• 10. Uzluksiz oraliq qurilmalarni osma usulda betonlash va yig’ish
  • Temirbeton ko’priklarni yig’ma konstruksiyalari elementlarini tayyorlash va tashish asoslari




    Download 323.02 Kb.
    bet2/2
    Sana08.05.2023
    Hajmi323.02 Kb.
    #57591
    1   2
    Bog'liq
    Uzlikli oraliq qurulmalar konsturuksiyalari
    vocab Ielts, Vf IELTS, 2 5305265976227403014, 1667366601, chidamlilik-tushunchasi-chidamlilikning-turlari-ko-rsatgichlari-va-uni-rivojlantirish-metodlari, Davomat, python kitob, PowerPoint dasturi yordamida darslarga ko\'rgazmali qurollar tayyorlash, 95284, Kasrni algebraik irratsionallikdan qutqarish, 5-8-labaratoriya mb Umurov Azizbek 415-19, Саййид Туҳфа - Ансельм Турмеда, Btda yasalgan ub kuchaytirgich sxemasini tadqiq etish, Operatsion kuchaytirgich
    6 Temirbeton ko’priklarni yig’ma konstruksiyalari elementlarini tayyorlash va tashish asoslari
    Yig’ma temirbeton ko’prik konstruksiyalarini ixtisoslashtirilgan zavodlarda va paligonlarda tayyorlanadi. Zavodlarda asosan murakkab turdagi jixozlardan foydalanib ishlab chiqariladigan, birxillashtirilgan va namuna asosidagi elementlarni tayyorlanadi. Paligonlarni konstruksiyalarni yig’ma elementlarini tayyorlovchi vaqtinchalik korxona sifatida qurilayotgan yo’l qismida tashkil etiladi. Poligonlarni zavodlarga nisbatan texnologik uskuna va jixozlar bilan taminlash soddaroq, ishlar ochiq maydonlarda va voqtinchalik binolarda bajariladi. Konstruksiyalarni poligonlarda ishlab chiqarishni qurilayotgan inshoot yaqinida qisqa vaqtda amalga oshirish mumkin. Ko’prikni og’ir vakatta gabaritli konstruksiya bloklarini bknday poligonlarda tayyorlash orqali, qimmat yoki xarakatdagi zavodlardan tashib kelish qiyinchiliklarini chetlab o’tish mumkin.
    Temirbeton konstruksiyalarini tayyorlashni texnologik jarayonini, tayyorlash va qolipga solish ishlarini bir biriga bog’langan jarayonni o’z ichiga oladi. Tayyorgarlik ishlariga qolib qismlarini yasaSh armaturalarni tayorlash va beton qorishmasini tayyorlash kiradi. Qolipga solish ishlariga kolip qismlarini yig’ish, armaturalarni joyiga qo’yish va oldindan zo’riqtirish, tashish, betonni qolipga solish va zichlashtirish, yangi quyilgan betonga qaraSh, qoliplarni bo’shatish ishlari kiradi.
    Zavodlarda va poligonlarda metall konstruksiya zavodida ishlab chiqarilgan qoliplardan foydalaniladi. YOg’och qoliplarini tuzatish va yasaSh ishlarini amalga oshirish uchun zavodlarda yoki poligonlarda yog’ochsozlik sexlari tashkil etiladi yoki yog’och materyali ombori bo’lgan qolpsozlik xo’jaligi tashkil etiladi.
    Armatura va armatura elementlarini tayyorlash metall omborlari ichida joylashgan sexlarda amalga oshiriladi. Armatura tayyorlash ishlariga ishlatiladigan materiyallarni qabul qilish va saqlash, detallarini tayyorlash, tayyor qismlardan karkas va parjaralar yig’ish, armaturalar o’ramini tayyorlash ishlari kiradi. Armatura qismlarini tayyorlash odada kerakli uskuna va mexanizmlar bilan jixozlangan ketma-ketlik texnologik qismlarda amalga oshiriladi. Standart uzunlikga