoblanib, jamiyatdagi statusi (iqtisodiy, siyosiy, shuquqiy,
mafkuraviy negizga bog’liq, ya'ni uning jamiyatda egallagan o’rni, nufuzi, mavqei
bilan belgilanadi) orqali ifodalanadi.
Statusning negizida esa hamisha uzluksiz ravishda o’zaro aloqalar tizimi
yotadi. Inson bajarishi lozim bo’lgan guruhiy faoliyat va yakkashol turmushga,
kasb-shunarga aloqador, ya'ni kasabaviy, oiladagi hamda jamoadagi rolning
ijtimoiy funksiyasi, uning muayyan maqsadga, qadriyatga, ma'naviyatga
yo’nalganligi, shaxsni faollashtiradi, natijada u barcha jabshalarda ishtirok etish
imkoniyatiga ega bo’ladi. Status, rol, qadriyatga yo’nalganlik shaxs xususiyatlari,
sifatlari, fazilatlari, xosiyatlari va xislatlarining birlamchilarini tashkil etadi, uning
tuzilishida asos bo’lib xizmat qiladi.
Shaxsning tavsifi faoliyat, xulq motivasiyasi xususiyati va ijtimoiy fe'l-atvor
(oddiy stereotipdan tortib, to xalq donishmandligi namunalari) tuzilishini belgilab,
uning tarkibidan ikkilamchi alomatlar, belgilar sifatida joy egallaydi. Shaxsning
birlamchi va ikkilamchi sifatlarining o’zaro ta'sirini birlashtiruvchi yuksak samara
tarzida inson xarakteri va mayllari yuzaga keladi. Insonning shaxs xislatlarini
rivojlantiruvchi, ularni takomillashtiruvchi va barqarorlashtiruvchi asosiy shakl -
uning jamiyatdagi shayot yo’li, muayyan iz qoldirishi va ijtimoiy tarjimai sholi
shisoblanadi. Shaxsning xalqiga qilgan xizmati uning e'zozlanishiga, shattoki
milliy ma'naviy boylik, tafakkur gulshani va sarchashmasi darajasiga ko’tarilishi
mumkin.
Insonning faoliyat sub'ekti sifatidagi asosiy tavsiflari qatoriga uning bu
sohadagi taraqqiyotning mashsuli - ongi (ob'ektiv faoliyatning in'ikosi sifatida (va
faoliyati) voqelikning o’zgartiruvchisi tariqasida) kiradi. Inson amaliy faoliyatning
sub'ekti tarzida uning shaxsiy fazilatlari va xislatlarini tavsiflabgina qolmaydi,
balki mehnatning texnik vositalari va texnologiyasi, ularning kuchaytiruvchanlik,
tezlashtiruvchanlik va yaratuvchanlik funksiyalari sifatida yuzaga keladi. Amaliy
faoliyat umuminsoniy va yakka shaxs tajribasining bir qismi tariqasida,
egallanilgan, o’zlashtirilgan, puxta tajribadan foydalanish singari namoyon bo’ladi.
Nazariy faoliyatning sub'ekti bo’lmish inson o’zining bilimlari, kasbiy
ko’nikmalari, aqliy malakalari bilan tavsiflanadi, qaysiki ular o’ziga xos alomatlar
tizimi bilan bevosita bog’liqdir. Aqliy faoliyat ijodiyot darajasiga o’sib o’tishi
natijasida ijodiy mashsullar, yangiliklar, qonuniyatlar vujudga keladi va jamiyat
taraqqiyotini harakatlantiruvchi kuchiga aylanadi. Ajdodlar merosi va avlodlar
saloshiyati mashsullarining uzviy bog’lanishi nazariy va amaliy faoliyatning o’zaro
uyg’unlashuvini taqozo etadi, vasholanki, har ikkala faoliyat turida ijodiylik
alomati, mashsuli ishtirok qiladi, fan va texnika rivojini ta'minlaydi. Faoliyat
tajribalar bilan uzviy bog’lansa, uning samaradorligi, maqsadga yo’nalganligi,
amalga oshish imkoniyati yuksak bosqichga ko’tariladi.
