|
Zbekiston respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirligi
|
bet | 2/6 | Sana | 21.01.2024 | Hajmi | 48,03 Kb. | | #142440 |
Bog'liq 2.3. (2)Modulning vazifalari:
-pedagogning professional kompetentligi va mahorati yo‘nalishida pedagog kadrlarning kasbiy bilim, ko‘nikma, malakalarini uzluksiz yangilash va rivojlantirish mexanizmlarini yaratish;
-zamonaviy talablarga mos holda ta’limning sifatini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan pedagoglarning kasbiy kompetentlik va mahorati darajasini oshirish;
-tinglovchilarda jismoniy tarbiya yo‘riqchisining pedagogik kompetensiyasi va mahoratidan samarali foydalanish ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish.
Modul bo‘yicha tinglovchilarning bilimi, ko‘nikmasi, malakasi va kompetensiyalariga qo‘yiladigan talablar
“Jismoniy tarbiya yo‘riqchisining professional kompetentligi va mahorati” modulini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida:
Tinglovchi:
- pedagog faoliyatning vazifalari, pedagogning huquq va majburiyatlarini;
- kompetensiya tushunchasi va mohiyatini;
- pedagogning tayanch kompetensiyalarini;
- kompetensiya turlarini;
- kompetentlik va professional kompetentlik tushunchasini;
- professional kompetentlik sifatlarini;
- mashg‘ulot jarayonlarini boshqarishga qo‘yiladigan didaktik talablarni;
- pedagogik mahoratining tarkibiy qismlarini bilishi kerak.
Tinglovchi:
- professional kompetentlik sifatlarini tahlil qilish;
- mashg‘ulot jarayonlarini boshqarishga qo‘yiladigan didaktik talablarga rioya qilish;
- pedagogik texnika usullaridan foydalana olish;
- pedagogik qobiliyat turlarini o‘rganish va tahlil qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi lozim.
Tinglovchi:
- professional kompetentlik sifatlariga ega bo‘lish;
- pedagogik texnika usullaridan samarali foydalana olish;
- “Ilk qadam” Davlat o‘quv dasturida “Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish” sohasi kompetensiyalariga ega bo‘lish;
- pedagogik qobiliyat turlaridan o‘quv-mashg‘ulot jarayonlarida samarali foydalanish malakalariga ega bo‘lishi kerak.
Tinglovchi:
- professional kompetentligini o‘z-o‘zini baholash orqali tahlil qilish;
- mashg‘ulot jarayonlarini boshqarishda pedagogik texnika va pedagogik qobiliyatlardan samarali foydalanish;
- professional kompetentligini muntazam ravishda oshirib borish kompetensiyalariga ega bo‘lishi lozim.
|
| |