Õzbekstan respublikasi joqari hám orta arnawli biLİmlendiRİw miNİstrliGİ




Download 2,75 Mb.
bet161/191
Sana14.05.2024
Hajmi2,75 Mb.
#230680
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   191
Bog'liq
FILOSOFIYA

Strukturalizm (asosiy vakillari Levi — Stross va Fuko) bilishda strukturaviy usulning ahamiyatini mutlaqlashtiradi. Bu oqim tarafdorlari narsa va hodisaning strukturasini bilish uning ob`ektiv mohiyatini bilish demakdir, deb hisoblaydilar. Masalan Levi-Stross mifologik tafakkurni tahlil etib, turli joylarda yashagan qadimgi qabilalar va xalqlar yaratgan afsonalarning umumiy strukturaga ega ekanligini isbot qildi. Uning fikricha, bu afsonalarning asosiy mazmuni bir-biriga to`la muvofiq keladi. Insoniyatning ilmiy tafakkuri ham bu ta`limotga ko`ra shunday printsipga, umumiy mantiqqa ega.
Tasavvuf - falsafiy oqim va diniy-ma`naviy hodisa sifatida islom dini doirasida (ko`pgina ichki sabablar va ba`zi tashqi unsurlar — buddaviylik va hindiylikning ilk diniy tasavvurlari, sharqiy xristian tarkidunyochiligi, neoplatonizm kabilarning ta`siri ostida) paydo bo`ldi. Tasavvuf uchun vahdoniyat — Ollohning birligi, Olloh va olamning porlab turishi, fano bo`lish, orif shaxsining tangri taolo bilan ruhan birlashib ketishi kabi mushohadalar muhim ahamiyat kasb etadi. Bu oqim namoyandalari va tarafdorlarini so`fiylar, deb ataganlar va «so`fizm» atamasi shundan paydo bo`lgan. Ilk so`fiylar aholining kambag`al toifasi orasida shakllangan. Ularning qarashlari istilochilar zulmi, adolatsizlik, ijtimoiy tengsizlikka qarshi norozilik belgisi sifatida ham yuzaga kelgan.
Falsafa - insoniyat tarixidagi eng qadimiy ilmlardandir. U olam va uning yashashi, rivojlanishi va taraqqiyoti, hayot va inson, umrning mohiyati, borliq va yo`qlik kabi ko`plab muammolar haqida bahs yuritadigan fandir.
Falsafa atamasi qadimgi yunon tilidagi «filosofiya» so`zidan olingani va u «donishmandlikni sevish» («filo» — sevaman, «sofiya» — donolik) degan ma`noni anglatishi ta`kidlanadi. Bu — ushbu so`zning, atamaning lug`aviy ma`nosi bo`lib hisoblanadi. Asrlar davomida filosofiya so`zining ma`no-mazmuniga xilma-xil qarashlar, uning jamiyat, inson va fanlar tizimidagi o`rniga nisbatan turlicha munosabat va yondashuvlar bo`lgan, bu atamaning mohiyat-mazmuni ham o`zgarib borgan.
Falsafa, avvalo, muayyan ilmiy bilimlar tizimidir. U, bir tomondan, insonning voqelikni aql vositasida idrok etishi, ikkinchi tomondan, ongning afsona va rivoyatlar asosidagi shakllardan uzil-kesil ajralish jarayoni natijasidir. Bu ikki jihat bir-biri bilan uzviy bog`liq. Chunki behuda xayolparastlik, havoyi va afsonaviy fikrlash tarzidan xalos bo`lish ilmiy bilimlarni egallash orqali ro`y beradi. Eng muhimi, falsafa kundalik turmushda uchrab turadigan eskilik asoratlari, bid`at va cheklanishlarga muxolif bo`lgan hurfikrlikdir. Falsafa aynan ana shunday yangi dunyoqarashning shakllanishi uchun asos bo`ldi.
Falsafa, sirasini aytganda, ijtimoiy tafakkur rivoji yutug`i va insoniyat ma`naviy taraqqiyoti mahsulidir. U kishilarning olamni bilish, o`zlashtirish, farovon hayot kechirish va o`z insoniy salohiyatlarini namoyon etish ehtiyojlari bilan uzviy bog`liqdir. Falsafiy ta`limotlar hamma davrlarda ham insoniyatning ilg`or tajribalarini o`zida mujassamlashtirgan va insoniyat madaniyatini yanada yuksakroq bosqichga ko`tarishga xizmat qilgan.

Download 2,75 Mb.
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   191




Download 2,75 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Õzbekstan respublikasi joqari hám orta arnawli biLİmlendiRİw miNİstrliGİ

Download 2,75 Mb.