-rasm. RDB sistemasining dasturlash strukturasi




Download 10,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/213
Sana04.12.2023
Hajmi10,93 Mb.
#110708
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   213
Bog'liq
Zbekiston respublikasi

 
2.1.11-rasm. RDB sistemasining dasturlash strukturasi 
Dasturga ishlov beruvchi dastur manzilini Flash- xotirasidan va uning 
nomini esa dasturni saqlash modulidan oladi. Dastur o`qiladi va chegaraviy 
xarakteristikalar to`g`riligi tekshiriladi. Agar chegaraviy xarakteristika qiymatidan 
ortgan bo`lsa, ogohlantirish xabarini beradi. Shundan so`ng interpolyatsiya davri 
boshlanadi.
Dasturga ishlov beruvchi navbatdagi topshiriqni olib, kadrning avvalgi va 
oxirgi tezliklarini (oldingi va keyingi kadrlarning tezligini inobatga olib) hisoblab 
chiqadi, va interpolyatorning tegishli topshirig`ini chaqiradi. Interpolyator tegishli 


71 
hisoblash ishlarini amalga oshiradi va interpolyatsiyani boshlaydi. Buferlash 
modulida buferning o`lchamlari shunday tanlab olinadiki, bunda dastlabki hisoblash 
ishlarini olib borish vaqti to`ldirilmay qolgan buferdan tanlab olingan ma`lumotlarni 
chiqarish vaqtidan oshmasligi kerak. “Ilgarilanma harakat”, “aylanma harakat” va 
“to`xtab qolish” buyruqlari ishlatiladi.
Dasturga ishlov beruvchi quyidagi tezlik rejimlarini ta`minlaydi: 
• 
zagotovkani uzatish tezligini o`zgartirish; 
• 
ko`rsatilgan tezlikkacha tormozlash. 
Shu bilan birga dasturga ishlov beruvchi joriy koordinatalarni aniqlash va 
instrumentni berilgan kadrning boshlanish nuqtasigacha qaytarish kabi servis 
funktsiyalarni ham bajaradi.
Ma`lumotlarni displeyga chiqarish moduli va klaviaturaning so`rov moduli 
ishi shunday tuzilganki, interpolyator va boshqa modullarning ishi ularni ishi bilan
parallel ravishda olib boriladi. Bunga ichiga o`rnatilgan taymer orqali erishiladi.
Ma`lumotlarni displeyga chiqarish moduli joriy chiqarish topshirig`ini 
tekshiradi va agar shunday topshiriq berilgan bo`lsa, ma`lumotni chiqarib olish 
uchun uni chaqiradi. Shunday qilib, har bir modul displey bilan aloqa qilmagan 
holda o`zining ma`lumot yuborish vazifasini bajaradi. Bu o`z navbatida dastur 
strukturasini oddiylashtirishda va qo`shimcha afzalliklarga (masalan, ma`lumotlarni 
tez chiqarishda ekranning yonib o`chmasligiga) yordam beradi. 
Klaviatura moduli qo`shimcha vazifalarni ham bajaradi- tugmachalar 
holatini tekshirish funktsiyasi, ma`lum bir tugmacha bosilganda kutib turish va 
boshqalar.
Buferlash moduli interpolyatordan ma`lumotlar jamlanmasini oladi va bufer 
ichida yig`ib turadi.
Buferga bo`lgan asosiy talablar: interpolyatsiya davriga (ikkita ketma-ket 
ma`lumotlar jamlanmasi orasidagi vaqtga) ko`paytirilgan bufer o`lchami 
hisoblashlar o`tkazilgan uzun uchastka vaqtidan katta bo`lishi kerak. Bu 
eksperimental tarzda hisoblanadi. 


72 
RDB tizim dasturini boshqarish 2.1.12-rasmda ko`rsatilgan. Boshqarish 
ishga tushirilganda asosiy modul olinadi (“bosh menyu” ochiladi). Bu yerdan 
operator dasturlash moduli bilan ishlashi (dasturni yuklash, xotirani tozalash) hamda 
RDB tizimini boshqarishi yoki uning servis funktsiyalarini bajarishi mumkin. 
Mikrokontroller dasturiy ta`minoti tomonidan vazifani bajarish algoritmi 
yechilishi sababli, bunday ishni tashkil etish sistemani universal bo`lishini va keng 
miqyosligini ta`minlaydi. Endilikda tizimning ko`pgina o`zgarishlari (masalan, 
yangi koordinatalarning kiritilishi, yangi tipdagi interpolyatsiya, sozlash, qayta 
aloqa tizimining qo`shilishi) apparat tizimini o`zgartirmasdan erishish mumkin. 
Ishni bunday amalga oshirish tizimning servis funktsiyasini kengaytirib 
stanoklarning iqtisodiy va texnik samaradorligini oshirishga imkon beradi. Servis 
funktsiyalar ichida quyidagilar alohida ahamiyatga ega: 
• 
stanokni vaqtincha to`xtatish va to`xtatilgan joydan yoki dasturdagi 
boshqa buyruqlardan ishni davom ettirish instrumentlarni almashtirish uchun 
texnologik pauza yaratish imkoni yaratiladi
• 
eng kichik trayektoriya bo`yicha asbobni qo`l yordamida olib kelish 
imkonining mavjudligi, bunda intrumentni kerakli nuqtaga etib kelish uchun barcha 
pozitsiyalarni qayta bosib o`tish zaruriyati yo`qotiladi; 
• 
tezlikni sozlash funktsiyasi, bunda ishlov berilayotgan yuza sifatiga 
ziyon etkazmasan turib tezlikni dinamik ravishda oshirish yoki kamaytirish 
imkoniyatining mavjudligi; 
• 
asbobni almashtirish uchun “nol’” ga qaytarish va to`xtagan joydan 
davom ettirish funktsiyasi; 
• 
tezlik va koordinatalarni nazorat qilish funktsiyasi, bu texnologik 
xatoliklar oldini olish, tezlik maksimal belgilangandan oshgan paytda xabar berish 
yoki instrumentning koordinatalar nol qiymatiga qaytmasligi xaqida xabar berishi. 


73 

Download 10,93 Mb.
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   213




Download 10,93 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. RDB sistemasining dasturlash strukturasi

Download 10,93 Mb.
Pdf ko'rish