Inson shayotida ijtimoiy hodisa sifatida armon muhim rol o’ynaydi, uning
90
faollikka chorlaydi, harakat qilishga asosiy turtki vazifasini bajaradi. Armon inson
uchun go’yoki ushalmagan orzu, g’amgin tuyg’ularning jonlashuvi, komfortga
intilishga da'vat etuvchi shissiyot, ijtimoiy va yakkashol turmushni basholash
mezoni, faollikka yetaklovchi motiv, ezgu niyatlar og’ushiga tortuvchi doimiy
turtki, loqaydlikning oldini oluvchi ichki ruhiy imkoniyatdir. Shaxs uchun eydetik
obrazlar qanchalik ahamiyat kasb etsa, barqaror iz qoldirsa, armon ham xuddi
shunday xususiyatga ega bo’lib, ulardan farqli o’laroq doimiyligi, ustuvorligi,
maqsadga undovchiligi bilan yuqoriroq nufuzga ega.
Insonning sub'ektiv xislatlari integrasiyasining yuksak shakli ijodiyot
(kreasiya) shisoblanib, umumlashgan imkoniyatlar tarzida qobiliyatlar (iste'dod,
iqtidor), talant va saloshiyat vujudga keladi. Odamning sub'ektiv xususiyatlari,
xislatlari rivojining asosiy shakllari ruhan tayyorgarlik, start, kulminasiya va finish
sanalib, insonning jamiyatdagi ishlab chiqarish va ijodiyot faoliyatlarini belgilaydi.
Mazkur to’rt bosqich, to’rt mezon, taraqqiyotni basholash tizimi o’ziga xos
xususiyatlari, imkoniyatlari, sur'ati, davomiyligi bilan bir-birlaridan ham sifat, ham
miqdor jishatdan ajralib turadi.
Jahon psixologiyasi fanida inson sifatlari (xislatlari, fazilatlari, xosiyatlari) ni
individual, shaxsga oid va sub'ektiv guruhlarga ajratilishi an'anaviy va kasbiy
xususiyatga ega, chunki ular odamning yaxlitligi, bir butunligi, aloshidaligi
tavsifidan iborat bo’lib, bir davrning o’zida ham tabiat, ham jamiyat jonzodi
ekanligini anglatadi. Mazkur yaxlitlikning mag’zi shaxsning tuzilishidir, unda
nafaqat insonning asosiy xislatlari o’zaro kesishadi va umumlashadi, balki uning
ijtimoiy va shaxsiy ko’nikmalari muayyan tarkibga keltiriladi, qoidaviy xususiyat
kasb etadi.
Bizningcha, individ, shaxs, sub'ekt taraqqiyotining tadqiqotida quyidagi
ijtimoiy-psixologik holatlarga e'tibor qilinishi zarur:
1. Inson rivojining determinatori shisoblangan asosiy omillar va hart-
haroitlar (ijtimoiy, iqtisodiy, shuquqiy, mafkuraviy, pedagogik va yashash
mushitining omillari).
2. Insonning shaxsiy o’ziga taalluqli, asosiy tavsiflar, uning rivojlanishi
ichki qonuniyatlari, mexanizmlari, evolyusion negizda kamol topish bosqichlari,
barqarorlashuvi va involyusiya (o’sishdan qaytish davri xususiyatlari).
3. Insonni yaxlit, mukammal tuzilishining asosiy tarkiblari, ularning o’zaro
aloqalari, shaxsning tashqi ta'sirlarga javobi va munosabati, taraqqiyot jarayonida
ularning muttasil ravishda takomillashuvi kabi faktorlar.
Uch xil xususiyatli tadqiqot dasturining tarkibiy qismlari insonning amaliy,
nazariy va ijodiy faoliyatining mezonlari shisoblanadi.
Chunki bevosita faoliyatni amalga oshirish jarayonida yashash mushitini va
ijtimoiy-tarixiy tajribani egallashning ham interiorizasiya, ham ekoteriorizasiya
davrlari yuzaga keladi.