ega armatura va simlar katta o’ramlarda zavodga yoki poligonga olib kelinganidan kegin,, ularni oldindan chang va zanglardan tozalanib to’g’rilashga yg’naltiriladi, kerakli o’lchamda kesiladi, agar kerakli uzunlikga ega bo’lmasa ulanadi va egiladi. Ketma-ketlikda ishlab chiqarish tizimida tayyorlanadigan o’ramda olib kelingan diyametri 12mm li armaturalarni tayyorlash tizimiga to’g’rikesuvsi va eguvchi jixozlar kiradi. To’g’ri kesuvchi jixozlarga armaturani to’girlash va kerakli o’lchamda kesish uskunalari birlashtirilgan bo’ladi. Simlani to’g’irlash aylanib turuvchi silindrlar (rotatsion) yoki rolikli uskunalarda uni ko’p martta egilishini taminlash orqali amalga oshiriladi. Rotatsion qurilmalarda simni duga oxirlari orqali o’tadigan, duga Shaklida egilgan va o’z o’qi atrofida katta tezlikda aylanadigan metall quvurlar orqali tortib, qaysiki tortib to’g’irlanadi. Rolikli jixozlarda simni ko’p martta egilishini uni roliklar sistemasi orqali tortib amalga oshiriladi, qaysiki ularni orasidan sim ilon izi bo’ylab xarakatlanadi.
    Diyametri 16mm va undan katta armaturalar to’g’irlashni talab etmaydi. Katta diyamerli sterjenlarni ketma-ketlik tizimli tarmoqlarda tayyorlanadi, uning tuzilmasiga payvandlash dastgoxi, sterjenlarni kontakt payvandlash uchun, qirqish dastgoxi yoki qaychi va armaturani egish uskunasi kiradi. Armaturani egish uchun eguvchi diskli uzatuvchi dastgoxlardan, qaysiki sterjenlar aylanganda ikkita joylashtirilgan tayanish barmoqlari orqali egiladi. Sterjenlar xarakati ketma-ketlik ishlabchiqarish tarmog’i bo’ylab rolikli konveyer (rolgangam)da Yuz beradi. Metall panjaralarni va karkaslarni ishlab chiqarish ketma-ketlik tarmog’i yo’naltiruvchi (konduktor) ularni tayyorlangan qismlarini yig’ish uchun va sterjenlarni kesishgan joylarini nuqtaviy payvadlash uchun yo’naltiradti.
    Oldindan zo’riqtirilgan armatura bog’lamini o’ta mustaxkam simlardan, tuzilmasiga boshqariladigan silindrli jixozlar mustaxkam simlar va bog’lash uchun ishlatiladigan simlar o’rami uchun aylanuvchi charx, tortuvchi uskuna va to’plamni bog’lash va yig’ish uskunasida amalga oshiriladi. Armaturvlar bog’lami zavodda tayyorlangan ettita simdan iborat bog’lamlardan Shakllantiriladi. Shaklga solish ishlarini qolpga solish sexlarida yoki ochiq maydonlarda stendda yoki ketma-ketlik –agrigat texnologiyasida bajariladi. Stend texnologiyasida Shakga solish ishlari statsionar (ko’chmas) stendlarda ketma-ketlik tizimida bajariladi, stendning konstruksiyasi maxsulotni turi bilan aniqlanadi va etarlicha xar-xil bo’lishi mumkin. Oldindan armaturasini tortib zo’riqtiriladigan konstruksiyalarni tayyorlashda ularni joylashish turg’unligini taminlaydigan va tortuvchi kuchlarni qabul qiladigan stendlardan foydalaniladi.
    Kuchlar bilan yuklangan stendning qismlari bir vaqtning o’zida qolipning vertikal Yuklar, zo’riqtirilmagan armatura va beton og’irligidan tushiadigan Yuklarni qabul qiladi. Joyda turadigan kuchini qabul qiluvchi stend bazi xollarda bug’ kamerasi bilan birlashtiriladi (32 rasm)

