• Bahouddin Naqshband
  • Aflotun (asli — Platon) jahon falsafasi tarixida o`chmas iz qoldirgan buyuk allomadir. Aflotun «G`oyalar dunyosi va soyalar dunyosi» ta`limoti




    Download 2,75 Mb.
    bet152/191
    Sana14.05.2024
    Hajmi2,75 Mb.
    #230680
    1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   191
    Bog'liq
    FILOSOFIYA

    Aflotun (asli — Platon) jahon falsafasi tarixida o`chmas iz qoldirgan buyuk allomadir. Aflotun «G`oyalar dunyosi va soyalar dunyosi» ta`limotining asoschisidir. Uningcha, g`oya haqiqiy borliq, biz biladigan va yashaydigan dunyo esa uning soyasidir. Haqiqiy o`zgarish va taraqqiyot g`oyalar dunyosiga xos, soyalar dunyosidagi harakat esa uning aksidir. G`oyalar dunyosining qonuniyatlarini hamma ham bilolmaydi. Ularni biladigan zotlar nihoyatda kam uchraydi, ular ulkan aql egasi bo`ladi va tarixda chuqur nom qoldiradi. Aksariyat kishilar esa, soyalar dunyosi bilan kifoyalanadi.
    Arastu (384 — 322 yillar) (asli — Aristotel`) - qadimgi Yunonistonning buyuk faylasufi, o`zining betakror, jahonni lol qoldirgan ilmiy merosi bilan mashhurdir.
    Faylasuf olamdagi narsa va hodisalar to`rtta sababga ega. Bular — moddiy sabab, ya`ni modda (materiya); shakliy sabab yoki shakl; yaratuvchi sabab; pirovard sabab yoki maqsad sabablardir. Yaratuvchi sabab, Arastu talqinicha, harakat manbaidir. Masalan, ota va ona bolaning ulg`ayishi sababchisidir. Arastu pirovard sabab (maqsad sabab) vositasida insonga xos bo`lgan maqsadni tabiat hodisalariga ham tatbiq etmoqchi bo`lgan. Harakat olam singari abadiydir. Ayni paytda, olam o`zining abadiy sababi, ya`ni harakatlantiruvchi kuchiga ega.
    Barqarorlik – jamiyat taraqqiyotining tadrijiy rivojlanishi, ijtimoiy tizimning muayyan darajadagi bir tekis faoliyat ko`rsatish imkoniyatidir. U turg`unlik tushunchasidan keskin farqlanadi. Ijtimoiy-siyosiy turg`unlik tushunchasi jamiyatdagi mavjud siyosiy, iqtisodiy, ma`naviy tizimning tanazzuli alomatidir.
    Bahouddin Naqshband (1318-1389 yillar) - naqshbandiya tariqatining asoschisidir. Bu ta`limotning mohiyati «Dil — ba yoru dast — ba kor» shiorida yaqqol ifodasini topgan. Inson Olloh inoyati natijasi bo`lib, bu dunyoni unutib qo`ymasligi lozim, uning qalbi doimo Ollohda, qo`li esa mehnatda bo`lmog`i lozim. U tasavvufning barcha tariqatlari singari shariat, tariqat, ma`rifat va haqiqat maqomlarini e`tirof etadi.
    Naqshbandning ta`kidlashicha, shariat — ahdga vafo, islomning beshta asosiy talabiga rioya qilish, dil va til birligi. Tariqat esa, o`zidan kechish, fano bo`lishdir. Haqiqat — behuda ishlardan uzoqlashish, haq ishlarga bog`lanish. Demak, shariat — qonun, tariqat — yo`l. Qonun vujud va qalbni tarbiyalaydi. Yo`l esa ko`ngilni poklab, ruhni ilohiy quvvatdan bahramand qiladi.

    Download 2,75 Mb.
    1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   191




    Download 2,75 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Aflotun (asli — Platon) jahon falsafasi tarixida o`chmas iz qoldirgan buyuk allomadir. Aflotun «G`oyalar dunyosi va soyalar dunyosi» ta`limoti

    Download 2,75 Mb.