XXI asrda individ, inson, shaxs, sub'ekt va komil insonni o’rganish turli
yo’nalishlarda, vaziyatlarda, yosh xususiyatlari, aloshida yondashish negizida,
o’ziga xos talshlilga, metodologik asosga suyanib olib borilishi maqsadga
muvofiq. Chunki jahon psixologiyasi fanida to’plangan nazariy va amaliy
91
xususiyatli materiallar mafkuraviy nuqtai nazardan tashlil hamda tanqid qilmasdan,
balki ularni xolisona basholash, ilmiy jishatdan talqin qilish joiz. Binobarin, turli
psixologik ilmiy maktablar tomonidan to’plangan natijalarning oqil jishatlarini
tanlash va tadqiqotning boshlang’ich nuqtasini belgilashda ulardan omilkorlik
bilan foydalanish ko’pgina ilmiy qaytatdan tekshiruvlarning oldini oladi.
Mustaqillik, istiqlol harofati bilan shaxsga oid qarashlar, mulohazalar
moshiyati, uning mazmuni va shaklida o’zgarishlar yuz beradikim, buning
natijasida erkin fikrlash, ochiq shakldagi ilmiy farazlarni ilgari surish imkoniyati
tug’iladi. Respublikamizda yuz berayotgan tub o’zgarishlar xalqimiz, millatimiz
ruhiyatini sifat jishatdan yangi bosqichga ko’tardi, ona yurt madshi, ajdodlar
merosidan g’ururlanish, ma'naviyat durdonalaridan faxrlanish shislari vujudga
keladi. Vatan va vatanparvarlik tushunchalari o’zining shaqiqiy, chinakam
ma'nosini kasb etadi.
Kishilardagi
o’ta
sabr-toqatlilik,
itoatkorlik,
tashabbuskorlikning
yetishmasligi o’rnini erkinlik, ijodiyot, mehnat, batamom istiqlolga erishish
zaruriyati, oilaning butligi, to’kisligi va ularning istiqboli kabi sifatlar, fazilatlar,
yuksak tuyg’ular, xislatlar egallay boshlaydi. Buning natijasida shaxsda tabiatga va
jamiyatga nisbatan ideal, real, rasional va ijodiy (kreativ) munosabati
o’zgarmoqda, shatto ayrim o’rinlarda borliq va voqelikdan begonalashish,
uzoqlashish va yaqinlashish holatlari ro’y bermoqda. Bu holatlar ijtimoiy xususiyat
kasb etib, umumbahariy ahamiyatga ega, chunki jahon mamlakatlari
sivilizasiyalashish darajalari tenglashmoqda. Xuddi shu sababli ijtimoiy garmoniya
tariqasida yuqoridagi ilmiy ijtimoiy-psixologik tushunchalar qator (taraqqiyot
ko’rsatkichi o’zaro uyg’unlikka ega bo’lgan) mamlakatlarga bir tekis yoyilib,
shayot va faoliyatning turli qatlamlariga kirib bormoqda. Mazkur asr odamlarida
esa axloqiy, jismoniy va aqliy komillik belgilari, ko’rsatkichlari hamda
bosqichlarining mezonlari, ularning oldiga qo’yiladigan talablarning moshiyati
o’zgaradi.
Demakki, tabiatga va jamiyatga nisbatan sevinch, sevgi, meshr-mushabbat
yuksak shislari, vatanparvarlik va Vatan tuyg’usining tarkiblari, negizi, ularni
harakatlantiruvchi mexanizmlari boshqacha yondashishni taqozo etadi, zamon ruhi
va nafasiga moslashishni talab qiladi. Insoniyatning bunday yuksak shis-tuyg’ulari,
anglashilgan motivlari shaxsning o’qish, mehnat, sport va o’yin faoliyatlarida,
bilish hamda muomala jarayonlarida vujudga kelishi mumkin. Borliqqa va
jamiyatga nisbatan munosabatning o’zgarishi, uning ierarxiyasi, shakllari, maqomi
va moshiyatida namoyon bo’ladi, ularga yo’naltirilgan avvalgi, eski uslubdagi
motivasiya o’z ahamiyatini nisbiy jishatdan yo’qotadi.
Hozirgi kunda va kelajakda shaxsga sub'ektiv munosabat muammosini
ijtimoiy jishatdan turmushda qaror toptirish uchun:
1. Odam (individ) - inson - shaxs - individuallik - sub'ekt - komillik
(barkamollik) ierarxiyasiga rioya qilish.
