|
Ўзг. Вароқ Вароқ ХужжатBog'liq ¡çã. Âàðî Âàðî ÕóææàòЎзг.
Вароқ
Вароқ
Хужжат
Имзо
Сана
5. Kraxmal-shinni ishlab chisharishdan hosil bо‘lgan chiqindilar: makkajо‘xorili
va bug‘doyli quruq ozuqa, kartoshkali quruq mezga.
6. Pivo kо‘pchitish korxonalarida xosil bо‘lgan chiqindilar: kartoshka-donli
xomashyodan quritilgan kuyka, quritilgan mayza (solod) nishi va pivo drobinasi.
7. Gidroliz sanoati mahsulotlari-ozuqabop quruq achitqilar.
8. Hayvonlardan kelib chiqadigan ozuqalar: gо‘sht uni, gо‘sht suyagi uni, qon uni,
kit, baliq unlari va jizza uni.
9. Pichan, somon, pichan uni, vitaminli о‘t uni, xvoy daraxtidan ishlab
chiqariladigan unlar.
10. Mineral ozuqalar: osh tuzi, bо‘r, suyak uni, ohak, travertinovaya uni, malyuska
chig‘anoqlari tabaqasi uni, mikrodozalardagi ba’zi elementlari turlari.
11. Boshqa ozuqa mahsulotlari: quruq qaymog‘i olingan sut, kaznin, quruq
kartoshka, dub yong‘og‘i, tutli ipak о‘rami g‘umbaklari, mochevina va boshqalar.
Omuxta yemning xossalari uning tarkibiga kiruvchi komponentlar bilan
belgilanadi. Asosiy sifat kо‘rsatkich bо‘lib, komponentlarning biologik ta’siri -uning
ozuqaviyligi hisoblanadi. Biroq omuxta yem zavodlarining loyihalovchilari, jixoz
konstruktorlari, ishchilari xom ashyoning fizik-kimyoviy xossalarini ham e’tiborga
olishlari kerak. Texnologik transport, jixozlar qayta ishlanadigan tо‘liq xom ashyoni
kerakli miqdorda tayyorlashni ta’minlashi lozim. Texnik jarayonning sozligi esa yuqori
sifatli mahsulot ishlab chiqarish imkonini beradi. Xom ashyo va mahsulotning sifati
saqlash jarayonida pasaymasligi kerak. Bunga xom ashyo va tayyor mahsulotning
texnologik xossalari hisobga olingan holda erishildi.
Barcha turdagi xom ashyolar xilma-xil fizik-kimyoviy va strukturali-mexanik
xossalarga ega. Biroq xom ashyoni ikki guruhga ajratish mumkin: sochiluvchan va
suyuq komponentlar. Omuxta-yem ishlab chiqarish uchun taklif qilinayotgan har bir
yangi komponent joriy texnologiya talablariga mos kelishi yoki sun’iy tarzda unga olib
kelishi darkor.
Omixta yem fizik xossalari bо‘yicha quyidagi turlarga ajraladi: sochiluvchan,
briketlangan, donador va galetkо‘rinishidagi yemlar.
|
| |