• «Substantsiya»
  • «Sunna»
  • Õzbekstan respublikasi joqari hám orta arnawli biLİmlendiRİw miNİstrliGİ




    Download 2,75 Mb.
    bet160/191
    Sana14.05.2024
    Hajmi2,75 Mb.
    #230680
    1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   191
    Bog'liq
    FILOSOFIYA

    Plyuralizm (lotin tilida plyural, ya`ni ko`plik degan ma`noni anglatadi) — olamning asosida ko`p narsa va ideyalar yotadi deb e`tirof etadigan ta`limotdir.
    Pifagor (eramizdan avvalgi 580-500 yillar) - Yunonistonning Samos orolida yashab o`tgan. u qadimgi Yunonistonda diniy-mafkuraviy falsafiy maktab, ya`ni pifagorchilikka asos solgan. Pifagor o`zining siyosiy qarashlari tufayli podsho Polikret bilan chiqisha olmagan va Samosni tark etib, janubiy Italiyaga ko`chib ketgan, o`sha erda o`z uyushmasini tashkil etgan. Uningcha, dunyoni bilish jarayoni, avvalo, raqamlarni bilishdan boshlanishi kerak. Pifagorchilarning ta`limotiga ko`ra, olamning asosida modda ham, tabiat ham emas, balki ideallashgan raqamlar yotadi; narsa va hodisalar aynan ana shu raqamlar mahsulidir. Pifagorchilar birinchi bo`lib Yunonistonda tabiatdagi narsa va hodisalarni izohlashda miqdor kategoriyasini ilgari suradi. Pifagor zodagonlar oilasiga mansub bo`lgani bois aristokratiyani himoya qilgan. U «tartib» to`g`risidagi ta`limotini yaratib, faqat aristokratlar o`rnatgan tartib ijtimoiy hayotda muhim rol` o`ynaydi, degan. Uning fikricha, demokratiya bu tartibotning buzilishidir.
    «Substantsiya» - substantsiya tushunchasi va uning mazmunini qanday tushunilishiga qarab o`ziga xos ifodalangan. Substantsiya deganda olam va dunyodagi narsalarning mohiyati to`g`risidagi fikr tushunilgan. Yunoniston faylasufi va matematigi Pifagor hamma narsa sonlardan tashkil topgan degan bo`lsa, Aflotun substantsiya — g`oyalardir degan, Demokrit esa, olamning asosida atomlar (atom tushunchasi o`sha davrda bo`linmas zarracha ma`nosida ishlatilgan) yotadi deb tushuntirgan.
    Sofistika — qadimgi Yunoniston falsafasida vujudga kelgan tafakkur usulidir. Ko`pgina darslik va qo`llanmalarda bu ibora yunon tilidagi «sopism» so`zi asosida, ya`ni ataylab xilma-xil ma`noga ega bo`lgan tushunchalarni ishlatish orqali kerakli, ammo haqiqatga to`g`ri kelmaydigan, ko`chma ma`no-mazmunga erishish usuli, deb ta`kidlanadi. Sinergetika — olamning o`z-o`zini tashkil etishi, makon va zamonda narsa va voqealarning azaliy ketma-ketligi, o`zaro aloqadorligi, ularning muayyan tizimlardan iborat sababiy bog`lanishlar asosida mavjudligini e`tirof etishga asoslangan ilmiy qarashlar majmuidir. U asosan, XX asrning ikkinchi yarmida shakllangan ta`limot bo`lib, asoschisi Nobel` mukofoti sovrindori N. Prigojindir. Bu ta`limotni dialektika asosida shakllangan va uni to`ldiradigan ilmiy qarashlar majmuasi deydiganlar ham bor. Ularga qarshi o`laroq, dialektika endi kerak emas, uni sinergetika bilan almashtirish lozim deb hisoblovchilar ham yo`q emas.Suqrot (eramizdan oldingi 469-399 yillar.) (asli — Sokrat) — qadimgi Yunon faylasufi. Suqrotning fikricha, falsafaning markazida axloq masalalari turmog`i lozim. Jamiyatning ravnaqi, tinchlik va osoyishtaligi, farovon hayoti axloq va odobning ahvoliga bog`liq. Bu masalalar Sharq falsafasida ham katta o`rin tutganli bois xalqimiz, buyuk allomalarimiz Suqrot nomini benihoya hurmat bilan tilga olgan, uning axloq-odob haqidagi pand-nasihatlariga amal qilgan.
    «Sunna» - hadislar majmui bo`lib, Qur`ondan keyin turadi va uni to`ldiradi. Unda Muhammad payg`ambarning so`zlari, xatti-harakatlari naqllar va hadis shaklida jamlangan.
    «Sxolastika»- so`zi yunoncha «shkola»dan («shola») olingan bo`lib, «o`qish joyi»,»maktab» ma`nolarini anglatadi. Buyuk Karl saroyida o`qituvchilik qilganlarni, yoki umuman saroy maktabidagi o`qituvchilarni sxolastlar deb ataganlar. Shuningdek, dinni o`rganishda falsafani tatbiq qilgan o`rta asr olimlarini ham sxolastlar deb ataganlar. Sxolastikani ma`lum darajada ilohiyotni aqlga moslashtirish, dinni tafakkur yordamida quvvatlashga bo`lgan intilish deb ham baholash mumkin. O`sha davrda ilohiyotni muqaddas kitoblar aqidalari asosida emas, balki falsafiy nuqtai nazardan tadqiq qilish toqozo qilinardi. Sxolastlarning maqsadi e`tiqod aqlga muvofiqmi degan savolga javob berish bo`lgan.

    Download 2,75 Mb.
    1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   191




    Download 2,75 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Õzbekstan respublikasi joqari hám orta arnawli biLİmlendiRİw miNİstrliGİ

    Download 2,75 Mb.