2. Shaxsga nisbatan sub'ektiv munosabat, ya'ni unda robot sifatida
majburiylik tamoyiliga asoslanib (barcha xususiyatlarni bir tekis shakllantirish
mumkin, degan xato nazariyadan voz kechish) inson qarshilik ko’rsatishini
92
shisobga oluvchi yondashishni yo’lga qo’yish, sub'ekt - sub'ekt aloqasini vujudga
keltirish.
3. Har qanday sub'ekt - shaxs, lekin har qaysi shaxs sub'ekt emasligi
muammosini yechish. Buning uchun mustaqil fikrlashga ega bo’lish, shaxsiy
pozisiyani shimoya qila olish, g’oyani amalga oshirish yo’lida to’siqlarni pisand
qilmaslik, mustashkam ishonch, qat'iy maslak, iymon negizida asoslanish,
intilishda irodaviya barqarorlik ustuvorligiga erishish. Dunyoqarash va uni
shayotga tatbiq qilishning ob'ektiv va sub'ektiv hart-haroitlari mavjudligiga iqror
bo’lish hamda uni tan olish va hokazo.
Bizningcha, individ, shaxs, sub'ekt va komil inson to’g’risida mulohazalar
yuritilganda ularning ongsizlik, ongostlilik, onglilik va o’ta (super) onglilik
holatlari bilan uzviy aloqadorligini unutmaslik lozim. Yuqorida keltirilgan
atamalar ongli mavjudodga taalluqli ekanligi jahon psixologiyasi fanining ilmiy
manbalarida atroflicha talqin qilingan, lekin ularning ierarxiyasi, moshiyati
bayonida turlicha yondashuv shukmrondir.
Mazkur maqsadni chuqurroq ochishga yo’naltirilgan nazariyalar o’ta bashsli
bo’lib, uning zaminida faqat ong yotishi tasdiqlanadi, xolos. Aslida esa inson
ixtiyoriy diqqat, ixtiyoriy xotira va muayyan maqsadga asoslanib, biron-bir faoliyat
inson tomonidan tashkil qilingandagina ong shaxsning ushbu faoliyatini
regulyatori (boshqaruvchi) vazifasini bajaradi. Biroq odam funksional holatining
o’zgarishi bilan onglilikdan ongsizlik (ixtiyorsizlik) ka o’tishi, ijod, tashabbus
uning uchun muomala, faoliyat negiziga aylansa, u holda shaxs ongosti
(muvofiqlashuv) holatiga asta kirib borishi mumkin. Xuddi shu boisdan shaxs bir
davrning o’zida har uchala holat (onglilik, ongsizlik, ongostlilik) shukmi ostida
yashashi, faoliyat ko’rsatishi, ijod qilishi, muomalaga kirishishi mumkin. Har
uchala holatning omili negizida shaxsning kamoloti vujudga keladi, ularning har
qaysisi bu jarayonga o’ziga xos ulush qo’shadi. Ong holatlari tabiiy ravishda bir-
biri bilan uzluksiz tarzda o’rin almashtirib turadi, chunki inson ixtiyorsiz, ixtiyoriy
va ixtiyoriydan keyingi bosqichlar shukmi bilan yashaydi va faoliyat ko’rsatadi.
XXI asrda yashovchi inson ongli, ongosti va ongsizlik holatlaridan tashqari
o’z-o’zini anglash imkoniyatiga ega bo’ladi. Xuddi shu boisdan o’z-o’zini
anglashning quyidagi tarkibiy qismlarga ajratish maqsadga muvofiqdir:
1) O’tmishdagi "Men" ("o’zlik");
2) Hozirgi "Men" ("o’zlik");
3) Bo’lg’usi "Men" ("o’zlik");
4) Ideal "Men" ("o’zlik");
5) Dinamik "Men" ("o’zlik").