    32.rasm. Qo’zg’almaydigan temirbeton stendi: 1- plita-tirgak; 2- kallak; 3.tortgich; 4- ikarkaz-sterjenli anker; 5- tayyorlanayotgan to’sin; 6- Armaturalar bog’lami; 7- devorlar; 8- ankerli qurilma; 9- kronShteyn; 10- qopqoq; 11- Shit qolip; 12- poddon; 13- vintli tortgich:
    Stend texnologiyasi kammaxsuldor bo’lgani uchun uni poligonlarda qo’llaniladi. KTBK zavodida oraliq qurilma to’sinlarini ishlab chiqarishda ketiaketlik agrigat texnologiyasi asosida qolipga solish ishlari qo’llaniladi. Agregat deb relisli yo’lda xarakatlanadigan g’ildirakga o’rnatilgan, ishchi postlarning bittamidan boshqasiga xarakatlanadigan stendga aytiladi. (33.rasm) xar bir postda malum bir qolipga solish ishlari bajariladi. Postlarni Yuqori ishlab chiqarish unmdorligiga ega ishchi jixozlar bilan tamillanadi.

    33.rasm. Oldindan zo’riqtirilgan to’sinlarni tayyorlash uchun xarakatlanuvchi strendning sxemasi: 1- kallak; 2- Yuk qabul qiluvchi plita; 3- ikki o’qli arava; 4- Yuqori tirgak; 5- ustun; 6- tortgich:
    Stendli va ketma ketlik-agrigat texnologiyasida oldindan zo’riqtirilgan to’sinlarnlar tayyorlashning qolibga solish ishlarini bajarish ketma keligi bir xil.
    Ochilgan qolplarni yog’lanadi, armatura bog’lamini tortiladi va zo’riqtirilmagan armaturalarni pastni belbog’ va qovurg’asiga o’rnatiladi. Kegin qolpni va tepa plita armaturasini loyixa belgisiga o’rnatiladi, beton qorishmasi solinadi va zichlanadi. Quyilgan qorishma 6-8 soat qotgandan kegin konstruksiyani issiq namli ishlovdan o’tkaziladi. Beton mustaxkamligini tayyor konstruksiyaning armatura bog’lamlarini tortish tayanchlaridan ulta ovozli kuchlanish berib tekshiriladi.
    To’sinni tayyor buyumlar omboriga jo’natiladi, u erda pardozlash ishlari bajariladi:
    To’sinning chekka qismlaridagi armaturalar bog’lami kesilgan joylariga, betonnig bo’shliq joylariga ishlov beriladi.
    Armaturani oldindan zo’riqtirishni qoidaga asosan gidravlik damkratlar bilan amalga oshiriladi.
    Zavodlarda, paligon va bazalarda tayyorlanadigan ko’prikning yig’ma konstruksiyalari qurilish maydoniga temryo’l, avtomobil yoki suv transportida etkazib beriladi, etkazib berish jarayonida belgilangan yo’nalishda xarakat xavfsizligini tashkil etish, ishlayotgan transport vositalari va tashilayotgan konstruksiyalarni aqlanishini taminlash kerak. Tashilayotgan konstruksiyalar o’z og’irligi va inersiya kuchlari tasirida bo’ladi, tashish davomida statik aniq sistema sifatida ishlash talab etiladi. Bu xolatda transport vositasiga xam, tashib ketilayotgan konstruksiyaga xam ko’zda tutilmagan kuchlar xarakati xisobga olinmaydi.
    Konveer ortida betonlash usulida yig’ishning barcha avzalliklari saqlangan xolda yig’ish choklarining soni birdaniga kamayadi, mexnat unimdorligi pasayadi, bloklarni ishlab chiqaruvchi korxonalardan yig’ish joyiga tashishga ketadigan mablag’ yo’q bo’ladi.
    Bu bo’limda yozilgan ikkala usulda ko’ndalang siljish davrida oraliq qurilmani aloxida qirqimlarini kuchaytirish uchun zo’riqtirilgan armaturali yig’ish qo’llaniladi yoki tayanchlar o’rtasida vaqtinchalik tayanch barpo etiladi. Montaj armaturasini pastki va Yuqoridagi pilitalarga qo’yiladi va yig’ish tayanchlariga maxkamlanadi. Siljitish jarayonidagi zo’riqtirilmagan armaturalar soni va kuchlanish konstruksiyani kuchlanish xolatiga bog’liq xolda o’zgaradi.
    Oraliq qurilmani maxsus sirg’antiruvchi suppani oldi tomon tugaShiga o’rnatilgan qurilmalar bilan suriladi (qirg’oq tayanchga) suriladi va doimiy va vaqtinchalik tayanchlardagi. Bu qurilmaning asosi palirovka qilingan stal listdan, qaysiki materialda sirg’aladigan, ishqalanish koeffitsunti 0.3...0.5 va qobul qilinadigan bosimi 50MPa gacha ega bo’ladi. Stall listni moylashda ishqalanish koeffitsienti 0.1 gacha kamaytiriladi, buning natijasida oraliq tayanchlarga tasir kamayadi va kerak bo’laligan yuk tortadigan kuchlanish kamayadi.
    Odatda qirg’oq tayanchida joylashtirilgan ikkitadadan damkiratdan iborat qurilma surish uchun xizmat qiladi (42 rasmga qarang) Bu oraliq qurilmani oraliq tayanchlar orqali qarama-qarshi qirg’oq tayanchi surilishiga imkog beradi.
    10. Uzluksiz oraliq qurilmalarni osma usulda betonlash va yig’ish

