• Islom falsafasi
  • Idealizm
  • Imom iso Termiziy
  • Konfutsiy ta`limoti
  • Õzbekstan respublikasi joqari hám orta arnawli biLİmlendiRİw miNİstrliGİ




    Download 2,75 Mb.
    bet155/191
    Sana14.05.2024
    Hajmi2,75 Mb.
    #230680
    1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   191
    Bog'liq
    FILOSOFIYA

    Zardo`shtiylik ta`limoti - unda olamning azaliy qarama-qarshi kuchlari- yaxshilik va yomonlik, yorug`lik va zulmat, issiqlik va sovuqlik, hayot va o`lim borasidagi qarashlar o`z ifodasini topgan. «Avesto»da, shuningdek, tabiat falsafasi, tarix, etika, tibbiyotga oid ma`lumotlar ham berilgan.
    Islom falsafasi - unga ko`ra, insoniyat istiqboli komil insonni shakllantirish orqali yuzaga keladi, axloq-odob esa inson tafakkurining ajralmas tarkibiy qismidir. Musulmon Sharqi mutafakkirlarini aql maqomi, mantiq ilmi avvaldan qiziqtirib keladi, chunki mantiqqa tayanmagan xar qanday bilim ishonchli va samarali bo`la olmaydi. Bu masala ham islom falsafasida o`z o`rniga ega.
    Idealizm — olamning asosida ruh yoki g`oyalar (ideyalar) yotadi, dunyo voqeligi va rivojida ideyalarni ustuvor deb ta`lim beradigan falsafiy ta`limot.
    Imom Buxoriy (810-870yillar) - yirik ilohiyotchi, muhaddis sifatida 60 mingga yaqin hadis to`plagan, ulardan ishonchli deb topganlirini maxsus to`plam holiga keltirgan. Bu to`plam «Sahihi Buxoriy» nomi bilan mashhurdir.
    Imom iso Termiziydan (824-892) - «Payg`ambarning alohida fazilatlari», «Hadislardagi ixtilof va bahslar haqida risola», «Tarix» va boshqa asarlar meros bo`lib qolgan. Imom Termiziy hadislarni muntazam ravishda to`plab, muayyan tartibga solgan va yaxlit bir kitob shakliga keltirgan.
    Kalom - islom ilohiyotining o`ziga xos falsafiy ta`limotidir. U diniy aqidalarni asoslab berishga uringan. U Qur`onga tayanib, jannat va do`zaxning azaliy ekanligini, insonda iroda erkinligining yo`qligini, lekin insonning Olloh oldida o`z qilmishlari uchun mas`ul ekanligini asoslab berishga xarakat qilgan.
    Konfutsiy ta`limoti –unga ko`ra, olamni osmon boshqaradi. Osmon irodasi — taqdirdir. Biz yashab turgan olam, undagi tartib osmon hukmdori tomonidan yuborilgan. Jamiyat hayotidagi tartibga qattiq amal qilish talab etiladi. Tartib, Konfutsiy nuqtai nazariga ko`ra, ilohiy mazmunga ega va uning mohiyatini «Li» tushunchasi belgilaydi. u, ya`ni tartib dunyoning mohiyatini aks ettiradi. Binobarin, jamiyatdagi barcha harakatlar unga binoan amalga oshishi lozim. Tartib — insoniyat jamoasining eng oliy hayotiy qadriyatlaridan biridir. Konfutsiyning ta`kidlashicha, shaxs faqat o`zi uchun emas balki jamiyat uchun ham yashashi kerak. Konfuntsiy ta`limotida insonning hayotdagi ijtimoiy o`rni nihoyatda ulug`, u o`ziga ravo ko`rmagan narsani boshqalarga ham ravo ko`rmasligi, o`ziga ravo ko`rgan narsani boshqalariga ham ravo ko`rishi lozim.
    Konfutsiyning qarashlari keyinchalik jahon falsafasida axloqiy tamoyillar rivojida, adolat, birodarlik, erkinlik g`oyalari takomilida muhim o`rin tutgan. Bu ta`limot Xitoyda ikki ming yil davomida davlat dini darajasiga ko`tarilgan va xalq hayotida muhim ahamiyat kasb etgan.

    Download 2,75 Mb.
    1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   191




    Download 2,75 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Õzbekstan respublikasi joqari hám orta arnawli biLİmlendiRİw miNİstrliGİ

    Download 2,75 Mb.