O’z-o’zini anglash jarayoni milliy o’zligini anglash bilan uzviy bog’liq
bo’lib, muayyan vaqt, muddat o’tishini, ya'ni ma'lum davrni taqozo etadi, lekin u
ham evolyusion, ham revolyusion yo’l ta'sirida amalga oshishi mumkin. o’z-o’zini
anglash borliq va jamiyatni in'ikos etishning yuqori bosqichi sanalib, pirovard
natija sifatida yuzaga keladi, insonning donishmandligini namoyish qiladi. o’z-
o’zini anglash besh tarkibdan iborat bo’lib, u o’ta murakkab jarayon shisoblanib,
uning tarkiblari birin-ketin anglashinish imkoniyatiga ega emas. Chunki insonda
93
o’zining shayoti va faoliyati yutuqlari, nuqsonlarini, xulq-atvor ko’nikmalarini,
aql-idrok darajalarini, ichki imkoniyat zaxiralarini, qadriyat hamda ma'naviyat
ko’rsatkichlarini oqilona basholash qurbi yetishmaydi. Shaxsda tanqid va o’z-
o’zini tanqid, basholash va o’z-o’zini basholash, tekshirish va o’z-o’zini tekshirish,
nazorat qilish va o’z-o’zini nazorat qilish, boshqarish va o’z-o’zini boshqarish,
takomillashtirish va o’z-o’zini takomillashtirish, rivojlantirish va o’z-o’zini
rivojlantirish mutanosibligi maqsadga javob bera olmaydi. Individual va ijtimoiy
ongni tobora rivojlanib borishi mazkur mutanosiblikni amalga oshirishni
ta'minlaydi, bu esa muayyan muddatni talab qiladi. Inson o’z-o’zini anglash
jarayonida ko’pincha reallikdan boshlaydi, Hozirgi va favquloddagi holatni tashlil
qiladi, shaxsiy imkoniyati bilan taqqoslaydi, ma'lum mezon yoki namuna, ibrat
tanlab, unga tenglashishga intiladi. Keyinchalik esa kelajak, istiqbol rejalari uni
qiziqtiradi, o’zining nimalarga qodirligi yuzasidan mulohaza yuritadi va bu borada
muayyan qaror qabul qilishga erishadi, lekin uning ongliligi yoki oqilliligiga
shubshalanadi. Uni bir necha marta tashlil qilish, qiyoslash, unga o’zgartirishlar
kiritish, yangilash orqali bo’lg’usi "Men" iga aniqlik kiritadi va faollik
mexanizmiga aylantiradi.
O’z-o’zini anglashning navbatdagi bosqichida shaxs o’tmishini tashlil qiladi,
undagi qusurli va ibratli jishatlarni o’zaro qiyoslab ustuvorlikni topishga intiladi,
bu borada ayrim siljishlarga erishadi. Ijtimoiy shayotdan u o’ziga ideal bo’luvchi
shaxsni tanlaydi va undagi ijobiy xislatlar, xususiyatlar va ko’rinishlarni,
ko’rsatkichlarni o’zida mujassamlashtira boradi. Shaxs o’z-o’zini anglash
davomida dinamik harakatsiz shech bir narsani ro’yobga chiqara olmasligiga iqror
bo’ladi, natijada uzluksiz harakatlar asta-sekin, birdaniga, tavakkaliga amalga
oshirish lozimligini tushunib yetadi. Dinamik holatni basholash, tekshirish, nazorat
qilish, boshqarish natijasida dinamik "Men" shakllana boshlaydi. o’z-o’zini
anglashning besh tarkibiy qismi bir tekis insonning ma'naviy dunyosiga aylansa,
demakki, unda mukammallik, barkamollik darajasi vujudga kelganligidan
dalolatdir.
O’z-o’zini anglash shaxsning fazilatiga aylanishi uchun muayyan davr, vaqt,
muddat talab qiladi, shuning uchun o’quvchilar, talabalar va respublikamizning
boshqa fuqarolari bilan dasturiy tadbir-choralar o’tkazish orqali ko’zlangan
maqsadga erishish mumkin.
XXI asr odamlari komillikni egallovchi, ya'ni komil insonlikka intiluvchi
shaxslardan tarkib topishi lozim. Komillikning bir nechta mezonlari mavjud bo’lib,
unda jismoniy barkamollik, axloqiy barkamollik, betakrorlik, aql-zakovatlilik
singari shaxsning ijtimoiy tarbiyaviy tarkiblari o’z ifodasini topadi. Komillikning
o’ziga xos bosqichlari, ob'ektiv va sub'ektiv xususiyatli hart-haroitlari, omillari
mavjuddir. Komil inson imkoniyati cheksiz, o’z iqtidori, iste'dodi, saloshiyati,
qobiliyati, donishmandligi, qomusiyligi bilan o’z zamondoshlaridan sezilarli
darajada ilgarilab ketuvchi, betakror, o’ta (super) ongli, biosfera va neosfera
munosabatlarini anglovchi ongli zotdir (onglilikning ongliligi ustuvordir).
