67
Iqtisodiy va texnik sabablarga ko`ra sarflov materiallar narxining oshib
borishi, mavjud tizimlarning ma`naviy va moddiy eskirishi, ishlab chiqarish
stanoklarining samaradorligi, aniqligi va ishonchligini oshishi sababli eski raqamli
dasturli boshqariladigan tizimlarning zamonaviylariga almashtirish bugungi kunda
ko`pgina korxonalar uchun muhim bo`lib hisoblanadi.
Raqamli dasturli boshqariladigan (RDB) tizimlarining tahlili ularning
iqtisodiy muvofiqligi va mikrokontrollerlar asosida yaratilgan RBD tizimlariga
o`tishga sabab bo`ladi.
AtmelATmegal 28 mikrokontroller asosida yaratilgan RBD
tizimi tuzilishini ko`ramiz:
Mikrokontrollerning afzalliklari:
• Nisbatan yuqori chastotaga egaligi (16 MGts);
•
CISC-arxitekturadan
17
farqli o`laroq bir sikl sinxronizatsiya natijasida
topshiriqlarni ajratib olish imkoniyatiga ega bo`lgan va nisbatan yuqori ishlab
chiqarish quvvatiga ega bo`lgan
RISC-arxitektura
18
bilan ta`minlanganligi;
• Flash-xotiraga ega bo`lishi, uning kengaytirish imkoniyati mavjudligi. U
RDB dasturini binar tizimda saqlash jarayonida uning quvvati 20 ming operatsiyani
bajarish imkoniyatini beradi.