• Moniy ta`limoti
  • Monizm
  • Materializm — olamning asosida materiya, ya`ni moddiy narsalar yotishini e`tirof etadigan, moddiylikni ustuvor deb biladigan ta`limot. Mazdak ta`limoti




    Download 2,75 Mb.
    bet157/191
    Sana14.05.2024
    Hajmi2,75 Mb.
    #230680
    1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   191
    Bog'liq
    FILOSOFIYA

    Materializm — olamning asosida materiya, ya`ni moddiy narsalar yotishini e`tirof etadigan, moddiylikni ustuvor deb biladigan ta`limot.
    Mazdak ta`limoti - Moniylik ta`limoti asosida yuzaga kelgan. U eramizning V-VI asrlarida keng tarqalgan edi. Uning asoschisi Mazdak (470-529 yillar) bo`lgan. Mazdakiylik ijtimoiy tengsizlikni bartaraf etish yo`lida kurashga da`vat etuvchi mafkura sifatida xizmat qilgan. Unda asosiy yovuzlik-boylikka hirs qo`yish va o`ta kambag`allik qoralanadi. Bu insonparvar harakatdan cho`chigan shoh Mazdakni turli hiylalar bilan o`limga mahkum etadi. Mazdakiylar harakati, eramizning VI asrida bostirilganiga qaramay, turli mamlakatlarda muayyan darajada davom etgan. O`rta Osiyoda Muqanna, Ozarbayjonda Bobak boshliq dehqonlar va shahar kambag`allarining zulmga qarshi kurashlari bunga misol bo`ladi.
    Moniy ta`limoti - zardo`shtiylik va xristianlikning sintezlashuvi natijasida vujudga kelgan. Moniy ta`limotiga ko`ra, hayotda dastavval nur dunyosi – yaxshilik va zulmat dunyosi- yovuzlik bo`lgan. Ular o`rtasida abadiy kurash boradi, inson ikki unsurdan (ruh — nur farzandi, jism — zulmat mahsuli) iborat. Moniylik xalq ommasi manfaatlarini himoya qiluvchi ta`limot bo`lgani sababli hukmron mafkura qarshiligiga duch kelgan.
    Monizm (yunoncha — monos, ya`ni yakka ma`nosini anglatadi) — olamning asosi yakayu-yagona sababga, bitta asosga ega deb ta`lim beradigan falsafiy ta`limotdir.
    Mifologik dunyoqarash - qadimgi zamon kishilarining o`zlariga munosib hayot sharoitlarini yaratish ehtiyojlaridan kelib chiqqan. Ezgulik va haqiqat uchun kurash g`oyalarining ifodasi bo`lgan afsona va rivoyatlarda millatning muayyan ruhiy holati, kelajakka ishonchi, vatanga muhabbati, insoniy kamolotga intilishi badiiy vositalar, afsonaviy qahramonlar timsolida ifoda etilgan.
    Dunyoqarashning mifologik mohiyati bugungi fan-texnika taraqqiyoti, insonning aqliy salohiyati bag`oyat yuksalib ketgan davrda juda jo`n va ibtidoiy bo`lib ko`rinadi. Ammo afsona va rivoyatlar o`zining kuchli jozibasi, insonparvarlik g`oyalari bilan hozirgi kunda ham kishilarni ezgu fazilatlar ruhida tarbiyalashning ta`sirchan va samarali omili bo`lib qolmoqda.

    Download 2,75 Mb.
    1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   191




    Download 2,75 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Materializm — olamning asosida materiya, ya`ni moddiy narsalar yotishini e`tirof etadigan, moddiylikni ustuvor deb biladigan ta`limot. Mazdak ta`limoti

    Download 2,75 Mb.