    Osma betonlash usuli yaxlit uzluksiz to’sinli, to’sin konsolli va rama konsolli 63m gacha bo’lgan oraliq qurilmalarni va ko’proq zo’riqtirilgan armaturali oraliqda to’la yopadigan xavozalarni qurmasdan barpo etish imkoniyatini beradi. Bu usulning moxiyati shundaki, bunda oraliq qurilmani ketma-ket bo’limlardan qoliplar va ularni ushlab turuvchi qurilmalarni oldin tayorlangan konstruksiyalar ushlab turadi (43 rasm)

    46. rasm Oraliq qurilmani (a) va tayanch bloklarini (b) osilgan xavozalarda osma usulda betnlash sxemasi: 1-Xavoza fermalari; 2-BaShShenniy kran; 3-Materiallarni uzatish va Shitlarni o’rnatish uchun kran; 4-Tortqi; 5- Anker
    Xar bir keyingi bo’limni betonlash oldingi bo’lim betoni va zo’riqtirilgan armaturani beton siqishidan keyin mustaxkamlikga ega bo’lganda bajariladi. Betonlash va quyilgan beton mustaxkamligini olish jarayonida char bir bo’lim o’ziga osilgan engil xavoza bilan ushlab turiladi.
    Osma betonlash uchun oraliq qurilmaning ankerli qismi barpo etiladi (43 b rasm) og’irligi va mustaxkamlanShda konsolni o’stirish vaqtidagi turg’unlik xolatini taminlash kerak. Anker qismini qo’zg’almaydigan xavozalarda betonlanadi.
    Agar osma betonlashni anker qismidan bir tomonga boshlansa bir tomonlama betonlash deyiladi, agar ikki tomonga betonlansa ikki tomonlama betonlash deyiladi. Ikki tomonlama betonlashni kichik anker qismga vaznda tenglashtirib bajariladi. Ramali sistemalarda vaznda baravarlashtirishga anker qismida tayanch xizmat qiladi.
    Osma betonlashda betonlanayotgan konstrutsiyaning turg’unligidan tashqari konsollarning mustaxkamligini taminlash kerak, buni buni pltitaning Yuqori qismida joylashgan yig’uvchi zo’riqtirilgan armatura yoki shprengel (panjaracha) bilan amalga oshirish mumkin. Osma betonlash uzunligi 3..4m dan iborat bo’limlarda olib boriladi va quyidagi bosqichlarga bo’linadi:
    -armaturali karkasni joyiga o’rnatib uni oldingi betonlangan bo’limdan chiqarilgan armaturalarga payvandlash;
    -osma xavozalarni o’rnatish, qolipni o’rnatish va betonlash;
    -zo’riqtirilgan armaturani quyish va siqish;
    -bo’limni qoliplprdan bo’shatish.
    Ishni bunday ketma-ketligiga suzuvchi moslamalardan armatura karkaslarini ko’tarilganda amalga oshiriladi. Agar karkazni qirg’oqdan uzatilsa, bunda osma xavozalarni karkasni quyishdan oldin o’rnatiladi.
    Osma yig’ish osma bloklarni betonlashga o’xshash bo’lib, uning og’irligi yig’ilgan agrigatni ko’tarish qobiliyati bilan aniqlanib, odatda 60t dan oshmaydi.
    Osma usulda yig’ishda loyixa chizig’ida qirg’oqda, xavozada birlashtirib kattalashtirilgan seksiyalarni pirslar orqali Yurgazib suzuvchi tayanchlarga va oraliqga etkazib beriladi (44 a rasm). Bir tomonlama yig’ishda oraliq qurilmaning turg’unligi yig’ish jarayonida pasangi yoki ankerli qurilma quyish bilan va Shunga o’xshash orlaiq tayanch quyish bilan taminlanadi.
    Og’irlik birxillashtirilgan osma yig’ishda (44 b rasm) uzluksiz oraliq qurilmaning tayanch tepasi qismi to’sinlari, tayanch atrofi qurilmasi yoki tayanchdagi xavozaga osma betonlashga o’xshab yig’iladi.
    Download 323.02 Kb.
    1   2




    Download 323.02 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Temirbeton ko’priklarni yig’ma konstruksiyalari elementlarini tayyorlash va tashish asoslari

    Download 323.02 Kb.