• Diniy qarashlar
  • Dunyoqarash tushunchasi
  • Õzbekstan respublikasi joqari hám orta arnawli biLİmlendiRİw miNİstrliGİ




    Download 2,75 Mb.
    bet154/191
    Sana14.05.2024
    Hajmi2,75 Mb.
    #230680
    1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   191
    Bog'liq
    FILOSOFIYA

    Dialektika – grek tilida baxs va suhbatlashish san`ati degan ma`noni anglatadi. Antik dunyo faylasuflari uni haqiqatga erishish yo`li va usuli sifatida talqin etganlar. Hozirgi davrga kelib dialektika olamdagi narsa va hodisalar doimo o`zgarishda, o`zaro aloqadorlik va bog`liqlikda, taraqqiyot va rivojlanishda deb tushunishdir. Unga ko`ra, olamda o`z o`rniga va joyiga, yashash vaqti va harakat yo`nalishiga ega bo`lgan barcha narsalar va voqealar bir-birlari bilan bog`liq va aloqador tarzda, bir-birlarini taqozo etadigan, doimiy va takrorlanib turadigan bog`lanishlar orqali namoyon bo`ladi.
    Diniy qarashlar - muayyan dunyoqarash tarkibida diniy-ilohiy qarashlar o`ziga xos ahamiyat kasb etadi. Ular insonning ilohga bo`lgan e`tiqodi bilan bog`liq bo`lib, vujudga kelishiga ko`ra, boshqa dunyoqarash shakllari kabi, muayyan asoslarga ega.
    Mifologik dunyoqarash afsonaviy kuchlarni e`tirof etish bilan bog`liq bo`lsa, diniy dunyoqarash ilohiy qudratlarga e`tiqod qo`yish bilan bog`liq. Shuning uchun ham bu dunyoqarash shaklini inson qalbidagi quyidagi holatlar belgilaydi:
    - emotsional-ruhiy holatlar;
    - iymon-e`tiqod;
    - iymon-e`tiqodning xatti-harakatlarda ifoda etilishi.
    Dualizm (lotin tilida dua, ya`ni ikki degan ma`noni ifodalaydi) — olamning asosida ikkita asos, ya`ni modda va materiya bilan birga ruh va g`oya, ya`ni ideya yotadi deyuvchi qarash. Dualizm — gnostitsizmning asosiy yo`nalishi, bu oqim tarafdorlari moddiy va ruhiy dunyo o`rtasida mustahkam chegara mavjud deb ta`kidlaydilar. Ular ta`limotida materiya hamma vaqt yovuzlik timsolidir. Bundan ular xudo hech mahal moddiy dunyoni yaratishi mumkin emas, deb hisoblaydilar. Gnostiklar tomonidan e`lon qilingan darveshlik (asketizm) o`rta asrlarda monaxchilikning vujudga kelishiga sabab bo`ldi.
    Dunyoqarash tushunchasi - har bir kishining dunyoga nisbatan o`z qarashi, o`zi va o`zgalar, hayot va olam to`g`risidagi tasavvurlari, xulosalari bo`ladi. Ana shu tasavvurlar, tushunchalar, qarash va xulosalar muayyan kishining boshqa odamlarga munosabati va kundalik faoliyatining mazmunini belgilaydi. Shu ma`noda, dunyoqarash - insonning tevarak atrofini qurshab turgan voqelik to`g`risidagi, olamning mohiyati, tuzilishi, o`zining undagi o`rni haqidagi qarashlar, tasavvurlar, bilimlar tizimidir. Dunyoqarash - olamni eng umumiy tarzda tasavvur qilish, idrok etish va bilishdir.
    Dunyoqarashning bir kishiga yoki alohida shaxsga xos shakli individual dunyoqarash deyiladi. Guruh, partiya, millat yoki butun jamiyatga xos dunyoqarashlar majmuasi esa, ijtimoiy dunyoqarash deb yuritiladi. Ijtimoiy dunyoqarash individual dunyoqarashlar yig`indisidan dunyoga keladi, deyish mumkin. Bunda ijtimoiy dunyoqarashning umumiy va xususiy shakllarini hisobga olish lozim.
    Jamiyat — tabiatning bir qismi, ya`ni ijtimoiy borliq bo`lib, odamlar uyushmasining maxsus shakli, kishilar o`rtasida amal qiladigan juda ko`plab munosabatlar yig`indisi, degan turlicha ta`riflar ham bor. Jamiyat muttasil ravishda rivojlanuvchi, takomillashib boruvchi murakkab tizimdir. Har bir yangi davrda jamiyat mohiyatini bilish zarurati vujudga keladi. Milliy mustaqillik tufayli jamiyat mohiyatini yangicha idrok etish ehtiyoji paydo bo`ldi. Prezident Islom Karimovning qator asarlarida jamiyat mohiyatini yangicha tushunishning uslubiy asoslari yaratildi.

    Download 2,75 Mb.
    1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   191




    Download 2,75 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Õzbekstan respublikasi joqari hám orta arnawli biLİmlendiRİw miNİstrliGİ

    Download 2,75 Mb.