• Neopozitivizm
  • Õzbekstan respublikasi joqari hám orta arnawli biLİmlendiRİw miNİstrliGİ




    Download 2,75 Mb.
    bet159/191
    Sana14.05.2024
    Hajmi2,75 Mb.
    #230680
    1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   191
    Bog'liq
    FILOSOFIYA

    Neokantchilik - XIX asr o`rtalarida shakllangan va XX asr boshlarida rivojlangan edi. Uning vakillari I. Kant o`z davrida qo`ygan ilmiy bilishning umumiyligi va zaruriyati haqidagi hamda tajribaviy aql haqidagi muammolarni tahlil etadilar. Bu ta`limotga ko`ra, inson dunyoga bir marta keladi, shuning uchun har bir insonning hayoti o`zi uchun eng oliy maqsaddir. Shunday ekan, inson hayotidan kimdir o`z maqsadlarini amalga oshirish uchun vosita sifatida foydalanishi mumkin emas. Erkin mavjudot deganda, Kant izdoshlari o`zi xohlagan ishlarni qiluvchi kishini emas, balki jamotchilik manfaatiga qarshi yurmaydigan, unga zid ish qilmaydigan, ammo o`z haq-huquqlarini yaxshi biladigan insonni nazarda tutadilar.
    XX asrga kelib, fan va texnika taraqqiyoti bilan ilmiy tafakkur va til muammolarini falsafiy tahlil qilishga qiziqish nihoyatda ortdi. Bu yo`nalishda ishlayotgan eng yirik oqimlarga neopozitivizm, strukturalizm va germenevtika kabi falsafiy qarash namoyondalari misol bo`ladi.
    Neopozitivizm oqimining yirik namoyandalari Karnap, Ayer, Rassel, Vitgenshteyn va boshqalardir. Neo — yangi; pozitiv — ijobiy degan ma`noni anglatadi. Nepozitivizm G`arbda X1X asrning 20 — yillarida paydo bo`lgan, asoschisi XIX asrda yashagan Ogyust Kontdir. Uning fikricha, falsafa aniq fanlar taraqqiyotisiz mavjud bo`la olmaydi. Falsafa — ob`ektiv reallikni emas, balki aniq fanlar qilayotgan ilmiy, ya`ni ijobiy (pozitiv) xulosalarni o`rganib, tahlil qilib ularni mantiqan bir tartibga, sistemaga solishi kerak.
    Kont falsafaning o`zi mustaqil ravishda ob`ektiv dunyo to`g`risida hech qanday aniq bilimlar berishi mumkin emas, u shu paytgacha yig`ilgan bilimlarni formal logika qonunlari asosida tahlil etishi va qayta baholashi, uni «absolyut g`oya, ruh» to`g`risidagi ortiqcha fikrlardan tozalashi kerak va yangi falsafani yaratishi kerak, deb ta`lim bergan.
    Ontologiya - falsafaning borliq haqidagi ta`limotni izohlaydigan qismi. (Bu tushunchani falsafada birinchi bor X. Vol`f qo`llagan). Olam va borliq masalalarini falsafaning ana shu sohasi o`rganadi.
    Pragmatizm - yangi zamon falsafasining yana bir oqimi AQShda keng tarqalgan. Umuman olganda, «pragmatizm» foydali faoliyatga undovchi, «foydaga» qanday qilib erishish yo`llari va usullari haqida mulohaza yurituvchi ta`limotdir. Bunda «foyda» tushunchasi «tajriba», «haqiqat» tushunchalari bilan aynanlashtiriladi.
    Pragmatizm ta`limotining yirik namoyandalari Ch. Pirs, U. Djems, J. D`yui va boshqalardir. Ularning ta`limotida olamning o`zgaruvchanligi o`z ifodasini topgan. Ular tajribani turli tasodif va kutilmagan vaziyatlarni o`zida mujassamlashtirgan, ongimizdan tezkor qarorlarni qabul qilishni talab etuvchi hodisalar majmui sifatida ta`riflaydilar.
    Insonning xatosiz faoliyat ko`rsatishi uchun uning xatti-harakatlarini boshqarib turuvchi vosita — intellektdir. J. D`yui fikricha, intellekt insonni o`rab turgan olamdan nusxa oladi, hamda unga muhitga moslashishga yordam beradi. Pragmatizm falsafasining maqsadi insonga olamda o`z o`rnini topishga yordam berishdan iborat. D`yui tajriba natijasining «foydali» tomoniga e`tiborini qaratadi. Djems fikricha, haqiqat foydali bo`lgan narsa yoki hodisadir.
    Pragmatizm AQSh ijtimoiy-madaniy hayotining qadriyatlarini ifoda etib, u erdagi ishbilarmonlar, menedjerlar, siyosatchilar va davlat arboblari o`rtasida keng tarqalgan. Amerikaliklar bu ta`limotning nazariyotchilarini halqning dunyoqarashi o`zgarishida, hozirgi amerikacha hayot tamoyillarini keng ommaga singdirishda katta xizmat qilgan faylasuflar sifatida qadrlaydilar. Masalan, J. D`yuini «Amerikaning Arastusi» deya hurmat bilan tilga oladilar.

    Download 2,75 Mb.
    1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   191




    Download 2,75 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Õzbekstan respublikasi joqari hám orta arnawli biLİmlendiRİw miNİstrliGİ

    Download 2,75 Mb.