Bizningcha, bu darajaga barcha fuqarolar erishish imkoniyatiga ega emas,
chunki buning ham ob'ektiv, ham sub'ektiv omillari, hart-haroitlari mavjuddir.
94
Xuddi shu sababdan shunchaki intilish, mayl, layoqat bilan yuksak kamolot
cho’qqisiga erishib bo’lmaydi, mazkur ijtimoiy holatni chuqurroq tadqiqot qilish
farazlarimizni yo tasdiqlaydi yoki inkor qiladi.
XXI asrda yashovchi odamlar insonparvarlik g’oyalarini aks ettiruvchi
kishilarning timsoli sifatida shayot va faoliyatda o’z-o’zini nazorat qilish, o’z-
o’zini basholash, o’z-o’ziga buyruq berish, o’z-o’zini ifodalay olish, o’z-o’zini
kamol toptirish, o’z-o’zini kashf qilish imkoniyatlariga ega bo’lmoqlari lozim, bu
esa o’z navbatida muayyan tarixiy davrni taqozo etadi.
Bir ijtimoiy jamiyatning ikkinchisi bilan almashish, shuningdek, mustaqillik
va uning ne'matlari respublikamiz fuqarolarida tub o’zgarishlarni vujudga
keltirishga muhim zamin shozirlashda davom etadi. Milliy tuyg’u, milliy qiyofa,
milliy xarakter, milliy ta'b, milliy kuy va raqs, milliy ma'naviyat, qadriyat ta'siri
ostida o’zining tub moshiyatini aks ettira boshlaydi. Lekin bu imkoniyatdan to’la
foydalanish uchun barcha xalq yetarli darajada tayyor emas, chunki har bir shaxs
ruhiyatida eshtiyoj bilan imkoniyat o’rtasida muayyan qarama-qarshiliklar shukm
suradi. Har bir inson o’zining birdaniga tenglik alomatini qo’yib bo’lmaydi, chunki
shaxslar orasida tafovutlar mavjud bo’lganligi tufayli "sun'iy" likka yo’l qo’yish
odatdan tashqari holatdir.
O’tmishning boy merosi, uning ijtimoiy-tarixiy an'analari, rasm-rusumlari,
marosimlari milliy istiqlol tufayli o’z egalariga qaytarilishiga qaramay, xalq uning
shukmdoriga aylanishiga ruhiy jishatdan tayyor emasdir. Fuqarolarning ijtimoiy
ongi asta-sekin o’zgarib borishi natijasida ulardagi etnopsixologik xususiyatlar
tiklana boshlaydi, milliylik, umumbahariylik xislatlari o’rtasida adolatlilik, teng
shuquqlilik aloqalari o’rnatila boradi. Baynalmilalchilik milliylik, milliy birlik
xususiyatlari bilan uyg’unlashishda davom etsa, millatlararo munosabat o’zaro
tushunuv, o’zaro yaqinlik, o’zaro moslik negiziga quriladi.
XXI asrda shaxsni shakllantirishda, axloq-odob qoidalarini ijtimoiy
turmushda qaror toptirishda din, shu jumladan islom ham o’zining ijobiy ta'sirini
o’tkazishda davom etadi. Diniy bilimlarning moshiyatiga tushunuvchilar safi
kengayadi, ularga rioya qiluvchilar, itoatgo’ylar ko’lami ortadi, uning atributlarini
qabul qiluvchilar miqdori ko’payadi. qur'oni Karim, Shadislar ta'siri shaxsni
shakllantirishda muhim vositaga va harakatlantiruvchi kuchga aylanadi, iymon
faollik tushunchasidan harakat, xulq regulyatori vazifasini bajarishga o’sib o’tadi,
insonlar o’rtasida poklik, rostgo’ylik, samimiylik, hamdardlik, o’zaro yordam
tuyg’ulari, nisbiy tenglikni keltirib chiqarishga xizmat qiladi. Shaxslararo
munosabatda tenglik, jinsiy tafovutni odil basholash, shaqchillik kabi
umuminsoniy xususiyatlarni tarkib toptirishda diniy adabiyotlarning roli yanada
ortadi, tobora ommaviylashaveradi. Lekin din bilan fanning bir-biriga qarama-
qarshi qo’yish vaziyatga barham berish ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning kafolati
shisoblanadi, bunga ajdodlarimiz (Ibn Sino, Al Forobiy, Beruniy, Ulug’bek va
boshqalar) tajribasi yorqin misoldir.
