• Gnoseologiya
  • Germenevtika
  • Õzbekstan respublikasi joqari hám orta arnawli biLİmlendiRİw miNİstrliGİ




    Download 2,75 Mb.
    bet153/191
    Sana14.05.2024
    Hajmi2,75 Mb.
    #230680
    1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   191
    Bog'liq
    FILOSOFIYA

    Geraklit (eramizdan avvalgi 520-460 yillar) - Kichik Osiyoning g`arbiy qirg`og`idagi Efes shahrida zargar oilasida dunyoga kelgan. U stixiyali dialektikaga asos solgan, olov — olamning asosi, deb bilgan. uning fikricha, olamda hamma narsa harakatda. «Oqar suvga bir soniyada ikki marta tushish mumkin emas, chunki suv har daqiqada yangilanib turadi». Olamda turg`unlik yo`q. Harakat butun tabiatga, barcha jism va hodisalarga xosdir. Abadiy harakat — abadiy o`zgarishdir. Harakat qarama-qarshilik asosida sodir bo`ladi. «Kurash hamma narsaning otasi, hamma narsaning podshosidir», degan ekan Geraklit. Bundan Geraklit kishilar o`rtasida urushlarni targ`ib qilgan ekan-da, deya xulosa chiqarish noto`g`ri. Geraklitning fikricha, doimiy o`zgarish, harakat va o`zaro qarama-qarshi tomonlarga o`tish — jismlar sifatining nisbiyligi bilan bog`liq. Masalan, dengiz suvi inson iste`moli uchun yaroqsiz bo`lsa, baliqlar uchun ayni muddaodir. Geraklitning qarashlari falsafiy tafakkur rivojiga katta ta`sir ko`rsatgan.
    Gnoseologiya - dunyoni anglash, uning umumiy qonuniyatlarini bilish bilan bog`liq masalalar bilan falsafaning gnoseologiya (gnosis — bilish, logos — ta`limot) degan sohasi shug`ullanadi. Dunyoni bilish mumkin deb hisoblaydigan faylasuflarni – gnostiklar; olamni bilish mumkin emas, bilimlarimiz to`g`ri va aniq haqiqat darajasiga ko`tarila olmaydi deyuvchilarni esa – agnostiklar (yunoncha — bilib bo`lmaydi degan ma`noni anglatadi) deb yuritiladi.
    Germenevtika — qadimgi yunon afsonalaridagi xudolarning xohish va irodasini insoniyatga tushuntirib berish uchun erga yuborilgan elchisi — Germes nomi bilan ataladi. Demak, germenevtika — tushunish, tushuntirish, tahlil etish g`oyalariga asosiy diqqatini qaratadi.
    Jamiyat, bu ta`limotga ko`ra, kishilar o`rtasidagi muloqotga asoslanadi. Muloqot jarayonida madaniy, tarixiy va ilmiy qadriyatlar yaratiladi. Shuning uchun falsafaning asosiy vazifasi hayotning ma`nosini, mohiyatini kishilar o`rtasidagi muloqotdan qidirishdan iborat.
    Bu oqim vaqillari Shleyermaxer va Dil`tey fikricha, biror bir tarixiy manbaning to`g`ri tahlil etilishi tadqiqotchining davr xususiyatlarini to`la his etishi, tushunishi bilan bog`liq. Hozirgi davrda bu ta`limotning ko`plab tarafdorlari mavjud.
    Demokrit - qadimgi Yunonistonning buyuk faylasufi. U haqiqiy borliq — moddiy dunyo, abadiy va poyonsiz, cheksiz-chegarasiz reallikdir, olam mayda moddiy zarrachalardan, ya`ni atomlardan va bo`shliqdan iborat deya ta`lim beradi. Atomlar va bo`shliq o`zaro yaxlit abadiy ibtidodir. Atomlar — bo`linmas va o`zgarmas, sifat jihatdan bir xil, uning miqdori shakli singari behisobdir. Harakat, degan edi Demokrit, atomlardan iborat moddaning abadiy, tabiiy holatidir. Demokrit tasodifiyatni inkor etgan. U «na tabiatda na jamiyatda xech bir narsa tasodifan paydo bo`lmaydi», deb yozgan. Demokritning falsafiy qarashlarida axloqiy ta`limot muhim o`rin tutadi. Uning bu boradagi qarashlari siyosiy qarashlari bilan uzviy bog`liqdir. Yaxshi boshqarilayotgan davlat — buyuk qo`rg`ondir. Davlat manfaatlari qolgan barcha narsalardan ustun turmog`i lozim. Me`yor, deydi faylasuf, axloqning tabiat insonlarga in`om etgan kuch va qobiliyatga mos kelishadadir. Donolik uchta hosil keltiradi: yaxshi fikrlash; yaxshi so`zlash; yaxshi harakat qilish. Demokritning axloqiy qarashlari o`z davridagi amaliy ma`naviy munosabatlarning umumlashmasidir. Uning ta`limoti bugungi kunda insonlarni axloq-odobga, diyonatga da`vat etadi.

    Download 2,75 Mb.
    1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   191




    Download 2,75 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Õzbekstan respublikasi joqari hám orta arnawli biLİmlendiRİw miNİstrliGİ

    Download 2,75 Mb.