Er kurrasida ijtimoiy garmoniyaning (muvofiqlashuvning) mavjudligi,
yoshlar o’rtasida g’arb sivilizasiyasiga (kiyinish, raqs, qo’shiq, xulq-atvor,
95
begonalashish, ayrim shirslarga) nisbatan muvaqqat qiziqish, intilish, eshtiyojning
shukm surishi milliylikni 25-30 yilga kechiktirish xavfini tug’diradi.
Milliylikning kuchayishi yetuklik davriga to’g’ri keladi, lekin shu vaqt
oralig’ida ko’p narsalar boy berilgan bo’ladi, biroq mazkur uzilishni tiklash uchun
avlodlar o’rtasida umumiy birlik, milliy stereotip yaratilishi zarur.
XXI asr boshida ham respublikamiz fuqarolarining ongidagi, fikrlash
vositasidagi, turmush tarzidagi tafovutlar mavjudligi uchun ular o’rtasida
tabaqalanish saqlanib qoladi. Ekologik madaniyat, biosfera va neosferaga zarar
keltiruvchi ilmiy-tadqiqotlar inson aql-zakovati bilan boshqariladi, ajal qurollari
o’rnini xayrixoshlik, o’zaro yordam, umumbahariy xususiyatlar egallaydi, jamiyat
va tabiatni asrash odamlarning e'tiqodiga aylana boradi. Fazoviy aloqalar
kengayishi natijasida fan va texnika mashsullariga muayyan aniqliklar kiritiladi,
ularning rivojlanishida integrasiya jarayoni yuzaga keladi, tadqiqotlar guruhiy va
jamoaviy faoliyat negizida amalga oshiriladi, bu esa millatlarning o’zaro
yaqinlashishiga muhim imkon yaratadi, millatlararo munosabat tenglik asosiga
qurilsa, bir millat saloshiyati ikkinchisiga ta'sir o’tkazadi, ma'naviyat namunalari
bilan xalqlarning boyishi shaxs kamoloti uchun muhim negiz shozirlaydi.
Millatlararo ruhiy mushitning yaratilishi - fan va texnikaning rivojiga ijobiy
ta'sir etadi, mutaxassislar tayyorlash sifatini zamon talabi darajasiga ko’taradi.
Millatlararo fikr almashuv, tajribalar bilan o’rtoqlashuv XXI asr odamlarining
mukammallik darajasi yuksalishiga beminnat xizmat qiladi.
XXI asrda ham odamlarning kamoloti negizi sifatida oila, maktab, ijtimoiy
mushit, ishlab chiqarish o’z mavqeini saqlab qolaveradi. Shaxsni tarbiyalash
quyidagi manbaalar asosida amalga oshirilishi mumkin:
1) muayyan tizimli, uzluksiz tarbiyaviy, dasturiy ta'sir orqali;
2) ideal, namuna timsolida o’z-o’zini tarbiyalash, takomillashtirish;
3) ijtimoiy mushitdagi shaxslararo munosabatda tashlil qilish, ibrat olish vositalari
yordami bilan xulq-odob, fikrlash malakalarini egallash;
4) ajdodlarimiz yaratgan badiiy, falsafiy, san'at asarlarini o’zlashtirish orqali yangi
xislatlarni o’zlashtirish kabilar.
Ta'lim va tarbiya jarayonida respublikaning tarixi, madaniyati, uzoq
ajdodlarimizdan yetishib chiqqan jahongashta kishilar, ilm-fan arboblari,
mutafakkir, ma'rifatparvarlar to’g’risida bilim urug’ini sochish yoshlarda g’urur va
iftixor tuyg’ularini vujudga keltiradi. o’zbekistonning fan va texnikasi, unumdor
tuprog’i, saxiy va zashmatkash xalqi, foydali qazilmalari, jahon va umumxalq
bozoridagi paxtasi, ipagi, qorako’li salmog’ining berilishi - ularda milliy ongni
o’stiradi, milliy o’z-o’zini anglashga takomillashtiradi, ijtimoiy faollikni
jadallashtiradi, ularni ijodiy izlanishlar sari yetaklaydi, aqlni peshlash mashqlari
vazifasini bajaradi.
Yoshlar o’rtasida milliy orastalik, soch o’stirish, tarash, o’rish va kiyinish
madaniyati, vorislik mas'uliyati, milliy ta'b hamda didga muvofiq ravishda ish
yuritish shaqida maslashatlar, ko’rsatmalar berish, amaliy uquvlar bilan
qurollantirish yuqori samara beradi.
96
Ota-bobolarimizdan xalqimizga meros qolgan saxiylik, mexmondo’stlik,
rostgo’ylik, tantilik, sadoqatlilik, poklik, odoblilik fazilatlari milliy xarakterning
eng muhim jishati shisoblanadi. Ushbu xislatlarni ta'lim-tarbiya jarayonida yosh
avlod ongida shakllantirish, ular ruhiyatini xalq durdonalari bilan boyitish, milliy
qadriyatlardan oqilona foydalanishga e'tiborni qaratish maqsadga muvofiq.
Axloq va odobli bo’lish, ota-onalar va kattalarga shurmat, samimiylik,
inoqlik, qadr-qimmat, vijdonlilik, iffatlilik, o’zaro yordam kabi insoniy xislatlar
o’zbek xalqi ma'naviyatining ramzi sanaladi. Milliy ma'naviy boyligimizni
o’quvchilar chuqur egallashlari uchun uning bebasho durdonalarini keng ko’lamda
namoyish qilishimiz,bular to’g’risida yoshlar ongiga muayyan bilimlarni
singdirishimiz zarur.
Odamlarning bir-biriga meshr-oqibat, oqilona munosabati, to’g’ri muloqoti,
iltifoti, eshtiromi xalqimizning ichki go’zalligini, boy ma'naviy va ruhiy qiyofasini
ifodalaydi. Xalqimizning shaqiqiy insonparvarligi, ma'naviy go’zalligi, vatan,
jamiyat manfaati yo’lida jon fido qilishida, inson osoyishtaligi, baxt-saodati uchun
qayg’urishida o’z ifodasini topadi. Pok qalbli, sofdil, diyonatli, vijdonli, irodali
xalqimizning olijanobligi, uning tanishga ham, begonaga ham beg’araz yordam
qo’lini cho’zishida namoyon bo’ladi. Xalqimizning ajoyib fazilatlaridan biri -
do’stlikka sadoqatdir.
Do’stlik bor joyda meshru-mushabbat, vafo, sadoqat, adolat, shaqiqat qaror
topadi. Bu esa o’z navbatida insonning ma'naviyati va ruhiyatiga, aql-zakovatiga
tetiklik baxsh etadi, uni yaxshilik, samimiylik sari yetaklaydi.
O’zbek oilasida tarbiya moshiyati, mazmuni, tarbiyaning kundalik va
istiqbol rejasi, bolalarga ta'sir o’tkazish vositalarini tanlash va ulardan foydalanish
o’ziga xos xususiyatga ega, chunki uning asosida xalq an'analari yotadi. O’zbek
xalqining etnopsixologik xususiyatlaridan unumli foydalanish - XXI asrda yashash
nasib etgan odamlarni barkamol shaxs sifatida tarkib toptirishda muhim rol
o’ynaydi. Xuddi shu boisdan ham xalqimizning milliy ruhiyatidagi bunday urf-
odatlar, an'analar, udumlar kelajak avlodga obida, meros tariqasida qoldirilishi
muqaddas burchdir.
Yuqorida sanab o’tilgan ajoyib milliy fazilatlarimizning barchasini kelajak
ajdodlarimiz shaxsiyatida shakllantirish imkoniyatiga umid qilaman, o’ylaymanki
ulug’vor insonning ezgu niyati, albatta ro’yobga chiqadi.
|